Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet507/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. G‘afforova T., Shodmonova E., Eshturdiyeva T. Ona tili. 1-sinf uchun darslik.
2. Qosimova K, Fuzailov S, Ne’matova A. Ona tili. 
ONA TILI FANINI O’RGATISHNING METODIK USULLARI 
 
To’xtayeva O.Z. 
Samarqand viloyati Urgut tumani 
18-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Bu maqolada ona tili fanining maktablarda yangi metodik usullar orqali 
o’qitilishi haqida yozilgan. 
Shuningdek, bu fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida ham fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
 ta’lim, maktab, fan, o’quvchi, adabiyot, fikrlash, usul. 
Annatation:
 This artice gives information about a new methodical teaching mother tongue at 
schools.
As well as, it is also reasoned about connecting with other subjects of this subject. 
Key words:
 education, school, subject, pupil, literature, thinking, method. 
Аннотация:
В данной статье речь идёт об обучении родного языка на основеновых 
технологий, а так же связь родного языка с дугими предметамию. 
Ключевые слова: 
обучение, школа, предмет, обучающиеся, литература, рассуждения, 
метод. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy 
davlatchilik, xavfsizlik va huquq – tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va 
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim 
poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va 
kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi ’’Pedagog kadrlarni 
tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadirlari to’g’risida’’gi qarori xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini davr talablariga muvofiq faoliyat yuritishga 
zamin bo’lmoqda. 
Ayni paytda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning 
dunyoqarashini o’zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini zamon talablari bilan 
uyg’unlashtirishda esa uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, pedagog xodimlarning malakasini 
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar o’quv moduli malaka 
oshirish jarayonida fan o’qituvchilarini sohadagi yangiliklar,o’quv – me’yoriy hujjatlar, yangi 
metodik qo’llanma va tavsiyalar, adabiyotlar bilan tanishtirishga, egallagan bilim, ko’nikma, 
malaka va kompetensiyalarini kelgusida amaliyotga tatbiq etishga yo’naltiradi. 
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda dunyoqarashni shakllantirishdir. 
Ona tilini o’rganish jarayonida ilmiy dunyoqarash asosan maktabda o’zbek tilini o’rgatishga asos 


754 
bo’ladigan haqiqiy tomoni uning g’oyaviy yo’nalishida va badiy faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir 
etadi.
Ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg’or pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun esa, avvalo 
pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur. 
Maktabda ona tilining o’qitilishi ’’Ta’lim to’g’risida’’gi Qonunda belgilangan ana shu 
prinsiplarga tayanadi.
Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng asosiy va yetakchi o’quv fanlaridan biri ekan, oliy 
ta’limning bakalavr tizimida ’’ona tili o’qitish metodikasi’’ ham xuddi shunday mavqega ega. 
O’quvchini ona tili darslarida mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ular ongida ma’naviy-
ma’rifiy inqilob hosil qilishga intilish lozim. 
Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, 
ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg’ulotlarni o’quvchining nutqiy malakasini 
yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi. 
Hozirgi dolzarb masalalardan biri o’zbek tilining kasb-hunar, ilm-fan va texnika til sifatidagi 
lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini boyitishdir. 
“Ona tili’’ darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni yodlashga majbur 
qilmasdan, balki ona tilida sof so’zlash, o’z fikrini to’g’ri ifodalay olish, mustaqil fikrlash ruhida 
ta’lim bermoq kerak. Ona tili o’rta maktab, akademik litseylarida o’rganiladigan barcha fanlarni 
puxta o’zlashtirish uchun muhim ’’kalit’’ sanaladi. Til vositasida o’quvchi boshqa fanlarni 
o’rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og’zaki ravishda bayon qilish orqali u o’z ona 
tilini ham mukammal o’rganib boradi.
Ona tili o’qitishning samarali bo’lishi ko’p jihatdan uni adabiyot bilan bog’lab olib borishga 
bog’liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili adabiyot darslarida ham o’rganiladi. Masalan, badiiy 
asarning tilini tashkil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati izohlanadi. 
Shunday qilib ona tili fanini mukammal o’rganish har bir o’quvchi uchun muhim sanaladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek ona tili boshqa fanlarga olib boruvchi ’’kalit’’ hisoblanadi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish