342
5. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan yangi
xalqaro turistik hududlarni, mintaqalarni tashkil qilish, bu hududlar va mintaqalarda xalqaro
ekoturizmni rivojlantirishning yangi xalqaro turistik rejalarini, strategiyalarini ishlab chiqish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning vazifalari:
1. Xalqaro ekoturizmni tashkil qilishning huquqiy me’yorlarini, ijtimoiy-iqtisodiy-tashkiliy
mexanizmlarini ishlab chiqish.
2. Xalqaro ekoturizmda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan turizm tarmog‘i va unga xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun davlat ahamiyatidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish.
3. Xorijiy davlatlarning xalqaro ekoturizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro loyihalarida
ishlash, hamkorlik qilish imkoniyatlarini, sharoitlarini yaratish.
4. Xalqaro ekoturizm infratuzilmalarining komfortlilik darajalarini, jahon andozalari va
talablari darajalarida yaratish, tayyorlash.
5. Xalqaro ekoturizm xizmatlarini jahon andozalari va talablari darajalarida yaratish,
tayyorlash.
6. Transport-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini xalqaro ekoturizmda transport
kommunikatsiya xizmatlari talablari darajalariga yetkazish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning ijtimoiyiqtisodiy hayotidagi ahamiyati
quyida keltirilgan muhim ijtimoiyiqtisodiy ko‘tarilishga, taraqqiyotga zamin, shart-sharoitlar
yaratadi:
Mamlakatimiz iqtisodiyotida valuta tushumlari ko‘payadi. Shu bilan birga xalqaro
ekoturistlardan mahalliy xizmatlar ko‘rsatuvchilar ham valutalarni oladilar;
Davlatimizning xalqaro miqyoslardagi obro‘sini oshiradi;
• Turistik infratuzilmalarning komfortlilik darajalarini xalqaro talab darajalariga ko‘taradi;
• Sanoatda va qishloq xo‘jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish kuchayadi. Bu mahsulotlarning
sifati xalqaro darajalarga ko‘tariladi;
• Xalqaro miqyosdagi barcha turistik resurslar-obyektlar ta’mirlanadi, ko‘kalamzorlashtiriladi,
obodonlashtiriladi;
• O‘zbekistonliklarning milliy merosi, boyliklari, milliy madaniyati, san’ati va milliy
an’analari jahondagi ko‘plab davlatlarda taniladi;
• Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish kuchayadi;
• Transport-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari yaxshilanib boradi;
• Turizm xizmatlarining turlari ko‘payadi va sifatlari xalqaro talablar darajalariga ko‘tarilib
boradi;
• O‘zbekiston turizmiga xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga sharoitlar va imkoniyatlar
yaratadi;
• Mehmonxonalar xo‘jaliklarida xizmatlarning turi ko‘payadi, sifatlari oshadi, komfortliliklari
ko‘tarilib boradi;
• Xalqaro ekoturistlarni ovqatlantirish xizmatlari yaxshilanib boradi, milliy taomlarni tiklash
va sifatli tayyorlash kuchayib boradi;
• Xalqaro turistik marshrutlar yaratish talablari kelib chiqadi;
• Xalqaro turizm reklamalarini ishlab chiqish kuchayadi;
• Xalqaro ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlariga ixtisoslashuv takomillashib boradi;
• Xalqaro turoperatorlar tayyorlash talablari kelib chiqadi;
• Xalqaro turistik markazlarni tashkil qilish talablari kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: