Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Әдебиятлар
1. Петровский А. В. 
Проблема развития личности с позиции социальной психологии
 // 
Вопросы психологии. — 1984. 
2. Ткаченко М. С. Педагогическая психология. М.: Юрайт, 2010. 
3. Щуркова Н. Е. Педагогическая технология. М.: Педагогическое общество России, 
2002. 
 


212 
OILAVIY MUNOSABATLARDAGI ZIDDIYATLAR VA ULARNING OLDINI OLISH 
Berdimuratova Y.R. 
Urganch tumani 47-son ayrim fanlar chuqur 
 o’rganiladigan Ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi 
Oilaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi juda katta hayotiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan omildir. Bunda birinchi navbatda muloqotning samimiyligi muhim rol o‘ynaydi. Ba`zi 
oilalarda bolalarning kattalar oldida o‘zini muntazam so‘roq qilinayotgandek yoki hisobot 
berayotgandek his qilishlari, bolani ota – ona oldida havotirlanish darajasini muntazam yuqori 
bo‘lishi, bolalarga aybdorlik hissini chuqur singdirilganligi, bola shaxsini haqorat qilib kamsitish 
orqali uning o‘z – o‘ziga beradigan bahosini pasaytirsh, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishga olib 
keladi.
Salbiy iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik muhitda dunyoga kelgan avlod ham xuddi shu muhit 
ta`sirida voyaga etadi. Ota – onalarda salbiy xususiyatlarning doimiy dominant bo‘lishi asta – sekin 
farzandlariga o‘ta boradi va ular ota – onada bo‘lgan Ushbu salbiy xususiyatlarni o‘z farzandlariga 
ham yetkazib berish ehtimoli mavjud. 
Demak, oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy 
xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 
jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf 
tug‘dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib 
borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta’minlash va bu masalani to‘g‘ri hal etilishining 
asosiy yo‘li bo‘lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo‘lmaydigan, 
sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, o‘ta jiddiy yondashishlarni talab etuvchi davlat, hukumat 
miqyosidagi dolzarb masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir 
fuqarosi, Siz , ota-onalar hamma birdek mas’uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan 
tushmaydigan, o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan o‘ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki 
insoniyat taraqqiyoti, jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga 
bog‘liq.
Ko‘plab xalqlarda, ayniqsa, o‘zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli 
marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Masalan, bola 
tug‘ilishi bilan bog‘liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, sunnat va beshik to‘ylari kabilar 
shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, evropa xalqlarida oilada 
farzandning tug‘ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan 
emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham 
ba`zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday 
mas`uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba`zan ajrimlarga, bizning 
sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘ladi

Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar – maktabgacha ta`lim muassasalari, ayniqsa, 
uzluksiz ta`limning boshlang‘ich o‘chog‘i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday 
maskanki, u erda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o‘tadi. Chunki 
u endi nafaqat o‘zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko‘chadagi turli toifali insonlar 
bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, 
oilasida qanday ahloqiy va ma`naviy o‘gitlarni olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti 
qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi – maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual 
salohiyati, intizomi tekshiruvdan o‘tadi. Ya`ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham 
jamoatchilik oldida o‘ziga xos sinov va tekshiruvdan o‘tayotganday his qiladilar o‘zlarini. Yaxshi 
yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, 
ko‘pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar. 
Bola o‘smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan mustaqillikni, hadeb ta`qib 
qilavermaslikni da`vo qila boshlaydi. Ota-onaning farzand oldidagi obro‘si, kerakligi darajasi 
pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota ham, ona ham o‘zining farzandiga nisbatan munosabatlarini 


213 
o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf-
odatlar, musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bo‘lishga intilishlar paydo bo‘ladi. Bu 
davr ota-onaning bolasida paydo bo‘layotgan o‘zgarishlarga, yoshga oid yangiliklarga qanchalik 
fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib berishlarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan yaxshi 
o‘tgan ota-onaning bolasi keyingi bosqichga eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o‘tib 
oladi, aks holda o‘smirlik davrining o‘ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona – bola munosabatlari 
jiddiy yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi. 
Bolalar katta bo‘lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o‘qishlarni tugatib, mustaqil kasb-hunar 
egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil oilaviy hayot qurishga ham 
ulguradilar. Shu davrga kelib, “Bola – ota-ona” munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat 
evropa xalqlariga mos, balog‘at yoshiga etgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar 
o‘zlaricha, o‘z bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ularning xato qilib qo‘yishlaridan 
xavotir olmay qo‘yadi. Bizda, Sharq xalqlarida bu holat biroz boshqacha: ota-ona farzandi kasb-
hunarli bo‘lib, mustaqil professional yo‘ldan ketayotgan bo‘lsa ham, ularning kelajagi, oilasi, 
moliyaviy ahvoli borasida xavotirga tushaveradi, o‘g‘il uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida 
ota-ona va ularning ota-onalari – momolar va buvalar bosh-qosh bo‘ladilar. Turmush o‘rtog‘i 
tanlash masalasi ham bizda juda kam holatlarda bo‘yiga etgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola 
etiladi. Ya`ni, ko‘chadan birdan notanish qizni “Tanishing, bu mening bo‘lg‘usi qallig‘im, turmush 
o‘rtog‘im” deyishlar bizda deyarli uchramaydi, chunki bunga bizning asriy urf-odatlarimiz, oilaviy 
tarbiya mezonlarimiz yo‘l qo‘ymaydi. 
Ayrim bo‘linmagan oilalarda o‘g‘il uylangandan keyin ham, qiz farzandli bo‘lganda ham ota-
onalar ularning g‘amini eb, hayotda qoqilmasliklari uchun harakat qilaveradi. Hattoki, 
mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday odatlar borki, ona ko‘zi yorigan qizining 
oziq-ovqati, emishi uchun to‘la o‘zini javobgar, deb hisoblaydi. Chunki bunga ikki sabab bor: 
birinchisi – yangi ko‘zi yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro‘y beradiki, uni o‘ziga 
keltirish uchun aynan yillar mobaynida o‘z oilasida egan-ichganlari adaptatsiya jarayonlarini 
tezlashtiradi; ikkinchidan – o‘z onasining mehribonlik ko‘rsatayotganligi yosh onaning yaqinda 
boshidan kechirgan qiyinchiliklarini unutish, o‘zini chinakam ona sifatida onasiday his qilishini 
ta`minlaydi. Ushbu psixologik holat o‘ta muhim bo‘lib, aynan o‘zbeklarda bu oila 
mustahkamligining omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi, 
tug‘ruqning azoblarini unutishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi, lekin o‘z tuqqan onasining xabar 
olishi, yonida bo‘lishi ko‘plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga tezroq kirib ketishiga, 
ko‘krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol` o‘ynaydi. 
Shuni ham ta`kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga aralashuvi shu qadar 
bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi, 
qaynona va kelin, qaynota va kuyov o‘rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning ko‘pligidan 
kelib chiqadi. Ya`ni, ota-onaning farzandi balog‘at yoshiga etib, mustaqil hayotga qadam 
qo‘ygandagi aralashuvlari, g‘amxo‘rliklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin. 
Shuning har bir oila quda-anda , kuyovining dunyoqarashidan kelib chiqgan holda bunday ishlarni 
amalga oshirmog'i lozim.Shunda farzandini tinchligini ta'minlagan bo'ladi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish