Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi. T.1997
2.
О‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar. 2002
yil 16 – avgustda tasdiqlangan.
3.
Davletshin M.G. Jalilova S.X. Oliy maktabda ta’lim jarayonini samaradorligining
psixologik tomonlari.
614
SUV EKOLOGIYASI VA TABIIY SUV RESURSLARIDAN TO’GRI FOYDALANISH
MADANIYATINI YUKSALTIRISH
Ruziyev J.E., Axmedov B.A., Nurmurodov A.
Samarqand davlat universiteti
Aholi sonining o’sib borayotganligi, shaharlarning ko`payishi va sanoat korxonalarining
ko’plab paydo bo`layotganligi suv sarfini tobora oshirmoqda. Hatto sanoat korxonalarining ham
toza ichimlik suvidan foydalanishi uning sanoat xom ashyosiga ham aylanib borayotganligini
ko`rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida ichimlik suv sifatida ishlatilayotgan suvning ma’lum qismini yer
osti suvlari tashkil qiladi. Inson xo’jalik faoliyatining boshqa tarkibiy qismlari singari yer osti
suvlari sifati va rejimiga kuchli ta’siri sezilmoqda. Shu sababli ham sug’oriladigan hududlarda yer
osti suvlari turli darajada ifloslangan va ko’p joylarda ichishga yaroqsiz darajaga kelgan. Bir nechta
tumanlarda bu muammo yanada sezilarli darajaga yetgan. Yer usti ichimlik suvlari esa doimiy
analitik nazoratda bo’lishi tabiiy.
Yurtimiz aholisi qadimdan tabiatdan, uning boyliklaridan o’z o’rnida foydalanishda ibratli
ishlarni amalga oshirib kelgan. Cho’llarda, og’ir iqlimga ega joylarda obod vohalar bunyod etgan,
tabiatdan birni olsa, o’nni berishdek fazilatga amal qilib yashagan. Shu bois, mahalliy o’troq aholi
suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sho’r bosishdan saqlash, sel
oqimlarining, qum qo’shimchalarining yo’lini to’sish tajribasini bundan ming yillar avval puxta
o’zlashtirgan.
Asosiy qonunimiz-Konstitutsiyada “Fuqarolar tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo’lishga majburdirlar”, “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir”, deb mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq
qator qonunlar qabul qilingan.
Rivojlangan mamlakatlarda chuchuk suvning 70-90% o’simliklarni o’stirishga va ulardan
hosil olishga ishlatiladi. O’zbekistonda suv manbalarining 85% ekinlarni sug’orilishga sarf etiladi. 1
kg sholi o’stirish uchun 3000 litr suv kerak bo’ladi. Har bir odam har yili 58 kg sholi iste’mol
qiladi. (BMT bo’yicha).
1 metr chitni ishlab chiqishda 2m3 suv sarflanadi, 1 litr benzin olinishida-10 litr suv, 1 tonna
kimyo tolasi olinishida-200 m3 suv, 1 tonna rezina olinishida-1500 m3 suv, 1 tonna gazeta qog’oz
olinishida-900 m3 suv sarflanadi.
Respublikamiz hududida mavjud bo’lgan daryolar, ko’llar va dengizlarning ifloslanishi ham
katta xavf tug’dirmoqda. Turli xo’jaliklar va sanoat korxonalari chiqindilarini suv havzalariga
oqizishni nazorat qilmaslik natijasida ham inson kutmagan, rejalashtirmagan turli falokatlar ro’y
bermoqda. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan tumanlar, shaharlar orqali oqib o’tayotgan ariqlar va
daryolar suvlari oqova suvlarga aylanib, ularga yiliga millionlab tonna zararli chiqindilar
qo’shilmoqda.
Biz umumbashariy muammo hisoblangan toza ichimlik suv taqchilligiga befarq
bo’lolmaymiz. Chunki hozirgi kunda dunyoda 1,1 milliard inson toza ichimlik suvidan foydalanish
imkoniyatiga ega emas, 5 million kishi esa har yili iflos suv oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar
tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumadi.
