346
O’quvchilar bilan ishlash jarayonida vazifani imkon qadar yaxshiroq bajarib o’qituvchining
maqtoviga sazovor bo’lishga intiladigan, bir-biri bilan raqobatlashuvchi o’quvchilar guruhi
shakillanadi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri – turli yoshdagi bolalarda sezgi,
idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarning namoyon
bo’lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvning qonuniyatlarini o’rganishdan iborat. Bolalar
psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur analiz qiladi.
Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib toptirishga faol ta’sir qiluvchi omillar
qiziqtiradi. Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning
tartibsiz ta’sir etishning natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishida
tarkib toptiradi. Ana shu muhum qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan
bolalar psixologiyasi shug’ullanadi. Bolalar psixologiyasi balalar shaxsi va shaxsiy psixologik
qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muhim ilmiy malakalarni o’rganib, mamlakatimizda yangi
tipdagi odamlarni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi.
Bolalar psixologiyasi o’zining murakkab predmetini o’rganishda falsafaga tayanadi.
Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini
o’rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog’liqligini ishbotlab beradi.
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir. Pedagogika fani
yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni xar tomonlama gormonik tarzda rivojlantirish haqidagi
fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir
fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti
qonunlaridan xabardor bo’lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil
qilish imkonini beradi.
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pedyatriya va
bolalar texnologiyasi bilan ham bog’liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar
psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotda burilish
sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o’z navbatida, bolaning normal
psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga vrachlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq
tushunib olishlariga yordam berdi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini
o’rganishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Shunday
qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik
xususiyatlarini o’rganishda bir qator fanlarning qo’lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga
yordam beradi.
Ma’lumki, xar bir fanning o’z predmeti va vazifalari, uni o’rganish hamda tekshirishga
qaratilgan bir qator metodlari bo’ladi. Metod lotincha – so’zdan olingan bo’lib, konkret masalalarni
xal qilishga qaratilgan voqelikni amaliy yoki nazariy bilish usullari hamda ammallarning
majmuidir. Agar har bir alohida fanga nisbatan oladigan bo’lsak, u paytda metod ayni shu fanning
predmetini tekshirish, o’rganish va tushuntirish usullarining yeg’indisidir.
Bolalar psixologiyasi umumuy psixologiyaning deyarli barcha metodlaridan foydalanadi.
Umumiy psixologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari – kuzatish, eksperiment, suhbat, faoliyat
maxsulotlarini o’rganish kundalik va biografik materiallarni o’rganish, sotsiometrik, test va shu
kabi metodlardir. Bolalarning butun aqliy, ya’ni psixik taraqqiyotlari ularning turli-tuman
faoliyatlarida sodir bo’ladi. Ana shuning uchun bolalar psixologiyasi yuqoridagi metodlarni
bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo’llaydi. Bu orqali bolalarning qaysi soxaga
qobilyati borligini aniqlash yana ham osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: