Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Annotation
: The article describes the rapid penetration and development of computer 
networks in modern human life and activity, their special role in solving social, economic and even 
political problems of society, as well as the impact of pedagogical and psychological 
characteristics, knowledge, worldview. information about 
Keywords
: Information, internet, technology, virtual, cybersecurity, threat, internet culture. 
Mustaqillik yillarida jahon tajribasini o‘rganish jamiyat va davlat hayotini modernizatsiya 
qilish, unga innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish maqsadida kompyuterlashtirish masalasiga 
davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratilmoqda.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan,Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va 
intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’gartirishga qodir bo’lgan axborot texnologiyasi 
vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizastiyasining o’ziga xos yutug’i 
bo’ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon 
ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning 
vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo’jizakor hodisadir. 
Biroq sivilizastiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug’idan kim qanday 
maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli 
savol ham muammoga aylanmoqda. 
Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin 
insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o’zining 


169 
boshini o’zi og’ritadigan, o’z hayotiga o’zi tahdid soladigan, o’z istiqbolini mavhumlashti-radigan 
holatlarga ham duch kelmoqda. 
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og’zaki aloqa qilgan bo’lsa, 
undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o’rgandi. Undan besh yuz yil o’tib telefon, 
radio va televideniyaga ega bo’ldi. An’anaviy eshituv-ko’ruv vositalaridan kompyuterlarga o’tish 
uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo’ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o’zi inson 
tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo’lgan olamshumul o’zgarishlar dinamikasini 
ko’rsatadi. 
Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Yer sharini yagona axborot makoniga 
aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog’liq bo’lgan 
voqelik yuzaga keldi. 
Butun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub’ektiga aylandi. Uning dunyo 
bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga 
oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, 
ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, 
moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish 
salohiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda. 
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan 
foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan 
foydalanish darajasining pastligi ko’zga tashlanmoqda. 
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan 
foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi 
salohiyatni ham taqozo etmoqda.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti endi boshlanayotgan davrda yashab ijod qilgan ayrim 
mualliflarning ilmiy ishlarida “odam-texnika” munosabatlari tizimining sabab va oqibatlari 
shunchaki muhokama qilinmayotganligi, bu jarayon natijalari psixologik qanday tushuntirilishi 
mumkinligi xususida ham fikr yuritishga urinishlar amalga oshirilayotganligini kuzatish mumkin. 
Masalan, odam va mashina o‘rtasidagi munosabatlarda texnikaning inson ruhiy olamiga ta’siri 
asosidagi psixologik mexanizmlar haqidagi ayrim mulohazalardan italiyalik faylasuf R. 
Gvardinining Myunxen oliy texnika maktabida 1959-yilda o‘qigan “Mashina va odam” 
mavzusidagi ma’ruzasini shunday ishlar qatoriga qo‘shish mumkin1. Ushbu ma’ruzada Gvardini 
mashinalarning odam hayotida tobora keng joy egallab borishini bashorat qilib, bu jarayonlarning 
ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qiladi. R. 
Gvardinining fikricha: “odam va texnika o‘rtasidagi munosabatda odamda vujudga keladigan 
psixologik zo‘riqishning asosiy sababi texnikaning inson hukmronligini kengaytirishida 
yashiringan”. Faylasuf texnika vositalari odamning tabiat va boshqa odamlar ustidan hukmronlikni 
amalga oshirish uchun qo‘l kelishini ta’kidlab, ayni vaqtda har qanday hokimiyat mas’uliyati 
darajasini ham oshirishiga e’tibor qaratadi. Uning nazarida, texnika berayotgan hukmronlik 
imkoniyati ortidagi mas’uliyatning ortishiga har qaysi odam ham tayyor bo‘lavermaydi va buning 
zamirida mazkur munosabatlar tizimida ruhiy zo‘riqish yuzaga kelishi mumkin.
Virtual qahramonga o‘zini o‘xshatgan o‘yinchi boshqa bir qahramonni urishi, o‘ldirishi 
mumkin bo‘ladi. Bunda u qurolning juda ko‘p turlaridan foydalanadi hamda agressiya va 
vahshiylikni realizatsiya qiladi. Agressiv mazmundagi o‘yinlarning mazmun-mohiyatidagi asosiy 
g‘oya aynan shu hisoblanadi. Kompyuter o‘yinlarining ma’lum bir miqdoridan so‘ng bola real 
quroldan foydalanishi, assotsial hatti-harakatlarni bajarishi fakt emas. Ehtimol, o‘yinli kompyuter 
olami bola tomonidan adekvat idrok qilinayotgandir, biroq o‘yin jarayonida ma’lum bir 
xarakterdagi hatti-harakatlarning impulslari va ko‘nikmalari shakllanadi. Tashqi olamdagi istalgan 
signal ularning realizatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kompyuter o‘yinlarining salbiy oqibatlari, birinchi navbatda, insonning jismoniy sog‘lig‘i 
bilan bog‘liq. Xususan, kompyuter grafikasidagi tasvirlarning paydo bo‘lishi, shuningdek, gavdani 
tutish, mushakli zo‘riqish va umurtqaning deformatsiyasi va o‘ta semizlik bilan bog‘liq bo‘lgan 


170 
muammolar yuzaga keladi. Yuqorida qayd qilingan hodisalar ko‘pchilik insonlarda kuzatilsa-da, 
ularning paydo bo‘lish tendensiyasining aynan o‘zi xavf soluvchi hisoblanadi. Mazkur effektlarning 
paydo bo‘lish profilaktikasi sifatida insonning o‘yinga sarflayotgan vaqti kamayishini ko‘rsatish 
mumkin.