Dunyodagi oqova suvlarning 90 foizidan ortig’i tozalanmaydi. Shu bilan birga yirik
shaharlardagi ichimlik suvining yarmi uzatish tarmoqlaridagi texnik nosozliklar sababli yoki
yoriqlar orqali yer qa’riga singib ketadi.
Yer yuzidagi ichimlik suvining 70 foizi qishloq xo’jaligi uchun sarflanadi. Bugungi kunda bir
tonna don yetishtirish uchun o’rta hisobda ming tonna suv sarflanadi. Natijada yer yuzidagi yirik
daryolarning suvlari dengiz ummoniga borib quyilmaydi. Bu o’z navbatida asosiy suv
zahiralarining, chuchuk suv manbalarining kamayib borishiga olib keladi. Misol uchun, Afrikadagi
25 ta mamlakatda suv tanqisligi aholining tinkasini quritmoqda.
615
Xalqaro suv muammosi nafaqat texnik, balki iqtisodiy muammo hamdir. Sayyoramiz aholisi
o’sib bormoqda. Ularning oziq-ovqatga ehtiyoji ko’plab quruq yerlarni o’zlashtirish evaziga
qondiriladi.
Ayni paytda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ko’proq odamning suv tanqisligini
boshidan kechirayotgani fikrimiz tasdig’idir. Eng muhimi, suv biz istiqomat qilayotgan Markaziy
Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atrof-muhitini saqlashning asosiy
omillaridandir. Suv taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda, ayniqsa,
bu jarayon bizning respublikamizda ham sezilarli darajada.
Bir avlod umri davomida noyob va go’zal dengizdan qurib va yo’qolib borayotgan suv
havzasiga aylangan Orol fojiasi buning yaqqol dalilidir. Bir paytlar gullab-yashnagan Orolbo’yi
hududi esa bugungi kunda ayanchli sahroga
aylanmoqda.
Suv resurslari taqchilligi, sug’oriladigan ekin maydonlarining yaroqsizlanishi, hayvonot va
nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim o’zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar
suv oqimining katta qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyanshan tog’laridagi muzliklar erishining
tezlashuvi-bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og’ir oqibatlarning bir qismi, xolos.
Ta’kidlash lozimki, bizda ham bu borada
ahvol maqtagulik emas. Zero, bugunki kunda
viloyatimizda ham bu masalada ayrim
nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Joylarda turli
maishiy chiqindilar uyulib borayotgani sir
emas. Katta mehnat va mablag’ sarflab
tozalangan, tartibga keltirilgan joylarda yana
chiqindi uyumi paydo bo’layapti. Yohud oqar
suvlarning ifloslanishi kuzatilmoqda. Suv
bo’ylarini o’zboshimchalik bilan egallab olish
yoki bu joylarni “chiqindixona”ga aylantirish hollari uchrayotir.
616
Abu Tohir Xo’janing “Samariya” asarida “Darg’om arig’ining boshi Ko’hak daryosidan
ajralib, Shovdor, Anhor tumanlarini sug’orib, ortiqchasi Ko’hak daryosiga qo’shiladi. Shahar
bog’lari va bo’stonlari shu anhordan yashil va tozadir”, deb eslatadi. Darhaqiqat, Darg’om kanali
ham bir necha yirik shoxobchalarga bo’lingan. Masalan, Shovdor kanalining Darg’om kanalidan
ajralgan qismi Jartepa qishlog’idan boshlanib, Samarqand va uning atrofidagi bir necha qishloqlarni
suv bilan ta’minlaydi.
Taassufki, keyingi yillarda bu ariqlarning
musaffoligi yo’qolib bormoqda. Siyob va Obi
Rahmat ariqlariga xonadonlardan va sanoat
korxonalaridan
chiqindi-loyqa
suvlar
oqizilmoqda. Bunday holatni Afrosiyob etagidan
don mahsulotlari kombinati atrofida, shu yerdagi
mahallalar hududida ko’rish mumkin. Asrlar
davomida tiniq, zilol Obi Rahmat arig’i suvidan
hozir ham minglab xonadonlar bog’-rog’larini,
tomorqalarini sug’orishda foydalanayaptilar.
Samarqand shahri hududidan oqib o’tuvchi Siyob arig’ining atrofida yashovchi aholi
tomonidan suvga oqizilayotgan turli kanalizatsiya tarmoqlari orqali tushayotgan chiqindi suvlar va
tashlanayotgan axlatlarning suvning sifatini buzilishiga sabab bo’layotganligini hech bir yaxshi so’z
bilan izohlab bo’lmaydi.
Sanoat karxonalari oqova suvlarni tahlil qilishda erigan va erimagan anorganik moddalarga,
ifloslikning 60% miqdoriga to’g’ri keladigan organik moddalarga, muhitiga, suvning organoleptik
xususiyatiga, oksidlanishi va oksigenga biokimyoviy ehtiyojga, azot, fosfor, ftor va ularning
anionlari ammoniy, nitrit, nitrat, fosfat, ftoridlarga aylanishiga, xloridlarga, sulfatlarga hamda
ularning ruxsat etilgan kontsentratsiyalarining me’yorida ekanligiga e’tibor beriladi.
Atrof-muhitning radioaktiv zararlanishi global tavsifdagi muammo hisoblanadi. Uning asosiy
manbalari yadro portlashlari, yadro energetikasi korxonalarining radionuklid chiqindilari va yer osti
zahiralaridan: iborat. Ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida yemirilish asosida esa bir-biriga bog`liq
bo`lgan kompleks jarayonlar yotadi. Atom va molekulalarning uyg`onishi va ionlar almashinuvi
turli biologik tuzilishli to`qimalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Yuqori faollikka ega bo`lishi
radikallarning hosil bo`lishiga zamin yaratadi. Kam differensiyallanadigan, yosh va o`suvchi
to`qimalar ancha radiosezgir bo`ladi.
Samarqand viloyati Pasdarg’om tumanidagi Qorayantoq qishlog’i hududidagi yer osti suvlari
namunalari tarkibidagi radon-222 izotopining mavjudlik spektrlari va u asosida radioaktivatsion
faolliklari tekshirib ko’rildi. Bundan tashqari shu hududdagi yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik
xususiyatlari uning mineral tarkibini kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari
yordamida analitik nazorat qilish asosida baholandi.
Nuklid
Aktivligi, Bk
Tasodifiy
xato,%
Hajmiy
aktivligi, Bk/l
Mutlaq xato,
Bk/l
Nisbiy xato,
% (p=0.95)
Rn-222
52.873
0.2
406.78
96
23.6
617
Qorayantoq yer osti suvlarining radioaktivatsion faolliklari Rn-222 izatopi hisobiga 52.873
Bk ekanligini va bu ko’rsatkich shunday suvlar uchun ruxsat etilgan me’yor darajasidan 11.127 Bk
qiymatga kam ekanligini spektroskopik usulda o’rganildi.
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan yer osti suvining mineral tarkibini ham ichishga
yaroqlilik xususiyatlari nuqtai nazardan analitik baholandi.
Qora yantoq qishlog’i 550 m artezian
suv namunalari tarkibidagi ingrediyentlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz usullari
yordamida olingan miqdoriy aniqlash natijalari.
n=3, =0.95, ∆
=4.30, 2021 yil mart.
Ushbu hududdagi yer osti ichimlik suvlarining mineral tarkibi esa ichishga yaroqlilik
xusussiyati yuqori ekanligini ko’rsatadi. Ichimlik suvi neytral yoki kuchsiz ishqoriy mihitga ega va
umimiy qattiqligi 4 mg-ekv/l ni tashkil etib, umumiy ichiladigan suvlar tarkibidagi sulfat ionlariga
belgilangan ruxsat etilgan me’yor (500 mg/l gacha) darajasidan 11,44 baravar kam ekanligini
alohida qayd etib o’tmoqchimiz.
Xuddi shu hududdan olingan 6–15 m chuqurlikkacha bo’lgan yer usti suv manbalariga yaqin
bo’lgan quduq suvlarining mineral tarkibidagi ko’rsatkichlar esa kutilgan talablarga javob bermaydi
va bunday suvlar ichishga yaroqsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |