755
TALABALAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA
MILLIY NAQSHLARNING MA’NAVIY AHAMIYATI
Ubaydova V.E.
Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti o’qituvchi-stajyori
O’zbek halqing kiyim kechaklari juda xilma-xil, rang- barang va jozibalidir. Zardo‘zlik,
kashtachilik bu kiyimlarni yanada jozibali ko‘satadi. O'zbek milliy zardo'zligi, kashtachiligi amaliy
san'atining eng qadimiy turlaridan oldin, u xalqning turmushini guval qilish istagi natijalariga olib
keldi. Kashtachilik, zardo’zlik
sanati nafaqat mamlakatimizda, chet elda ham shuxrat qozongan.
O'zbek xalq ustalari kuchlari bilan tikilgan suzana, zardevor, gulko‘rpa, choishab kabilar
Germaniyada, Belgiyada, A.Q. Sh., Hindiston, Afg'oniston kabi
mamlakatlarda ham shuxrat
qozgan. Hozirgacha Bunday buyumlar o‘ziga xos go‘alligi, nafis bezaklarining rang-barangligi
bilan insonlarni hayratga solib kelmoqda. Zardo’zlik va kashtachilik san'atida qo'llaniladigan
naqshlarning ramziy mannosiga qarab ajratiladi.
Naqsh -arabcha tasvir, gul degan ma'noni bildiradi. U elementlari ma'lum tartibda
takrorlanadigan qush, hayvon, o'simliklar, geometrik shakllar va boshqalarning ma'lum tartibda
takrorlanishidan hosil qilingan bezak.
Naqshlar mazmuniga ko‘ra o‘simliksimon, geometrik naqshlarga,
gulli girix, ramziy va
boshqa turlarga bo‘linadi. O‘simliksimon naqsh tabiatdagi barg, band, daraxt, buta g‘uncha va
boshqa narsalarning naqqosh qilinishi stillashtirib olingan shaklni malum qonuniyatlar asosida
takrorlanishidan hosil qilingan. Geometrik naqsh turlaridan biri girix bo‘lib, chigal, tugun manosini
ochish. Xandasiy naqsh - murakkab naqsh turi hisoblanadi. Ruta - ikki tomonga ulanuvchi naqsh
taksimi, yani hoshiya naqsh. Uning o‘lchami ko‘pincha 14-20 sm atrofida bo‘ladi.
Munabbat - arabcha o‘stirmoq degan manoni bildiradi. Asosi aylana yoki turtburchakdan
tashkil topib, to‘rt tomonga takrorlanadigan naqsh taqsimidir.
Katta yuzalarni bezashda
munabbatdan foydalaniladi.
Turunj - arabcha "limon" degan manoni bildiradi. Turunj hech qanday naqshga ulanmay
muallaq turadigan kompozitsion bo‘lib, uning shakli asrlar asosida rivojlanib, boyitilgan.
Zardo'zlikda chok yordamida turli ko'rinishdagi barg, band, daraxt, buta, g'uncha va boshqa
narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklini ma'lum qonuniyatlar asosida
takrorlanishidari hosil qilingan. Meva shakllaridan tuzilgan naqshlarda marvarid, turunj, anor,
olcha, uzumlarni ko'ramiz. Keng hajmdagi gullar guli kosagul degan nomlar bilan yuritiladi. Barg
turidagi naqshlar quyidagilarga bo'lingan: dona-dona yaproqlar-yakka barg, sebarg,
majnuntol
yaprog'i bargi majnuntol va hokazolar. Gul turlari uzoq davomli rivojlanishlarida shu qadar ko'p
uslublarga va geometrik ko'rinishlarga ega bo'lgan. Agar bitta yaproqli gul naqshini ikkinchisiga
ustma-ust qo'ndirilgan bo'lsa, uni chor mado xili durun-badurun deyilgan, madoxil arabcha-kirish
degani. Bunday gullar mayda islimiy naqshlar bilan tikilib, eng uchida har ikki tomonga qarab
turgan ikki dona yaproq tasviri bo'lgan.
Chinnigul (xrizantema) va qashqargul singari kashtalar
nomi kelib chiqishga Xitoy
chinnisidagi rasmlar asos bo'lgan.
Zardo'zlikda kompozitsiya tuzishda simmetriyani, markaz topishni, bezaklarning davriy
takrorlanishi, bezakning dinamikligini, chiroyliligini,
tabiiyligi, g'oyaviyligini, ranglarning
yorqinligi va uyg'unligi kabi komponentlarni hisobga olish kerak. Bulardan har birining ham o'ziga
xos qonuniyatlari bor. Ustalar chizadigan nusxalar o'z xususiyatiga ko'ra namoyon, kitoba, ruta,
turunj va hokazo maxsus kompozitsiyalarga bo'linadi.
Milliy naqshlarni kiyim turiga qarab tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan: milliy
naqshlarimizning tarixiga nazar solganimizda kiyim kecaklarga nafislik uchun juda nozik islimiy
gullardan foydalanilgan, beshik yopinchiqlari uchun anor va kalampir gullardan; yangi kelinchaklar
kiyimlariga gulg‘uncha, tumor, va bodom naqshlaridan, uy –ro'zg'or buyumlariga qushlar va doira
naqshlaridan foydalanish urf bo‘lgan.