Kompyuter o‘yinlariga bag‘ishlangan mashhur saytlardan birida: Kompyuter o‘yini 
kompyuter dasturi bo‘lib, u o‘yin jarayonini tashkil qilish, o‘yindagi sheriklarni bog‘lash yoki o‘zi 
sherik bo‘lish uchun xizmat qiladi. Video o‘yinlar va mobil o‘yinlari ham kompyuter o‘yinlariga 
oid hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter o‘yinlari teatr, kino va shu kabilar qatorida san’at 
sohalaridan biri deb tan olingan
O‘yin madaniyatning fundamental tushunchalaridan biri hisoblanadi. Virtual reallikdan 
foydalanishning eng ommaviy sohasi o‘yinlar ekanligi tasodif emas, albatta: interaktivlik – istalgan 
o‘yinning eng muhim xususiyati bo‘lib, kompyuter uning realizatsiyasi uchun ideal texnik asosni 
taqdim etib beradi. Zamonaviy kompyuter o‘yinlarining muhim xususiyati shundaki, bu o‘yinlar 
kompyuter va inson o‘rtasida emas, balki kompyuter vositasida turli insonlar o‘rtasidagi o‘yinlardir. 
Tarmoqli o‘yinlar bor bo‘lganidek, maxsus “ko‘ngilochar markazlar” ham bor. Shunday qilib, 
o‘yinchi ijtimoiy izolyatsiyalanganlikdan to‘xtaydi. Virtual o‘yinlar yangi ijtimoiy jihatga ega 
bo‘lib bormoqda. O‘yinlar konstruksiyalangan olamda ishtirokchiga faol harakat qilish imkonini 
beradi – istalgan mashhur kompyuter o‘yini fazoning shaxsiy xususiyatiga, sun’iy tarixiga va 
vaqtning kechishiga, original falsafaga, etika va axloqqa ega bo‘ladi.
Kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotgan odamlarni kuzatganimizda zarbalardan yoki virtual 
dushmanlarning o‘q uzishlaridan chap berib qolishga urinishda keskin harakatlarni ko‘rishimiz 
mumkin. Ba’zan esa virtual olamga nisbatan qo‘rquv, g‘azab, quvonch va shu kabi emotsiyalar 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kompyuter o‘yinini o‘ynayotgan o‘yinchi 
tomonidan yuz berayotganlarni real tajriba sifatida his qilish boshlangan chog‘da kompyuter 
o‘yinlarining virtual olamida qatnashish effekti boshlanadi. Shuningdek, virtual olamda xulq-atvor 
va ushbu olam uchun qadriyatli – mazmunli tizim shakllanadi, ya’ni barcha darajalarda uning psixik 
aks etishi boshlanib, insonning virtual shaxsi shakllanishini ta’minlaydi, ya’ni bu “Men virtual”. Bu 
esa bolani reallikdan tamoman olib chiqib ketadi. Bolani internetga o‘rgatishdan oldin uning 
foydasi va zararini tushuntirish kerak. Ayniqsa, bir tomondan, tarixiy shart-sharoitlarda ijtimoiy 
qadriyatlar tizimida o‘ziga xos transformatsiyalar ro‘y berayotgani, ikkinchi tomondan, istiqbol 
haqida qayg‘uruvchi har qaysi davlat yoshlarning barkamol voyaga yetishini oliy maqsad deb 
bilishi sharoitida shaxs ma’naviy-ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori 
bo‘lgan kompyuter o‘yinlariga tobelik hodisasini ilmiy o‘rganish, o‘rganganda ham imkon qadar 
bunday xavf uyg‘ona boshlaydigan dastlabki davrdan boshlab o‘rganish o‘ta dolzarbdir.
Bugun dunyo bo‘ylab axborot xavfsizligi bilan birgalikda “kiberxavfsizlik” tushunchasi keng 
qo‘llanilib, uning ahamiyati borgan sari to‘liqroq e’tirof etilmoqda. Kiberxavfsizlik – 
kibermakonning barcha tashkil etuvchilari (ya’ni texnik qurilmalar va foydalanuvchilar)ni har 
qanday tahdidlar va kutilmagan ta’sirlardan himoyalanganlik holati majmuidir. Kiberxavfsizlik 
axborot jamiyatini rivojlanib borishidagi muhim shartlardan biridir.Axborot xavfsizligi va 
kiberxavfsizlik tushunchalari o‘rtasidagi farq shundaki, axborot xavfsizligining maqsadi barcha 
yo‘nalishlarda axborotni konfidensiallik, yaxlitlik va foydalana olishlikni ta’minlashdan iborat. O‘z 
navbatida kiberxavfsizlik bu faqat kibermakonda (ya’ni Internet tarmog‘ida, axborot tizimlarida va 
h.k.) xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan strategiyalar, xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va 
kafolatlari hamda inson resurslari orqali amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda vositalar 
majmuidir.Muxtasar qilib, kiberxavfsizlikni kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga doir chora-
tadbirlar majmui, deb atasa ham bo‘ladi.Kiberjinoyatchilik tushunchasi axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi ko‘plab turdagi jinoyatlarni o‘zida birlashtirgan. Virtual tarmoqda 
dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, 
elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, 
firibgarlik, mualliflik huquqini buzish, hamda boshqa turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda eng samarali vosita 
bormi? Bor! Bu – Internet-madaniyat.Internet-madaniyat – bu Internet orqali foydalanuvchilarning 


171 
muloqot, axborot olish va uzatish madaniyatidir. Internet-madaniyat (kibermadaniyat deb ham 
ataladi) deganda, shuningdek, virtual tarmoqdagi ijtimoiy ongga salbiy ta’sir etuvchi, ya’ni 
vayronkor-buzg‘unchi, axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan va noxolis mazmundagi 
axborotlardan foydalanishning ongli ravishda cheklanilishi tushuniladi. 
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Internet olamida keng uchrayotgan jinoyatlar, jumladan, 
g‘oyaviy va texnik (xakerlik) buzg‘unchiliklar jinoyatchilar va jabrdiydalarning Internet-madaniyat 
me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda.Nafaqat mamlakatda, balki dunyo 
miqyosida internet-madaniyatni rivojlantirish orqaligina kiberjinoyatchilikka qarshi samarali 
kurashish mumkin.Jamiyatda Internet-madaniyatni rivojlantirishga doir quyidagi takliflarni keltirish 
mumkin: 
1. Oilada farzand tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan yondashish; 
2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga kompyuter savodxonligi va 
Internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgatilishi va ular orqali yoshlarning Internetdan to‘g‘ri va 
samarali foydalanishlarini ta’minlash; 
3. Internet xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; 
4. Yoshlar ongida Internet-madaniyat va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini oshirishga 
qaratilgan qo‘llanmalarning ishlab chiqilishi; 
5. O‘quv muassasalari Internet tarmog‘idan foydalanishda internet-madaniyatga, jumladan, 
odob-axloq me’yorlariga rioya qilinishi ularning ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga 
qaratilgan o‘quv seminarlari va tadbirlarning tashkil etilishi; 
6. Ommaviy axborot vositalarida Internet-madaniyatga doir materiallarning e’lon qilib 
borilishi; 
7. Kompyuterga nojo‘ya axborotlarni qabul qilishga qarshi maxsus taqiqlov dasturlari 
o‘rnatilishi. Xorijda bunday tajriba keng yo‘lga qo‘yilgan (bu yo‘nalishdagi eng mashhur dasturlar: 
Kiberpatrul yoki Kidskontrol); 
Zamonaviy psixolog, pedagog olimlar axborot-kommunikatsiya va kompyuter 
texnologiyalarining shaxs kamolotida tutayotgan o‘rniga alohida e’tibor qaratgan holda kelajak 
avlodning turli salbiy holatlar, ya’ni Internetga qaramlik, kompyuter o‘yinlariga berilib ketib, real 
hayotiy vazifalarini unutish, ijtimoiy tarmoqlar salbiy oqibatlarining oldini olishga yo‘naltirilgan 
dolzarb masalalar ustida ish yuritishlari hamda o‘smir-yoshlarga ko‘proq ta’limiy, rivojlantiruvchi, 
til va boshqa sohalarda o‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish metodlarini joriy etishlari zarur. 
Masalan, Internet olamida o‘zlariga zarur bo‘lgan foydali axborotdan to‘g‘ri foydalanish 
salohiyatlarini shakllantirish lozim. Zamonaviy Internet taqdim etadigan ijobiy axborot-resurslari 
bilan bir qatorda, ayrim virtual olamdagi axloqsizlik, buzg‘unchilikni targ‘ib etuvchi axborotlar, 
salbiy ta’sirli kompyuter o‘yinlarining xavfli ta’siridan bolalar va o‘smirlarni himoya etish dolzarb 
masalaga aylanib ulgurgan. Internet-resurslarini turli soha mutaxassislari, jumladan, pedagogik va 
psixologik nuqtai nazaridan nazorat qilish lozim. Bu borada, ayniqsa, ota-ona nazoratini amalga 
oshiruvchi kompyuter dasturlaridan foydalanish zarur. Shu boisdan ham umumta’lim maktablari va 
boshqa ta’lim muassasalarida o‘sib kelayotgan avlod ongini chalg‘ituvchi axborotlardan o‘zlarini 
himoya etish immunitetini shakllantirish kattalarning muhim vazifasidir. Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalari o‘smir-yoshlarni jalb etarkan, ta’im tizimida foydalanilishi zarur bo‘lgan 
innovatsion psixologik-pedagogik dasturlar yaratish davr talabidir. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish