Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet442/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Асадов Ю., Мусурманов Р. ―Ўсмирлар девиант ҳатти-ҳаракатининг ижтимоий-
психологик хусусиятлари (диагностика, профилактика, коррекция)‖-Т.,2011
2. Содиқов Б. ―Тарбияси қийин ўсмирлар психологияси‖, Термиз 2003 йил
3. Содиқов Б ―Девиант хулқ болалар психологияси‖, Термиз 2010 йил
4. Тўлаганова Г.К ―Тарбияси қийин ўсмирлар‖. Т, ―Университет‖, 2005 йил.
5. Ҳасанбоева О. ―Оилада маънавий-ахлоқий тарбия‖. Т, ―Алоқачи‖, 1998 йил .
6. Ҳудойқулов Х.Ж ―Одоб-ахлоқ ва тарбия дурдоналари‖ Т. 2008 йил
7. Ядгарова Г.Т ―Тарбияси қийин гуруҳга мансуб болалар билан ишлаш‖, услубий 
қўлланма, Тошкент, 2007 йил.
8. Қурбонов М, Қурбонниѐзова З. ―Ижтимоий педагогика‖ маъруза матн, Низомий 
номидаги ТДПУ, 2003 йил.
9. Ғозиев Э ―Психология‖ Тошкент, ―Ўқитувчи‖, 1996 йил. Каримова В.М. Ижтимоий 
психология асослари.-Т.: «Ўқитувчи», 1994
10. Аникеев Н.П. Жамоада руҳий муҳит. –Т.: ―Ўқитувчи‖, 1993 й.
11. Йўлдошев У.А., Пўлатов М. Амалий психологнинг иш китоби.- Навоий, 2000 й.
12. Ғозиев Э. Педагогик психология асослари.- Т.: «Ўқитувчи», 2000 й.
BOLONIYA JARAYONI VA UMUMEVROPA TA’LIM MUHITI 
 
Rahmatullaev U.U. 
Namangan Davlat Universiteti magistratura talabasi 
 
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” 
Imom al-Buxoriy. 
Buyuk vatandoshimiz tomonidan aytilgan ushbu ibora barcha davrlar uchun, barcha 
insonlarga birdek muhim va doimo dolzarb bo‘lgan g‘oyalarning eng sarasidir. Hozirgi vaqtda o‘ta 
yuqori darajada rivojlangan texnologiyalar, kosmik tadqiqotlar, tibbiyot, ishlab chiqarishning 
taraqqiyoti zamonaviy dunyoni yigirma yil avvalgidan ancha yaxshilanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Lekin, dunyoni hali yaxshilash, odamlarning turmush sharoitini osonlashtirish uchun qilinishi lozim 
bo‘lgan ishlarning ko‘lami hali ham ulkan darajada ekanligini anglash qiyin emas. Albatta, bu 
yuqori darajadagi rivojlanishning tag zamirida ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor, ajratilayotgan 
sarmoyalar, investitsiyalar va eng muhimi rivojlangan ta’lim tizimi yotadi. 
Zamonamizning barcha rivojlangan davlatlar sifatli ta'lim tizimiga ega, bu ularning 
muvaffaqiyatlari kalitidir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Yevropa davlatlari oliy ta’lim 
tizimini isloh qilish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshira oldilar. Islohotlarning samarasini 
hozirgi taraqqiyot darajasidan bilib olish qiyin emas.
XX asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini 
taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga 
qoʻyish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan ballarni 
unifikatsiya qilish bilan bogʻliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan saʼy-harakatlar 
boshlab yuboriladi.


610 
1998-yili Parij universitetining 800-yilligini nishonlashga yig‘ilgan to‘rtta ta’lim vaziri 
Sorbon deklaratsiyasini imzoladi. Mazkur hujjatda Yevropada oliy ta’lim uyg‘unlashuvining jiddiy 
zaruriyati o‘z aksini topgan edi. 
Mazkur harakatlarning samarasi oʻlaroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta 
mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi. Ushbu mamlakat vakillari Ta’lim 
vazirlarining qo‘shma deklaratsiyasi – “Oliy ta’limning Yevropa hududi” to‘g‘risidagi bitimni 
imzoladi. Mazkur bitim orqali ushbu dasturni XXI asrning birinchi o‘n yilligi yakuniga qadar 
amalga oshirish hamda butun dunyo bo‘yicha oliy ta’limning yevropacha tizimini ilgari surish 
ko‘zda tutilgan edi. 
Bolonya deklaratsiyasini qabul qilgan dastlabki mamlakatlar orasida hammasi Yevropa 
Ittifoqining o'sha paytdagi a'zolari va a'zo nomzodlari, bundan tashqari Islandiya, Lixtenshteyn, 
Norvegiya, Shveytsariya bor edi. Boshqa mamlakatlar 2001 yildan boshlab qo'shilishdi. 2017 yilga 
kelib EHEA (Oliy ta’limning Yevropa hududi) ga kiruvchi davlatlar soni 48 taga yetdi. 
Dastavval, jarayonga a’zo mamlakatlarning oliy ta’limga mas’ul vazirliklari ber necha 
hujjatlarni qabul qilgan, biroq bu hujjatlar qonunan mas’uliyat yuklaydigan hujjatlar emas (odatdagi 
xalqaro kelishuvlar kabi). Shu sababdan Bolonya jarayoni tamoyillarini qabul qilish yoki ularni rad 
etish har qanday mamlakat oliy ta’lim jamoatchiligining xohishiga bog‘liq, albatta, bu yerda 
“xalqaro standart va nufuzni” ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. 
Shuningdek, Yevropaning juda qadrlanadigan xususiyatlaridan biri mintaqadagi xilma-xillik, 
birlik va yaxlitlik orasidagi muvozanatdir. Shu asnoda Bolonya jarayoni odamlar bir ta’lim tizimi 
yoki mamlakatdan boshqasiga o‘tishi, faoliyat yuritishini osonlashtirish uchun ko‘priklar qurishga 
harakat qiladi. Yevropa qit’asida amalga oshirilayotgan jarayon bo‘lishidan tashqari, bu jarayon 
Yevropa mamlakatlarida ta’lim olishda ko‘proq erkinliklar paydo qilishga imkon yaratadi. 
Bolonya jarayoni quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
O‘quv dasturlarini tuzish va talabalar tahsil olish yo‘llarini tuzishda ko‘proq erkinliklar; 
Yevropa kredit to‘plash va ularni o‘tkazish tizimini (ECTS) joriy qilish; 
Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun milliy va Yevropa universitetlariga 
borib/o‘tib tahsil olish, ishlash, tadqiqot olib borish borasida ko‘proq imkoniyatlar; 
Olingan ixtisos/kvalifikatsiyani ta’lim doirasi va kasbiy sohada tan olinishini ta’minlash 
uchun diplom Ilovasi berish; 
Yevropa oliy ta’lim hududini tuzish jarayonida qatnashuvchi ko‘plab mamlakatlarda 
diplomlar tan olinishi uchun oliy ta’lim tuzilmalarini standartizatsiya qilish va umumiy ko‘nikma-
malakalar doirasini qabul qilish; 
Ixtisos/kvalifikasyalarning tan olinishi; 
Sifatni kafolatlash: umumiy standartlar va umumiy tartibotlar ishlab chiqish; 
Avtonom muassasalar; 
Talabalar qatnashuvi: oliy ta’lim boshqaruvida ular to‘laqonli hamkorlar sifatida tan olinishi; 
Oliy ta’lim uchun ijtimoiy javobgarlik. 
Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. 
Odatda uch yildan kam boʻlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 1-2 yillik magistratura bosqichi. 
Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan mustaqil taʼlimga 
urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi: 
birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan 
boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi; 
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va 
ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi 
talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi. 
Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim muassasalarining yagona 
“kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. Kredit yoki kredit birligi — oʻquv rejasida 
hisobga olingan har qanday oʻquv faoliyatining qiymat koʻrsatkichi hisoblanadi. 
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari talabalariga 
katta afzalliklarni taqdim etadi. 


611 
Taxminan 30 yil oldin Erasmus dasturi ishga tushirilgandan buyon Komissiya milliy 
hokimiyat idoralari, oliy o'quv yurtlari, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birgalikda 
Yevropa oliy ta'lim muassasalari o'rtasida intensiv va tizimli hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 
Talabalarning mobilligiga bo'lgan talab tez sur'atlarda o'sib borishi bilan, yagona institutlar 
uchun turli darajadagi tuzilmalar va turli xil akademik an'analarga ega bo'lgan turli milliy oliy ta'lim 
tizimlarida o'qish davrlarini tan olish qanchalik qiyin bo'lganligi aniq bo'ldi. 
Sorbonna va Bolonya deklaratsiyalari bilan boshlangan Boloniya jarayoni bu milliy 
hukumatlarning yevropalik talabalar va bitiruvchilarning mobilligidan kelib chiqadigan 
muammolarga javobi edi. 
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarda va undan tashqarida oliy ta'lim tizimlarini isloh qilishda 
juda ko'p yutuqlarga erishildi. 
Ta'lim vazirlari, shuningdek, kelgusi yillarda ushbu sohadagi ustuvor tadbirlarni ko'rsatib 
beradigan Parij bayonotini qabul qildilar. Bayonotda Yevropaning 48 ta davlati vazirlarining 2020 
yilga qadar yanada shijoatli Yevropa oliy ta'lim sohasi bo'yicha qo'shma qarashlari bayon etilgan. 
Bugun dunyo yaxlit, bir butun vujudga aylanib bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi davrida bu 
holat yaqqol ko‘zga tashlandi. Bundan keyin dunyo bir butunlikda harakat qilmas ekan, insoniyat 
o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erishishda turli xil to‘siqlarga duch kelaveradi. Bu holatda 
esa toʻplangan bilim, shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad sari 
yoʻnaltirish, ilm hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olish yechim bo‘la olishi mumkin.
Bilimning shakllanishi esa ta’lim tizimiga chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimining 
samaradorligi, undagi infratuzilma islohotlarning amalda bajarilishini yanada jadallashtiradi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish