127
ATOQLI HOFIZ VA BASTAKOR, USTOZ FATTOHXON MAMADALIEVNING
IJODIY FAOLIYATIGA NAZAR
Allambergenova G.
O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi
O‘zbek xalqining qadimiy, o‘ziga hos, serqatlam va usluban boy musiqa merosini to‘plash,
xujjatlashtirish, uning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish hamda amaliy, ijodiy o‘zlashtirish borasida
o‘tgan yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Keyingi yillarda
o‘lkamizda bu ishlarni izchil davom ettirish bilan bir qatorda yosh avlodni bu jabhalardan muntazam
ravishta voqif qilib borish tinglovchilarning talab va ehtiyojlarini yanada to‘laroq
qondirishga
qaratilgan ma’sul vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Bu o‘rinda avvalo madaniyat va san’at o‘quv
yurtlarida jahon xalqlari musiqa san’atining adabiyot va tarixini puxta o‘rganish, ayniqsa o‘zbek milliy
va mahalliy badiiy an’analarini mufassal o‘zlashtirish, musiqiy nazariy qonuniyatlarni chuqurroq idrok
ettirish kabi muhim masalalar hamon dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ko‘zlagan maqsadlarga erishmoq uchun bir qancha yangi tadbir choralarini amalga oshirish
lozim. O‘zbek xalqi musiqa merosining turli qatlamlariga rosmana xalq musiqasi, dostonchilik,
maqomchilik, o‘tmish va zamonaviy bastakorlik ijodiyotiga bag‘ishlangan maxsus o‘quv fanlarini
joriy etish,o‘z navbatida ularni yangilangan o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar, darsliklar bilan ta’minlab
borish shular jumlasidandir.
O‘zbek xalqining boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib qilish ishlari
san’atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo‘lmog‘i zarur. Chunki
bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o‘tishida
tabarruk zotlar ko‘prik vazifasini o‘tash
bilan birgalikda, o‘zlarining ijrolari bilan ham na’muna
bo‘lganlar.
Hozirgi kunda an’anaviy musiqa ijrochiligi sohasiga nazar tashlasak, naqadar serqirra, serjilo va
borgan sari sayqal topayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ana shunday an’anani davom ettirish uchun hozirgi
yosh ijrochilar chin dildan harakat qilib, kelgusida mutaxasislik o‘qituvchi ya’ni bilimdon ustoz
sifatida kamolga yetishlari lozim. Bunday mutaxasislarning yetishib chiqishlari kelajak avlodlarga
an’anaviy musiqa merosimiz yanada sayqal topgan holda singib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fattohxon Mamadaliev deganda an’anaviy ijrochilik bo’stonining nodir ovoz sohibi, el suygan
san’atkor, qo’shiqchilik olamida o’ziga hos uslub va ijrochilik yo’lini yaratgan manzurnafas hofiz ko’z
o’ngimizda gavdalanadi. Ustoz ijro etgan qo’shiqlar o’zining yorqin, serjilo qirralari bilan eshituvchini
befarq qoldirmaydi. Dunyo ishlaridan biroz bo’lsada holi bo’lib, beixtiyor ko’zni yumib tinglab orom
olishga chorlaydi. Bunday noyob ijrochilik san’ati shinavandaning yuragida bir umr o’chmas iz
qoldiradi. Shuning uchun ham qo’shiqlari umrboqiy bo’lib qoldi.
O’zbekiston xalq hofizi, mashhur xonanda, mumtoz musiqa yo’lida
bir qator asarlar yaratgan
bastakor Fattohxon Mamadaliyev 1923-yili Farg’ona vodiysining Andijon viloyati Baliqchi tumani
Haqqulobod qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topgan. Bolalik chog‘laridan xalq musiqa
ijrochiligiga katta mehr qo‘ygan. Qishloqning madaniyat uyi qoshidagi badiiy havaskorlik to‘garagida
tanbur, dutor kabi cholg‘ular ijrochiligini o‘rgana boshlaydi. Andijonlik mashhur g‘ijjakchi sozanda
Mo‘minjon Karimov unga nafaqat cholg‘u ijrochiligi, balki xonandalik sirlarini ham o‘rgatadi.
Ayniqsa, u o‘z zamonasining keksa avlod hofizlarining ijrolariga katta e’tibor bilan yondashadi va
ularning ijro uslublarini hamda ijro repertuarlarini o‘zlashtirishga harakat qiladi.
U 1968-yili Andijon davlat pedagogika institutining tarix - filologiya fakultetini muvaffaqiyatli
tamomlaydi. Ijodiy faoliyatini musiqa san’atining rivojiga bag‘ishlashga ahd qiladi.Andijon
viloyatining Xo‘jaobod, Izboskan kabi tuman madaniyat uylarida,
Andijon davlat pedagogika
institutida havaskorlardan iborat «Maqomchilar ansambli» jamoalarini tashkil qiladi.
1985-yildan boshlab umrining ohirgi damlarigacha M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat
konservatoriyasi (hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) Sharq musiqasi (keyinchalik An’anaviy
ijrochilik) kafedrasida faoliyat olib boradi. Mashhur hofiz an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo‘yicha
talabalarga qariyb o‘n besh yil davomida saboq beradi. Ushbu jamoada dotsent, so‘ngra 1993-yildan
128
professor lavozimlarida pedagogik faoliyat olib boradi. Shu davr ichida bir qator iqtidorli xonandalarni
kamolot sari tarbiyalaydi. Maryam Sattorova (O‘zbekiston xalq artisti), Soyib Niyozov (O‘zbekiston
xalq hofizi), Abror Parpiyev (Nihol mukofoti sovrindori) kabi taniqli san’atkorlar shular jumlasidandir.
F. Mamadaliyev an’anaviy xonandalikning ijrochilik mezonlari, bastakorlik an’analari
muammolari bilan qiziqib o‘rganib kelgan va ularni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilishga harakat
qilgan. Shulardan biri xalq mumtoz ijrochiligidagi hofizlar ovozi xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy
mushohadalardir. Muallifning ilmiy maqola tarzida bayon etilgan ishlari uning vafotidan so‘ng
«Musiqa ijrochiligi masalalari» nomi bilan dunyo yuzini ko‘rdi.
Musiqa ijrochiligi amaliyotida Fattohxon Mamadaliyev hofizlik, ya’ni xonandalik bilan birga
an’anaviy musiqa bastakorligiga ham katta e’tibor bergan. Uning bastakorlik ijodida 4
uslub
ustuvordir. Jumladan: 1) qadimiy kuylarni qaytadan tiklash;
2) musiqiy meros namunalarini yangicha uslubda talqin etish; 3) musiqiy meros namunalaridan
o‘rin olgan asarlarni turkumlashtirish; 4) bastakorlik ijodi (original asarlar). Ijodidagi ahamiyatli omil,
ishlangan va yaratilgan asarlar, bastakor uslubiga mos ekanligi bilan xarakterlanadi. Jumladan,
«Intizor» (Ulfatiy so‘zi), «Oqibat»,
«Sog‘indim»,
«Falak»,
«Mehmon», «Judo keldi» va «Yuzni
hajrida» (Nodira so‘zlari), «Ahd
qildim» (Muqimiy so‘zi), «Jononim
mening» (Hayratiy so‘zi), «Orzu» va
«Dehqonlarim» (V. Sa’dullo g‘azali),
«So‘rmasa»,
«Kalomingdan»
va
«Dilkusho» (H. Azimov so‘zi),
«O‘lmag‘ay»
(Navoiy
g‘azali),
«Ko‘ngil»
va
«Sirri
ishqim»
(X.Yahyoyev so‘zi), «Ra’no gullari»
va «Sog‘inurman» (O. Xoldor so‘zi)
kabi ashulalarni misol qilish o‘rinlidir.
Shashmaqom
tarkibida
“Qashqarcha” nomida yuritilivchi
jozibli ashula namunalari savt yoki
mo’g’ulcha kabi asosiy sho’balarning shoxobchasi bo’lib xizmat qilishi ma’lum. F.Mamadaliev endi
“tiklovchi-to’quvchi’ bastakor vazifasini ado etishga qo’l urdi. Natijada u Farg’ona – Toshkent
uslubidagi “Qashqarchai Ushshoq”ning savti, talqinchasi, soqiynomasi
va ufarini bastalashga
muvaffaq bo’ldi. Bu masalada xofizning shaxsan iqror bo’lganini eslashimiz kerak: “Men
“Ushshoq”ning qashqarchasiga tayangan holda uning savtini, talqinchasini, soqiynomasi va ufarini
tiklashga urindim”.
Bunda ancha yillar muqaddam “Nasrulloyi” mumtoz chulg’u yo’llari F.Mamadaliev tomonidan
ashulaga aylantirildi. Ushbu muhtasham turkum 1995-yilning dekabrida oynai jahon orqali taralgan
musiqiy ko’rsatuvda ilk bor tanishtirilgan edi. O’sha teleko’rsatuv studiyada tasvirga tushurilayotgan
suhbat paytida Fattohxon Mamadaliev boshlovchi savoliga “Nasrulloyi” kuylari “...keng nafasligi,
badiiy barkamolligidanmi, har holda ashulaga juda moyil”, - deya javob bergan edi.
F.Mamadaliev nisbatan mukammal ijodiy-ijroviy talqin yaratishdan,
uni mumtozlik darajasiga
uddalab etqazish qiyin bo’lishidan zinhor cho’chimagan. Yangidan ishlab tayyorlangan “Nasrulloyi”
endi to’rtta qismni qamrab olgan bo’lib, unda ustoz Yunus Rajabiyning uslubiy yo’nalishiga taqlid
yo’q. Aksincha, Fattohxon hofiz o’z ijro uslubidan kelib chiqqan holda kuy va g’azal birikmasini
yangicha holatda beradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, aksar namunalar yakka tarzda ijro etish uchun
mo’ljallangan. Mazkur maqom ashula turkumi to’g’risida qisqacha ma’lumotlar quyidagilardan iborat:
“Nasrulloyi I”, Navoiy g’azali. Maqom ansambli ijrosiga mo’ljallangan.
“Nasrulloyi II”, talqincha vazi-usuli asosida F.Mamadaliev g’azaliga bag’ishlangan. Ilk bor
Inomjon Mamadaliev ijrosida yangragan.
129
“Nasrulloyi III”, og’ir ufar vazi-usuli asosida, Ulfat (Imoddin Qosimov) g’azaliga bog’langan.
Ilk bor maqom ijrochilarining respublika tanlovi sovrindori Zuxra Alimova ijrosida yangragan.
“Nasrulloyi IV” engil ufar vazi-suli asosida, Ulfat g’azaliga bog’langan.
Ilk bor maqom
ijrochilarining respublika tanlovi sovrindori O’lmas Olloberganov ijro etgan.
Mubolag’a emas, Fattohxon ustozning shogirdlaridan bo’lak, zamondosh hofizlarimizning
deyarli har biri Fattohxon hofiz “maktabi” dan o’tgan.
Katta hayotiy va ijodiy, ijrochilik va muallimlik tajribasini orttirgan professor Fattohxon
Mamadaliev o’z fikr – mulohazalari bilan erkin o’rtoqlashar ekan, ustuvor maqsad va vazifalarni
ko’zlab ish tutganini yashirmagan. Bu masalada ustozning quyidagi so’zlarida chuqur mano yatadi:
“Ozmi-ko’pmi shaklan va mazmunan kuylarni bog’lash, bir qismga tayanib, yangisini bastalash ijodiy
an’ana bo’lib kelgan va bor ham. Hali qiladigan ishlar juda ko’p. To’liq holda yetib kelmagan, asli
katta hajmli asarlarni izlab topish kerak, ijodkorona yondashib tiklash kerak”. Ustozning bu so’zlari
biz ijodkor yoshlarga hamda kelgusi ijodkorlarga da’vatdek yangramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: