295
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish huquq
83
lari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida”gi qonunida “bandlik”
tushunchasi kengroq, ya’ni fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
bo‘lgan, mehnat daromadi (ish haqi) keltiradigan ijtimoiy foydali faoliyatlari sifatida ta’riflanadi
84
.
Bandlikning ushbu tavsifi uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ifodalaydi. Keltirilgan ta’rifda
bandlikni faoliyat deb atab, qonunchilar beixtiyor uni mehnat bilan tenglashtiradilar, chunki
faoliyat-bu, eng avvalo, mehnatdir.
Demak, inson mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun avvalo u mehnatga layoqatli
bo‘lishi kerak. Layoqat tushunchasi ko‘pgina adabiyotlarda va manbalarda qobiliyat tushunchasi
sifatida uchraydi.
Mehnat qobilyati shaxsning muayyan ishni bajara olishiga doir jismoniy, kasbiy va aqliy
layoqatini ifofalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat shartnomasiga ko‘ra yollanib ishlovchi
xodimning mehnat qobilyati deganda, uning muayyan kasbga doir ishlarni yoxud mehnat
vazifalarini bajarish layoqatiga ega ekanligi nazarda tutiladi.
85
Aholining mehnatga layoqatli qismi o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida biron-bir mehnat
bilan mashg‘ul bo‘lishi va daromad manbaiga ega bo‘lishi uning bandligini anglatadi. Bu
tushunchani xotin-qizlar misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, ularнинг меҳнатга лаёқатли
қатламиning biror-bir tarmoqda mehnat qilishi va o‘z daromadiga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
Mamlakatimiz aholisining qariyib 50 foizi
86
ni xotin-qizlar tashkil etsa, ularning 44foizi
87
mehnatga
layoqatli hisoblanadi.
Mamlakatimizda xotin-qizlar mehnatga layoqatli aholining katta qismini tashkil etishi sababli,
ularning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda ishtirok etishi va samarali ishga joylashtirilishi ijtimoiy
qatlam nuqtai nazaridan ulkan ahamiyatga ega. Respublikamizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi-asosiy e’tibor aholining iqtisodiy faolligiga, uning mehnat
salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, aholining, shu jumladan, xotin-qizlarning ish bilan
band bo‘lishini ta’minlashga yangicha yondashuvlarni belgilab berdi.
Aholining ish bilan bandligi muammosi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’iy
nazar, barcha davlatlarda turli darajada mavjuddir. Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, aholi
bandligi muammosi, jumladan, xotin-qizlar bandligi muammosi 1991-2020 yillar oralig‘idagi
davrda quyidagicha namoyon bo‘ldi. Birinchidan, mustaqillikning ilk yillarida eski iqtisodiy,
siyosiy va ijtimoiy munosabatlar buzilayotgan va yangilari qurilayotgan davrda eng keskin tarzda
bu muammo yuzaga chiqdi. Sobiq sovet ittifoqining parchalanishi bevosita xotin-qizlar bandligiga
ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ikkinchidan, aholi soni, jumladan, xotin-qizlar sonining oshishi ham
bandlikni ta‘minlashga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Uchinchidan, chekka hududlarda, ayniqsa qishloq
joylardagi xotin-qizlar bandligi ta’minlanishida katta muammolar haligacha mavjuddir. Ularning
aksariyati uy xo‘jaligida band, xolos. To‘rtinchidan, 1991 yildan-2000 yillargacha xotin-qizlar
bandligini ta’minlashda gender tengligi to‘laligicha hisobga olinmagan. Bu boradagi tushunchalar
ham oilalarda to’la shakillanmagan. Beshinchidan, ayrim oilalarda xotin-qizlar bandligi tushunchasi
ikkinchi darajali hisoblanib kelingan. Oilada daromad keltiruvchi shaxs sifatida faqat oila erkaklari
ya’ni oila boshliqlari nazarda tutilgan. Shuning uchun ham xotin-qizlarning ta’lim olishi, ularning
kasb-hunarga o‘rgatilishiga e’tibor qaratilmagan.
Buyuk davlat arbobi Indira Gandining “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan
bo‘lasiz”, degan so‘zlarida katta hayotiy haqiqat bor.
88
Bu hikmatli so‘zning mohiyati shundaki, qiz
83
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2017, 37-modda.
84
https://www.lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni, 2-modda.
85
O‘zbekiston Yuridik ensiklopediyasi. Toshkent. “Adolat” nashriyoti, 2009. – B. 305.
86
M.Q.G‘afforova “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar mavqeyi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi.
2018. – B. 58.
87
O‘zbekiston ayollari va erkaklari. Statistik to‘plam / O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot statistika vazirligi
statistika davlat departamenti. – T., 2002. – B. 82.
Do'stlaringiz bilan baham: