Keywords -
Oncology, Hematology, Disease, Patient, Evaluation, Attitude, Experience,
Purpose, Confidence, Rehabilitation, Pathology, Pathogenesis.
594
Barchaga ma’lumki, katta yoshdagi onkologik va gematologik kasallikka chalingan
bemorlarda o‘zigа bo‘lgаn bаhоsi, unga аtrоfdаgilаrning hurmat bilаn munоsаbаt qilish tаjribаsi
аsоsidа tiklаnаdi. Bemor аtrоfdаgilаr tоmоnidаn hurmatli
munоsаbаt ko‘rsа, shu qаtоri o‘zigа hаm аyab hurmat bilаn munоsаbаtdа bo‘lishgа qоdir.
Bemorga «O‘zinggа ishоn, sеni hammа yaxshi ko‘rаdi, sеngа g‘аmxo‘rlik qilаyotgаnlаrgа ishоnch
bildir», degan gaplarni aytib atrofdagilarga nisbatan bemorni ishonchini orttirish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Nаfаqаt mаvjud simptоmlаrni kuzаtish, bаlki mijоzning shikоyatlаri vа hаrаkаtlаri
zаminidа nimа yashiringаnini ham tushunish kerak. Kuzаtuv o‘tkаzish vа o‘z-o‘ziga pаrvаrish
qilish qоbiliyatini baholаshni bаjаrilаdi.
Yosh qаytgаch o‘zigа xоs psixоgigiyenik muаmmоlаr vujudgа kеlаdi. Kеksаlik hаyotning
nihоyasi bo‘lishi kеrаk emаs, bаlki u hayotning оchilgаn gulidir, – dеgаn edi Аndrе Rеnоn.
Shundаy ekаn, qаrilik chоg‘idаgi psixоgigiyenik tаdbirlаr sistеmаsi gulni so‘litmаslikkа, bаrglаri,
yaprоqlаrining tushmаsligigа qaratilmоg‘i kеrаk. Qarilik chоg‘idа ko‘rish qоbiliyati susаyadi, qulоq
оg‘irlаshib qоlаdi, аstа-sеkin оyoqlаrdаn mаdоr kеtаdi, hаrаkаtlаrni bаjаrish qiyinlаshib bоrаdi. Bu
esа ruhiyatning pаsаyishigа оlib kеlаdi.
Qаriyalаrning ko‘ngligа tеz оzоr yеtаdi, ulаr nоzik bo‘lib qolаdilаr, sаlbiy kеchinmаlаrdаn
ko‘p tаshvishgа tushаdilаr, ulаrni xаvоtirlik, qo‘rquv egаllаydi. Yolg‘izlik ulаrni оg‘ir xаyollаrgа
cho‘mdirаdi. Bа’zidа yoshlаr оilаdаn uzоqlаshib, o‘zlаri yangi оilа qurаdilаr. Nаtijаdа kеksаlаr
yolg‘iz qоlаdilаr. Yolg‘izlik ulаrni qiynаydi. Bundаy vаqtdа qo‘shnilаr, o‘g‘il-qizlаri, nеvаrа-
chеvаrаlаri qаriyadаn xаbаrdоr bo‘lib turishlаri lоzim. Mаhаllа fаоllаri yolg‘iz qоlgаn qаriyalаrgа
mоs kеlаdigаn ishlаr tоpib bеrishlаri kеrаk. Ulаrning dоimо nimа bilаndir mаshg‘ul bo‘lishlаri
ruhiy sоg‘lоmlikkа оlib kеlаdi. Kеzi kеlgаndа, qariyalаrning tibbiy pаrvаrishi haqida hаm to‘xtаlib
o‘tmоqchimiz. Аbu Аli ibn Sinо qаriyalаrgа bаdаnni yog‘ bilаn uqаlаsh, yеngil harаkаtlаr qilish,
piyodа vа оtdа yurish, ko‘kаtli tаоmlаr yеyish, sut-qatiqni ko‘prоq ichish, аsаbiylаshmаslik,
yеtаrlichа uxlаsh vа ichni surib turish kеrаkligi haqida uqtirgаn edi. Dаrhaqiqat, kеksа оdаmning
оvqati оz-оzdаn, sifаtli, dаrmоndоrilаrgа bоy vа mаzаli bo‘lishi dаrkоr. Shоvlа, shirguruch, аtаlа,
hоlvаytаr, shirchоy, limоnli chоy kаbi ichimliklаr me’dа-ichаk yo‘llаridа tеz hаzm bo‘ladi.
Sаbzаvоt (sаbzi, shоlg‘оm, kаrаm) vа ko‘kаtlаr qo‘shib tаyyorlаngаn suyuq tаоmlаr qаriyalаrgа
fоydаli, shifоbаxsh tа’sir qilаdi vа huzur bаg‘ishlаydi.
Bugungi kunda onkologik kasalliklar o‘lim va nogironlikning uchrashi bo‘yicha dunyoda
birinchi, ba’zi davlatlarda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha
yo‘nalish mutaxassislari o‘z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Chunki
onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a’zolarida uchraydi.
Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki biologlar,
genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilmfanning bir qancha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan
mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va
davolash sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Masalan, nevrologiya sohasini misol
qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya
o'smalarini juda erta aniqlash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asrning 80- yillarigacha
esa miya o‘smasi tashxisini aniqlash o‘ta mushkul va juda ko‘p urinishlarni talab qilardi.
«Bosh miya o‘smasi» tashxisi faraz qilingan bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari,
bir qancha paraklinik tekshiruvlar, ya’ni rentgenoskopiya, exoensefaloskopiya, elektroensefalo-
grafiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya
tekshiruvlari o‘tkazilardi. Oxirgi 3 ta tekshiruv katta diagnostik ahamiyatga ega edi. Bu
tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya’ni neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilardi.
Yuqoridagilardan tashqari, bemorni nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham
ko‘rishi va o‘z xulosasini berishi zarur bo‘lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida yoki
ularning ishtirokida konsilium o‘tkazilardi va ana shundan so‘ng bosh miyada o‘sma bor yoki
yo‘qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, bemorni shifoxonaga yotqizmasdan va shuncha
tekshiruvlarni o‘tkazmasdan turib miya o‘smasini aniqlab bo‘lmasdi va bir bemorga aniq tashxis
qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun mobaynida mehnat qilishiga to‘g‘ri kelardi.
595
Vaholanki, tekshiruv larga vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har
bir kun bilan barobardir.
Mana shu kunlar mobaynida vrachlarning xattiharakatidan aksariyat bemorlar o‘zida o'sma
kasalligi izlanayotganini bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug‘dirar
edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o‘smasi bor-yo‘qligini aniqlash uchun deyarli bir soat
vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya’ni KT yoki MRT tekshiruvlariga ketgan vaqt. Albatta, bir Bemorni
bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi va o'zaro maslahatlashishlari vrachning klinik
tafakkuri va mahoratini yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi
yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa tashxisni erta aniqlash va
davolashni erta boshlash.
Shu yerda aytib o'tish lozimki, «КТ va MRT kabi zamonaviy tekshirish usullari bebaho
tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi vrachlarni dangasa qilib qo'ymoqda, ular o'z ustida
ishlamay qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam qo'yib kelayotgan
vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham
«yo'q», deb javob berish mumkin.
Shu muammoni nevrologiya misolida tahlil qilib ko'raylik. Chunki nevrologiyada klinik
tashxisni aniqlashda topografik diagnostikaning ahamiyati juda yuqori. Agar nevropatolog
bemorning nevrologik statusini tekshirmasdan turib, uni KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa,
albatta, unda klinik tafakkur rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Agar u bemorni obdan tekshirib,
so'ng KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, uning klinik tafakkuri rivojlanib boradi. Chunki
u tashxisni to'g'ri yoki noto'g'ri qo'yganini bilib oladi. Xatosining sabablarini izlaydi, qayerda
qanday kamchilikka yo'l qo'yganini anglab yetadi. Bemorni yana tekshirib ko'radi va KT da
topilgan o'choq bilan o'zi tekshirib topgan belgilarni solishtirib ko'radi. Demak, zamonaviy
tekshirish usullari faqat vrachning mahoratini oshirishi mumkin, bu esa ko'p jihatdan vrachning
ushbu tekshiruvlardan qanday tarzda foydalanishiga bog'liq.
Onkologik kasalliklarda katta yoshdagi bemorlar psixologiyasihaqida so'z yuritishni bosh
miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan boshlashimiz bejiz emas. Chunki
organizmning boshqa a’zolarida joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi
bir qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma aniqlangan va uni
operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh
miya haqida ketayapti! Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq bo'lgan
psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu masala bilan psixolog emas, aynan
neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi lozim.
Operatsiya murakkab bo‘lsa-da, undan so‘ng bemorga ahvoli ancha yaxshilanishi va uni
qiynayotgan dardlardan xalos bo'lishini davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim.
Neyroxirugiya markazi yoki bo'limiga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o'sma sababli paydo
bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni
operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok
etishi lozim.
Ma’lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu kasallik borligidan bexabar
bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham
o'sma aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya’ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash mumkin»,
deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach uning qarindoshlariga aytishi lozim.
Gap shundaki, bemor ertami-kechmi, o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-
harakati va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot bo'lishlari lozim.
Chunki bemorlar ba’zan aldov yo'llari bilan hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va
buning uddasidan chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot xodimi
unutmasligi kerak.
Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan
mahrum bo'lishgacha. Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi
mumkin.
596
Ba’zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni kimdan bilib olganini
ko'rsatishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bemor o'z kasalligini boshqa katta yoshdagi bemorlardan
bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga
aytmasligi kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, davolanishdan voz
kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y beradi, bu xabarni u o'lim haqida
chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq
bir qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta tekshirishlarini iltimos
qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni
yaqinlaridan talab qiladi.
Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz, internetdan
foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Deyarli barcha ta’lim muassasalari,
shifoxonalar, korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. U yerdan
juda ko‘p ma’lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham bundan foydalanishi va o'ziga kerakli
ma’lumotni topib olishi mumkin. Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham
o'ziga kerakli ma’lumotlarni bilib olishi qiyin emas.
Talabalar bemorlarni ko'rgani kirganda, palatalarda darslik va o'quv qo'llanm larini
qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak. Qo'llanilayotgan diagnostika va
davolash usullaridan ham bemor o'z kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur
bilan davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoidirish uchun narkotik
analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos ekanini biladi. Demak, onkologiyada sir
saqlash o'ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni
bilib qolgandan so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak.
Odatda, sirdan voqif bo'lgan katta yoshdagi bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz
rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va undan unumli foydalanish
kerak.
Umuman olganda, onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog; ya, xirurgiya va
travmatologiya ilmiy markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan
bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki bu markazlarda kasallik
turlari va bemorlar soni ko'p.
Do'stlaringiz bilan baham: |