308
Gap yoshlar vaqtini samarali tashkil qilish haqida ketar ekan , bu borada Garvard universiteti
talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan “sehrli, motivatsion” xarakterga ega bo’lgan
gaplarga
e’tibor bersak:
- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda koʻrasan. Agar uyquning oʻrniga oʻqishni
tanlasang, orzularingni hayotda koʻrasan.
- Qachonki sen hammasiga juda kech boʻldi, deb oʻylasang, aslida hali erta boʻladi.
- Oʻqish — bu vaqt sarflash emas. Oʻqish — harakat qilish.
- Hayot faqat oʻqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib oʻta olmasang,
nimaga ham qodir boʻla olarding?
- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
- Kimki hammasini erta qilsa, oʻzining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
- Hammasiga ulgurish
imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat oʻz ustida
ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
- Vaqt uchadi. Hozirgi soʻlaging ertaga koʻz yoshi boʻladi.
- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur boʻlasan.
- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
- Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib boʻlmaydi.
- Oʻqish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
97
Bundan
shuni anglash mumkinki, hamisha bilim olish, shaxsiy
rivojlanish kishi hayotini
farovonlashtiradi. Xalqimizda chiroyli bir gap bor: “Mehnat bilan birni olsang, ilm bilan o’nni
olasan.” Bilimsizlik esa qabohatga yetaklaydi. Bejizga ilmsiz
insonni-mevasiz daraxtga
o’xshatishmaydi.
Bugun O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar
jamiyatni tubdan o’zgartirishga, uni ma’naviy yangilashga qaratilgandir.
Yurtimizda faol
konstruktiv yangilanishlar jarayoni hayotimizning ijtimoiy sohasida olib borilayotgan
modernizatsiya jarayonida ilg’or tajribalardan foydalanish ijobiy o’zgarishlarning sodir bo’lishiga
olib kelmoqda. Insoniyatning ulkan ma’rifiy va ma’naviy yutuqlarini o’rganish asosida taraqqiyot
uchun xizmat qiladigan ilg’or va yangi uslublarni tahlil etish zarurati
bugungi kun tadqiqotchi-
olimlari oldiga ulkan vazifalarni qo’ymoqda.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy va ijodiy
ishlar yangi texnologiyalar, innovatsiyalar yaratilishi
hamda tez taraqqiy etayotgan dunyoga moslashishda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: