Мақола ва тезислар номи


Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni 
ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»
qarori qabul 
qilindi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 30.09.2019 da “
Yetim bolalar 
va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini 
tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida 824-sonli qarorini qabul qildi.
Ushbu qarorlarga muvofiq ravishda 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini 
noinstitutsionallashtirish dasturi qabul qilindi, 2019-yil 1-noyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi 
tashkil etish orqali qabul qilayotgan nomzod fuqarolarni tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari 
va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etildi. Har bir tuman, 


27 
shahar va viloyat hokimliklarida “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy 
himoyalash tizimida noinstitutsionallashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ni 
ishlab chiqish orqali kam ta’minlangan oilalar bolalarini Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va 
Bolalar 
shaharchalariga 
joylashtirilishining 
oldini 
olish 
ishlarini 
kuchaytirildi. 
Noinstitutsionallashtirish o‘tkazilishi zarurligini jamoatchilik tomonidan tan olinishiga erishish 
maqsadida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarining 
xabardorlik darajasini oshirish hamda Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 
uchun muassasa tarbiyalanuvchilarining orzu va armonlari, institutsionalizatsiyaning salbiy oqibatlari 
haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish yuzasidan keng ko'lamli tashviqot ishlari olib borildi. 
Noinstitutsiyalashtirish jarayonlari rivojlanishiga turtki bo'layotgan asosiy sabab Ijtimoiy 
muasasalarga joylashtirilgan bolalar hamda ularning ijtimoiy –psixologik holatlaridir. Psixologlar va 
o'qituvchilar ma'lumotlariga ko'ra, bolalar uylarida, mehribonlik uylarida, internat, boshpanalar 
bolaning asosiy ehtiyojlarini qondirmaydi, bu uning jismoniy va aqliy rivojlanishining buzilishiga 
aylanadi. Bularning barchasi bolaning identifikatsiyasini shakllantirish jarayonida salbiy oqibatlarga 
olib keladi.Bunday bolalar mustaqil hayotga tatbiq etilishadi, o'z oilalarida yashash, hordiq chiqarishda 
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ijtimoiy muasasalarga joylashtirilgan bolalar tengdoshlardan farq qiladi, 
ularning rivojlanishi va sog'lig'i har bir shaxsni shakllantirishning har bir bosqichida juda salbiy 
xususiyatlarga ega, bu esa uning katta qismiga, ijtimoiy moslashuviga ta'sir qiladi. 
Shu turtki bo'lgan omillar sababli 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini 
noinstitutsionallashtirish dasturining asosiy vazifalari belgilab olindi. Quyida ushbu asosiy 
vazifalardan ba'zilarini keltirib o'tmoqchiman: 
Yevropa davlatlarining noinstitutsionallashtirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish sohasidagi tajribalarini 
o‘rganish. 
O‘rganish yakunlari natijasida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va respublikada faoliyat olib 
borayotgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari 
faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish 
Bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarning yagona ma’lumotlari bazasini 
yaratish va uni muntazam ravishda yuritib borish; Vasiylik va homiylik organlarining yagona 
ma’lumotlar bazasidan keng omma foydalanishiga erishish. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini noinstitutsionallashtirish dasturidan ko‘zlangan 
maqsad hamda bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishtirish; Yetim va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari hamda vasiylik va homiylik 
organlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirish. 
Ota-ona mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalar muammolari, ota-onalarning o‘z 
majburiyatlarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi oqibatlari, ota-ona nazorati, mehri va g‘amxo‘rligidan 
mahrum bo‘lgan bolalarga vasiylik belgilashning muhimligi, ularni joylashtirishning muqobil shakllari 
haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash. 
Oilaga tarbiyaga olingan (patronat), vasiylik yoki homiylikka, farzandlikka olingan, Oilaviy 
bolalar uylari va boshqa yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat 
muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal 
standartlarini ishlab chiqish. 
“Bolalar uylari”, “Bolalar shaharchalari”, “Mehribonlik” uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar 
mahallalari” uyushmasi tizimidagi muassasalar tarbiyalanuvchilarini qondosh oilalariga qaytarish yoki 
tutingan oilalarga joylashtirishga yo‘naltirilgan ishlarni faollashtirish 
Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” 
uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa 
muqobil shakllariga o‘tkazish. 
Xulosa qilib aytganimizda, yuqorida aytib o'tilganlar natijasida biz ijtimoiy ish sohasidagi ushbu 
mavzuning dolzarbligi shubhasiz degan xulosaga kelishimiz mumkin. 
Noinstitutsiyalashtirish jarayonlarining ijtimoiy jihatlarini o'rganish asnosida qiyin hayotiy 
vaziyatga tushib qolgan oila va bolalarga manzilli va malakali ko'mak berish va bu orqali ijtimoiy 


28 
yetimlikni oldini olishning bizning mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etilishi va undan kutilayotgan 
ijobiy yechimlarni hamda xorij tajribasini amalda sinab ko'rish ijtimoiy yetimlikni oldini olish yoki 
kamaytirishda ijobiy o'rin tutadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish