Мақола ва тезислар номи


KO’RSATKICHLI, LOGARIFMIK FUNKSIYALARNI O’QITISH METODIKASI



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
KO’RSATKICHLI, LOGARIFMIK FUNKSIYALARNI O’QITISH METODIKASI 
 
Qorabekov O‘.Y.
Toshkent Davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti
Matematika o’qitish metodikasi kursi matematika o’qituvchisi tayyorlash umumiy tizimining 
asosiy bo’lagidan biridir. U talabalarga o’qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini, metodlari va 
vositalari bilan aloqadorlik xususiyatini o’rgatadi.
Mazkur o’quv fani talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar 
kollejlarining matemetika fani bo’yicha o’quv dasturlari va ularning tarkibi bilan tanishtiribgina 
qolmay, ularni o’quvchilar, talabalar ongiga singdirish va amaliyotda foydalanish metodlari, 
texnologiyalari bilan tanishtiradi. Bunda har bir talaba o’qituvchilik faoliyatida foydalanish zarur 
bo’lgan yo’l-yo’riqlar, pedagogik faktlar, ayrim mavzularni darsda o’tish, o’quvchilarga o’rgatish, 
darsda ko’rsatma materiallar, texnik vositalar, test reytinglar va hokazolardan foydalanish metodlari 
bilan tanishadilar hamda amalda sinab ko’radilar. 
Matematika o’qitish metodikasi kursidan amaliy mashg’ulotlar esa talabalarga kursning 
nazariy qismini o’zlashtirishga va o’qituvchilik kasbi uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakani 
egallashga yordam berishga qaratilgan. Amaliy mashg’ulotlarda matematika o’qitishga ijodiy 
yondoshishni shakllantirish, nazariy materiallarni turli xil usulda bayon etilishini baholay olish 
ta’limini rivojlantirish istiqbollarini hamda matematika o’qitish metodikasini psixologiya, 
pedagogika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini anglay olish kabi masalalarga keng o’rin berish 


413 
lozim. Ushbu ishda yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda pedagogika institutlari matematika 
o’qitish metodikasi kursida “Ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar, tengsizliklar va funksiyalarni 
o’qitish metodikasi” nomli mavzudagi amaliy mashg’ulot ishlanmasini keltiramiz. Buning uchun 
dastlab amaliy mashg’ulot rejasi tuziladi:
Reja: 
1. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar, tengsizliklar va 
funksiyalarni o’rganishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari.
2. Algebra va analiz asoslari kursida ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar, 
tengsizliklar va funksiyalarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan o’quv materialining mazmuni. 
3. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar, tengsizliklar va 
funksiyalarni o’rganish bo’yicha ba’zi bir metodik masalalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan 
amaliy topshiriqlarni bajarish.
Ushbu mavzuni o’rganish metodikasini ishlab chiqishda ko’zda tutilgan maqsadlar: 
1.
Ko’rsatkichli funksiya tushunchasini kiritish variantlaridan birini ishlab 
chiqish. 
2.
Logarifmik funksiya tushunchasini kiritish variantlaridan birini ishlab 
chiqish.
3.Ko’rsatkichli, logarifmik tenglama va tengsizliklarni yechish ko’nikmalarini 
shakllantirishga yo’naltirilgan mashqlar to’plamini tahlil qilish. 
Asosiy mazmun 
5.
Algebra va analiz asoslari kursida ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, 
tenglamalar va tengsizliklarni o’rganishning asosiy ta’limiy maqsadlari matematika bo’yicha 
dasturda ajratilgan, kursning asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 
Trigonometrik funksiyalarni o’rganishning asosiy ta’limiy maqsadlari: 
1) O’quvchilarning ko’rsatkichli funksiyalar haqida bilimlarini sistemalashtirish. 
2) Logarifmik funksiyalar haqidagi bilimlarni sistemalashtirish. 
3) Ko’rsatkichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish va 
mustahkamlash.
4) Ko’rsatkichli va logarifmik tenglama va tengsizliklarni yechish usullari bilan tanishtirish, 
shu bilan birga ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar va ularning sistemalarini yechishning ba’zi bir 
usullarini qarab chiqish. 
2. Algebra va analiz asoslari kursi o’quv materialini tahlil qilish quyidagi asosiy mazmunni 
ajratishni taqazo qiladi: 
-Ko’rsatkichli va logarifmik funksiyalarni aniqlash; 
-Funksiyalar grafiklarini qurish uchun zarur bo’ladigan ko’rsatkichli, logarifmik 
funksiyalarning xossalarini aniqlash va grafiklarini qurish; 
-Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalarga oid formulalar va ulardan ko’rsatkichli, logarifmik 
ifodalarni ayniy almashtirishda foydalanish; 
-Ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar va tengsizliklarni yechish; 
-Ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar va ularning sistemalari ba’zi bir turlarini yechish 
usullari. 
3.Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, tenglama va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha ba’zi 
bir metodik masalalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqlar: 
1)
Ko’rsatkichli funksiya, tenglama va tengsizliklarni o’rganishning ta’limiy 
va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon qiling . 
2)
Logarifmik funksiya, tenglama va tengsizliklarni o’rganishning ta’limiy 
va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon qiling. 
3)
Ko’rsatkichli funksiya, tenglama va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha 
akademik litsey va KHK DTS va dasturini tahlil qiling. 
4) Logarifmik funksiya, tenglama va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha akademik litsey va 
KHK DTS va dasturini tahlil qiling. 


414 
5) Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, tenglama va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha 
akademik litseylar uchun “Algebra va analiz asoslari” darsligi tahlili. 
6) Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, tenglama va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha KHK 
uchun “Matematika” darsligi tahlili. 
7) “Ko’rsatkichli funksiya va uning xossalari” mavzusini o’qitish metodikasi. 
8) “Logarifmlar. Logarifmik funksiya“ mavzusini o’qitish metodikasi. 
9) “Ko’rsatkichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar“ mavzusini o’qitish 
metodikasi. 
10) “Ko’rsatkichli tenglamalar va tengsizliklar“ mavzusini o’qitish metodikasi. 
11) “Logarifmik tenglamalar va tengsizliklar“ mavzusini o’qitish metodikasi. 
12) “Ko’rsatkichli va logarifmik tenglamalar sistemalari“ mavzusini o’qitish metodikasi. 
13) Ko’rsatkichli funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid testlar tuzing. 
14) Logarifmik funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid testlar tuzing. 
15) Ko’rsatkichli funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid yozma ish variantini tuzing. 
16) Logarifmik funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid yozma ish variantini tuzing. 
17) Ko’rsatkichli funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid tarqatma materiallar tayyorlang. 
18) Logarifmik funksiya, tenglama va tengsizliklarga oid tarqatma materiallar tayyorlang. 
19) Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, tenglama va tengsizliklarga oid krassvordlar 
tayyorlang. 
20) Ko’rsatkichli, logarifmik funksiyalar, tenglama va tengsizliklar tarixiga oid material 
tayyorlang. 
21) Ko’rsatkichli va logarifmik funksiyalarga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlang. 
22) Ko’rsatkichli tenglama va tengsizliklarga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlang. 
23) Logarifmik tenglama va tengsizliklarga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlang. 
24) Ko’rsatkichli va logarifmik funksiyalarni o’rganish bo’yicha to’garak mashg’ulotlari 
uchun material tayyorlang. 
25) Ko’rsatkichli, logarifmik tenglamalar va tengsizliklarni o’rganish bo’yicha to’garak 
mashg’uloti uchun material tayyorlang.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish