Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
M.S.A bdulxo’jayeva patologik anatomiya II qism 2012yil 
2.
N.H. Abdullayev, H.YO. Karimov, B.O’. Irisqulov Patologik fiziologiya 2008-yil 
3.
A.Gadayev, M.Sh.Karimov, X.S.Axmedov “Ichki kasalliklar propidevtikasi” 2012-yil


300 
JISMONIY VA JINSIY BALOG’ATNI ERTA YOKI KECH YUZAGA KELISHINING 
PSIXOLOGIK ASOSLARI 
Jo’rayeva Sh.Sh. 
O’zbekiston Milliy Universiteti talaba
 
Kalit so’zlar: 
biologic, o’smirlik, jinsiy, inqiroz, seksuallik, balog’at, ontogenetic, rivojlanish, 
keskinlik, jismoniy, davr, xarakter, xronologik. 
O'spirinlik - bu bolalikdan keyingi va o'sib ulg'ayguncha davom etadigan, ya'ni 10 yoshdan 19 
yoshgacha bo'lgan insonning o'sishi va rivojlanish davri. Bu hayot tsiklining muhim o'sishlaridan 
biri bo'lib, u tez o'sishi va o'zgarishi bilan tavsiflanadi, bu esa go'daklik davridagi o'sish va 
o'zgarishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu o'sish va rivojlanishning ko'p jihatlari biologik 
jihatdan boshqariladi va balog'at yoshiga etishish bolalikdan o'spirinlikka o'tishni anglatadi. 
O'smirlik - bu rivojlanishning bir qator asosiy jihatlari bilan ajralib turadigan etuklikka 
tayyorgarlik davri. Jismoniy va jinsiy rivojlanishdan tashqari, ushbu o'lchovlarga ijtimoiy va 
iqtisodiy mustaqillikka erishish, shuningdek shaxsiy rivojlanish, o'zaro munosabatlarni o'rnatish va 
katta yoshdagi rollarni bajarish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni egallash va mavhum fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish kiradi. . O'smirlik - bu portlovchi o'sish va ulkan salohiyat davri
shuningdek, ijtimoiy kontekst kuchli bo'lganida muhim xavflar davri. 
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo‘lmish yosh psixologiyasi fani bevosita inson 
psixologiyasining namoyon bo‘lishi va rivojlanishini turli yoshlarda qanday kechish xususiyatlari, 
qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganadi. Psixologik xususiyatlarni namoyon bo‘lishining yosh 
xususiyatlari o‘rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixologiyasida turli yosh davrlari 
bir-biridan sezilarli farqlanadi. 
Bular: chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha ta’lim yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, ilk 
yoshlik, yoshlik, yetuklik va keksalik davrlaridir. Bu davrlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, 
sifatlarga ega bo‘lib, ular bir-biridan odamning xronologik yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ragina emas, 
balki shu davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro‘y beradigan o‘zgarishlar, uning 
ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko‘ra ham farqlanadi. 
Biz o‘smirlik davri psixologiyasi haqida to‘xtalib o‘tamiz. O‘smirlik davri insonni bolalikdan 
— yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, 
murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5—8-
sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr 
oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. 
O‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz 
davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabligi » 
nimalar bilan asoslanadi? 
O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy 
omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy 
va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. 
Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish o‘smir ruhiyatida yangi psixologik 
tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o‘smir uchun juda sezilarli 
bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta bo‘lganini his qilishining yuzaga kelishining 
obyektiv manbasi bo‘lib xizmat qiladi (uning asosida o‘smir o‘zining kattalarga o‘xshashligini his 
qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi 
kechinma, hissiyot, tuyg‘ularni yuzaga keltiradi. O‘smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar
kechinmalarga munosabati darajasi ularning o‘smir hayotidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, 
o‘smir hayotining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Bu o‘rinda o‘smir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun mo‘ljallangan kitoblar va 
kinofilmlar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.. Bularning barchasi, shuningdek o‘rtoqlari bilan sevgi 
va jins muammolari haqida gaplashishlari o‘smirlarda odamlar munosabatlarining intim jihatlariga 
ko‘tarinki qiziqishni yuzaga keltirishi, erotic an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. 


301 
Har ikkala jins o‘smirlari uchun bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi «birinchi 
muhabbat»ga duch kelishi, birinchi bo‘salarni olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi. 
O‘smirlik davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog‘atga yetishdir. Jinsiy 
balog‘atga yetish qanday amalga oshadi. Jinsiy bezlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy belgilar bola 
hali ona qornidaligidayoq paydo bo‘ladi va bola tug‘ilganidan boshlab to o‘smirlik davrigacha 
jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning vazifalari bolani rivojlanish 
jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ontogenetik taraqqiyotning ma’lum bir 
bosqichida jinsiy rivojlanish keskin jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy 
rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog‘atga yetish davri jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi 
va u aksariyat hollarda o‘smirlik yoshiga to‘g‘ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetishishi 
o‘g‘il bolalarga qaraganda 1—2 yil ilgarilab ketadi. 
Qizlarda menstrual siklning boshlanishi bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar mavjudki, ular 
nafaqat jismoniy, balki psixologik belgilar bilan xarakterlanadi. 
Qizlarda, ayollarda kuzatiladigan menstrual sikl 4 bosqichdan iborat bo‘lib, o‘rtacha 28 kun 
davom etadi va bu bosqichlarda shaxs ruhiyatida kuzatiladigan o‘zgarishlarni shartli ravishda 
yilning to‘rt faslidagi ob-havo o‘zgarishlariga qiyoslash mumkin. Jinsiy bezlar estrogen va 
androgen garmonlarini ajratib chiqaradi. Estrogen garmonlari odamda ruhiy quvvatni oshiruvchi 
garmonlar bo‘lsa, androgen garmonlari aksincha, ruhiy quvvatni yemiruvchi garmon hisoblanadi. 
Ularning ajralib chiqish miqdori minstrual siklning turli bosqichlarida turlicha bo‘ladi. 
Jinsiy balog‘atga yetish nisbatan individual xarakterga ega bo‘lib, u vaqti va tempiga ko‘ra 
turli bolalarda turlicha kechishi mumkin. 
Jinsiy balog‘atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha bo‘lib, u ko‘plab omillarga: 
salomatlik holati, ovqatlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq. 
Bunda nasliy xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. 
Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlanmaslik, ularda zarur vitaminlarning 
yetishmasligi, og‘ir yoki qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini kechiktirib 
yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda katta shaharlarda o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishishi 
qishloq joylardagiga qaraganda ertaroq amalga oshadi. 
Yuqorida jismoniy va jinsiy balog’atni yuzaga kelishining erta va kech yuzaga kelishning 
psixologik sabablarini ko’rib chiqdik. Umuman, o’gil bolalarda balog’atga yetish davri 12 yoshdan 
19 yoshgacha, qiz bolalarda esa bu 10 yoshdan 17 yoshgacha yoshlar oralig’ida kichadi. Lekin 
ayrim hollarda bu jarayon erta yoki kech yuzaga kelishiga psixologik muammolar sabab bo’lishi 
kuzatilmoqda.
Jinsiy balog’atga yetishi kechikayotgan o’gil bolani aytadigan bo’lsak, Bu o‘smir, uning 
o‘rtoqlari, tengdoshlari yetilib, kattalar qatoriga qo‘shilgan ayni vaqtda u hali ham bolaligicha 
qolayotganini juda yaxshi tushunadi. U birontasi bilan gaplashib qolgudek bo‘lsa (ayniqsa, 
telefonda), uni ovozining ingichkaligi tufayli ikkinchi tomon uni qiz bola deb o‘ylashi mumkin. 
Yoki unga qiz bola deb murojaat qiladi. Uning uchun bu o‘ta haqoratdir! U sport bilan 
shug‘ullanishga juda qiziqadi, biroq u o‘z tengdoshlari bilan musobaqalasha olmaydi, chunki ular 
unga qaraganda ancha gavdali. Cho‘milish joylarida yechinish, kiyim almashtirish xonalarida 
bolalar uning muskullarining zaifligi, jinsiy a’zosi boshqa bolalarnikidan kichikligini ko‘rsatishib 
uning jahlini chiqarishadi. Bunday vaziyatlarda, o‘smirda, o‘zining haqiqiy holati, ahvolining 
nomunosibligini his qilish chuqurlashadi: mana ikkinchi yilki uning bo‘yi hatto ko‘pchilik 
qizlarnikidan ham past, ular ham bunga qaraganda tez o‘sishyapti. Boshqalarda kuzatilayotgan 
o‘zgarishlar va o‘sishlar bunda hali kuzatilgani yo‘q. U o‘zida mutlaqo noto‘g‘ri nimadir sodir 
bo‘layotganligidan xavotirlanadi, biroq bu haqda birontasi bilan o‘rtoqlashishga jur’at eta olmaydi. 
Bunday holat bola uchun o’ta noxush holat hisoblanadi.
Jinsiy balog’atga yetishi kechikayotgan qiz bolalarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi. 
Dugonalari-tengdoshlari o’zlarida bo’layotgan o’zgarishlar haqida gaplashyotganda, o’zida shu kabi 
o’zgarishlar kuzatilmayotganligi kabi kechinmalar o’tadi. Bunday vaziyatlarda bu qiz endi «hech 
qachon katta bo‘lmayman, hammadan orqada qoldim», — deb adashayotganligini kimdir oqilona 
tarzda, ilmiy asoslangan holda tushuntirib berishi lozim. 


302 
Tengdoshlaridan oldin balog’atga yetishda oldinlab ketgan qiz bola o‘z tengdoshlari va 
atrofidagilar bilan hamqadam ketmayotganligi tufayli turli noqulayliklarni boshdan kechiradi. 
‘zlarida kechayotgan holatlar haqida tengdoshlari bilan o‘rtoqlashay desa, atrofda uni tushunadigan 
kishi yo’q deb hisoblay boshlaydi.
O’rtoqlaridan ertaroq balog’atga yetayotgan o’g’il bola qiz bolalardan farqli, o’zida 
bo’layotgan o’zgarishlarni sezib tengdoshlariga nisbatan afzalliklarga erishayotganligini his qila 
boshlaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jismoniy va jinsiy yetilish davri tengdoshlaridan ertaroq 
boshlangan bolalar odatda hissiy holatlarining turg‘unligi, o‘ziga ishonganligi va o‘z tengdoshlariga 
qaraganda atrofdagilar tomonidan ko‘proq tan olinganligi bilan farqlanadilar. Shuningdek, bunday 
bolalar kelgusi yillarda ham, ya’ni ular katta bo‘lganlarida ham hayotda ko‘proq muvaffaqiyatga 
erishadilar. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish