299
qamrab olishidir[2]. Ushbu xildagi stenokardiyaning sababi yurak toj tomirlari, koronar tomirlar
spazmidir, og’riq davomiyligi 5-10 daqiqadan 20-30 daqiqagacha bo’lib, ko’proq to’sh ortida
joylashadi va chap qo’l, yelka ham kurak ostiga uzatiladi. Aksariyat hollarda bradikardiya
kuzatiladi. Taxikardiya esa xuruj yaqqol namoyon bo’lganda yoki uning oxirida, og’riqqa javoban
simpato – adrenal tizim faollashishi yoki nitroglitserin ta’sirida yuzaga keladi. Vazospastik
stenokardiyaning yana bir klinik belgisi og’riq xuruji vaqtida paydo bo’lgan va elektrolitlat
disbalansi natijasida kuzatiluvchi yurak ritmi va o’tkazuvchanligini buzilishi hisoblanadi.
Bemorlarda ko’p hollarda o’tib ketuvchi qorincha ichi va atrioventrikulyar blokadalar, yuqori
gradatsiyadagi qorinchalar ekstrasistoliyasi, paroksizmal taxikardiyalar va ba’zan qorinchalar
fibrillyatsiyasi kuzatilishi mumkin. Prinsmetall stenokardiyada EKG va RS-T segmentini o’rta
chiziqdan yuqoriga (miokard infarktning o’ta o’tkir davriga o’xshash) ko’tarilishi toj tomirlarni
o’tib ketuvchi spazmi tufayli miokardda yaqqol namoyon bo’lgan transmural ishemiya
rivojlanganligidan daloat beradi. Xuruj bartaraf etilgach, RS-T segmenti o’z o’rniga qaytadi[1][3].
Beqaror stenokardiya stenokardiyaning zo’rayib boradigan xili deb hisoblanadi, bunda tez-tez
va kuchli og’riq xurujlari tutib turadi. Mana shu narsa beqaror stenokardiyani o’tkir koronar
yetishmovchilik deb atashga xos beradi, lekin buning sababi hozirda aniq emas. Ba’zi odamlarda
stenokardiyaning bu xili yurak toj arteriyalarining stenozlovchi ateroskleroziga bog’liq bo’ladi.
Boshqa hollarda trombotsitlar agregatsiyasi va toj arteriyalar sapzmi ahamiyatga egadir[1].
Stenokardiyada og’riqlar ko’p hollarda hansirash va o’limdan qorqish hissi bilan birga
kechadi. Agar bemor qo’lini musht qilib to’sh ustiga qo’ysa bu stenokardiyaga xos, barmog’i bilan
ko’krak qafasining biror nuqtasini ko’rsatsa va u yerni yurak joylashgan soha deb o’ylasa, bunday
hollarda og’riq sababi stenokardiya bilan bog’liq bo’lmaydi. Ayrim hollarda og’riq ikkinchi darajali
ahamiyatga ega bo’lib, bemorda havo yetishmaslik, ko’krak qafasining siqilishi, keskin holsizlik,
o’limdan qorqish hislari kuzatiladi[3].
Stenokardiya tashhisini 70 % hollarda tasdiqni aniqlash uchun anamnezni to’la yig’ish
yordamida aniqlash mumkin va bu EKG yordamida olingan axborotlardan ham yuqori hisoblanadi.
Xuruj bermaganda asbobiy tekshirishlar kam ma’lumot beradi. Shuning uchun ushbu tashhis EKG
tushirishning turli zamonaviy usullari asosida tasdiqlanishi kerak[3]. Ba’zi bemorlda to’shdan
chapda II – V qovurg’alar oralig’ida qisqa muddat davom ertadigan og’riq xurujlari bo’lmasligi
mumkin. Bu vaqtda bemorlarda stenokardiya kasalligini aniqlash uchun veloergometriya usuli bilan
tekshirib ko’riladi. Bunda bemorlarni velosiped va boshqa jismoniy mashqlarni bajartirib ko’riladi.
Agar bemorda stenokardiya kasalligi mavjud bo’lsa, belgilari paydo bo’ladi.
Stenokardiya xurujida birinchi yordam sifatida quyidagi dori vositalaridan biri qo’llaniladi.
Nitroglitserin – 0,5 mg 1 tabletka til ostiga yoki nitroglitserin kapsulasi (tarkibida 0,5 mg
preparat, kapsula tish bilan yorib til ostiga joylashtiriladi);
Izosorbid dinitral har 5 daqiqada til ostiga 5 mg dan (3 martagacha) 15 daqiqa davomida;
Nitroglitserin dozalangan aerozol, 1-2 nafas olganda (3 martagacha) 15 daqiqa davomida;
Nitratlarni buyurishga qarshi ko’rsatma bo’lganda – qon bosimi va pulsni nazorat qilgan
holda nifedipin, 5 mg til ostiga yoki chaynashga, betta-blokatorlar (egilok, metapropol va
boshqalar) qabul qilish tavsiya etiladi[3].
Og’riq sindromi bartaraf etilganidan so’ng:
uzoq ta’sir qiluvchi nitratlar;
betta-adrenoblakatorlar,
asperin,
geparin va AAFI yordamida individual dozalarda rejali davo choralari olib boriladi[3].
Do'stlaringiz bilan baham: