Мақола ва тезислар номи


MULOQOTDA MANIPULYATSIYA USULLARIDAN FOYDALANIB INSONLARNI



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

MULOQOTDA MANIPULYATSIYA USULLARIDAN FOYDALANIB INSONLARNI 
BOSHQARISH 
Absalomov E.U. 
Farg'ona davlat unvirsiteti talabasi 
 
Annotatsiya:
mazkur maqola insonlarni boshqarishda manipulyatsiya usullaridan foydalanish 
haqida bo’lib, bu haqidagi fikrlar bayon qilingan. Ma’lumotlar bir qancha tadqiqodchi olimlarning 
fikrlari bilan izohlangan.
Kalit so’zlar:
 manipulyatisiya, psixologiya, psixika, verbal, noverbal, mimika, qarashlar, imo – 
ishora, neyrolingvistik pragrammalashtirish (NLP) 
Mashhur milliarder Jon Rokfellerning so'zlariga ko'ra, odamlarni boshqarishni o'rganish, 
masalan, yaqin supermarketda shakar sotib olish kabi osondir. Faqatgina hozirda bunday mahorat 
dunyodagi har qanday narsadan ancha qimmat. 
Zamonaviy odam u kim bo’lishidan qat’iy nazar manipulyatorchi bo’lib hisoblanadi. 
Manipulyatorlik qobiliyat har birimizda manipulyativ hosiyat bo’ladi. Sababi, o’z foydamiz uchun 
hiyladan foydalanamiz. Albatta, har qanaqa manipulyativ harakatlar yomonlik bo’lib hisoblanmaydi. 
Odamzod umri davomida har xil manipulyativ harakatlardan foydalanadi, lekin bunaqa manipulyativ 
harakatlardan o’zlarimiz va yaqinlarimiz azob chekadi. Manipulyatsiyaning zarari bor, sababi u 
shaxsning kasalini yashirib turadi. Manipulyativ harakatlar muammosini hayotimizda ko’p 
uchratishimiz mumkin, masalan bozordagi sotuvchilarning xaridorlarini aldovi yoki televideniyedagi 
bizning tinchimizni oladigan reklamalarni keltirib o’tsak bo’ladi. Ijtimoiy munosabatlarning qaysi 
tarmog’ida bizlarga o’z fikrlarini o’tkazdirmoqchi bo’layotgan bo’lishimiz uchun manipulyatsiya 
ma’nosini tushungan holdagina qarshi tura olishimiz mumkin, buni faqat manipulyatsiya termini 
ma’nosini tushungan holda yecha olamiz. Bizlarning vazifamiz manipulyatsiya haqidagi barcha 
tushunchalarni ma’lumot yig’gan holda bir tartibga solib shunga asoslangan holda xulosa 
chiqarishimiz kerak bo’ladi. Bu muammoning o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib bu masala bilan bir 
qator olimlar shug’ullangan, bularda psixologik manipulyatsiya munosabatlarini tuzishda «o’yin» 
teoriyasining ta’siri haqidagi yozgan Erik Berntin va tranksionallik analizning «otasi» Deyl Kornegi 
odamlarni boshqarish muammosiga to’xtalganini aytib o’tsak bo’ladi. Everetitt Shostrom bo’lsa 
manipulyativ psixologiyani kompleksli turda tadqiq qila boshlagan. U manipulyatsiya hozirgi zamon 
muammosi ekanligini aytib, shaxsning o’zligini bilishning ahamiyatli tushunchasini kiritgan rus 
psixologi Vladimir Sheynov psixologik tarafdan yashirin turda odamlarga ta’sir qilib boshqarish 
teoriyasi ustida ishlab chet el olimlarining mehnatini o’rgangan holda «Manipulyatsiya» tushunchasi 
bo’yicha o’z «maktabini» yaratgan rus psixologi Igor Vagin saylov texnologiyasini foydalangan holda 
manipulyativlik psixologiya konsepsiyasining siyosatdagi o’rni haqida o’z qarashlarini yaratgan. 
Bizning bu muammomiz faqat psixologiya uchun emas boshqada fanlar uchun, hattoki yaqin 
bo’lmagan fanlar uchun ahamiyatli, masalan sotsiologiya ilmi jamiyatining rivojlanishi konfliktlarning 
kelib chiqish sabablarini o’rgangan shu muammolarning kelib chiqishiga manipulyatsiyaning ta’sirida 
ekanligini keltirib o’tgan. 
Manipulyatsiya- bu psixologik jihatdan ta’sir ko’rsatishning sababidan yashirin turdagi harakati, 
boshqa odamning xohish istagiga mos kelmaydigan harakatlarning ishlashi bo’lib hisoblanadi (I. 
SHeinov). Keyinchalik esa qisqa umumlashgan atamani ya’ni shaxslar o’rtasidagi manipulyatsiya 
tushunchasi olinadi. Manipulyatsiya- bu psixologik tarafdan ta’sir etishi manipulyatorchining mahorati 
bilan yashirin turda adresatning psixikasiga ta’sir etish maqsadida xohlovchilar hozirgi vaqtda 
xohlashiga mos kelmagan holda ta’sir etishiga aytiladi. Manipulyatsiya bu- boshqa insonlarning xohish 
istaklarini o’zgarishiga mahorat bilan ta’sir etishi, hattoki adresat buni sezmay qoladigan psixologik 
tarafdan ta’siriga aytamiz.
Manipulyatsiya bu- manipulyator tarafdan mahorat bilan boshqa insonga o’z maqsad xohish 
istaklarini singdirilishidan iborat degani (A. A. Leontev). 
Shunday qilib bir inson boshqa insonni obyekt holatda o’zaro munosabatlar jarayonida qanday 
foydalanilsa bo’ladiganini yechadi. Sheinov bo’lsa manipulyatsiya bo’lsa faqat bir taraflama foydasini 


83 
o’ylagan xolda adresatning o’rniga nima ishlashi kerakligini yechadigan inson bo’ladiganini aytib 
o’tkan. Operatsionallik nuqtayi nazardan qaraganda manipulyatsiya bu o’zaro munosabatlar bo’lib 
hisoblanadi. Bunday ta’sirlar operatsionallik darajada bo’ladi. Har xil psixologik tarafdan ta’sir etish 
turlarining spitsifikatsiyasi faqat infensiyallik aspektga qaraladi. Shuningdek faqat shu tarafdan 
qaralganda manipulyatsonlik ta’sir deb ataladi. 
Manipulyatsiya turlariga har xil klassifikatsiyalar berilgan. Avvalo ko’p uchraydigan turlari 
verbal va noverbal. Bunday holatda har qanday mualliflar mehnatlarida ko’rsak bo’ladi. A. 
Liontevning fikricha manipulyatsiya jarayonida manipulyator tarafidan manipulyatsiya subyektiga har 
qanday ma’lumotlarga to’xtalamiz. Ya’ni bu klassifikatsiyaga ma’lumot berish bilan bog’lanadi. 
Verbal kanal bo’yicha ma’lumotning 33%, noverbal munosabat turida ma’lumotlarning 65% berilishi 
kerak. Verbal ya’ni so’z bilan aytish manipulyator so’z bilan ta’sir etadi. Noverbal manipulyatsiyaning 
noverbal belgilariga mimika, qarashlar, imo- ishora va boshqalar kiradi. 
B.B. Znakov fikricha psixologik nuqtayi nazardan manipulyator tarafdan tushungan va 
tushunmagan turlarni ajratib o’tishimiz kerak. Subyekt tarafdan tushungan manipulyatsiyaning yaxshi 
va yomon bo’lishi mumkin. Yaxshi ta’rafi bu manipulyatorning yaqinlariga yordam berish holati 
bo’lsa, ikkinchi tarafdan bo’lsa faqat o’z maqsadi uchun harakatlangani bo’ladi. Ba’zi vaqtlarda 
manipulyatorchi shunday harakat ishlashi kerak bo’ladi, bu harakatlar hamma uchun foydali bo’ladi. 
Boshqa chorasi qolmaganda shu harakatlarni ishlaydi. Masalan, bu onasining qiziga ob-havoda 
modaga mos kelmaydigan, ammo issiq bo’lib yuradigan kiyimni kiyishga undaydi (foydasini o’ylagan 
holdagi harakati) manipulyatsiyaga misol odamlarning birontasini yolg’on gapirishi. Yolg’on gapirish 
misol “Tom Sayyorning sarguzashlari” da ham ko’rish mumkin. U devorni bo’yashni xohlamay 
do’stlariga uning o’rniga bo’yashi uchun aldash yo’li bilan ishlagan harakatlarini keltirib o’tsak 
bo’ladi. Tushunmagan holdagi manipulyatsiya harakatlarini turmushda uchratishimiz mumkin. 
Masalan suhbatlashib o’tirgan odamlarning birontasini yolg’on gapirishi. Yolg’on gapirish aldashdan 
o’zgacha bo’lib shaxsning himoyalanish mexanizmi bo’lib hisoblanadi. Buni u o’zi noqulay sezish 
uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga psixologiyada neyrolingvistik programmalashtirish (NLP) 
ma’lumotlariga to’xtalib o’tamiz. Dastlab V. P. SHeinov (NLP) ga bergan ta’rifiga to’xtalamiz. (NLP) 
bu o’qituvchidan yangi usullar manbalarni yaratish insondagi yashirin qobiliyatlarni qiziqarli o’y 
fikrlarning va munosabatlarning modelini aniqlash, kasbiy mahoratlarini ortirish, har xil xizmatlardan 
unumli foydalanish funksionallik va o’z-o’zini boshqaradigan mahkamalarni tuzishdan iborat. (NLP) 
ning asosiy til manbasi (belgilar, sintaksis muammolar va boshqalar). Bu insonning obyektiv turda 
subyektivlik o’ylash strategiyasining yozib olishiga imkoniyat beradi. Shu orqali bizlar insonning nima 
ishlashi emas, balki qanday ishlashini yozib olamiz. Odam organizmida qanday subyektivlik 
jarayonlar bo’lishini aniqlaydi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish