Satrlar uzunligi namunalari
Satrli kattaliklar uzunligiga tegishli bir qancha loyihaviy echimlar mavjud. Birinchidan, uzunlik statistik bo‘lishi mumkin va e’londa berilishi mumkin. Bunday satr statik uzunlikli satr deyiladi. Bunday satrlar FORTRAN 77, FORTRAN 90, COBOL, Pascal va Ada tillarida mavjud. Masalan, FORTRAN 90 tilining quyidagi operatori NAME1 va NAME2 o‘zgaruvchilarini e’lon qiladi:
CHARACTER (LEN = 15) NAME1, NAME2
Statistik uzunlikdagi satrlar doimo to‘liq; agar satrli o‘zgaruvchiga kichik uzunlikdagi satr berilsa, bo‘sh joylar 0 belgilari bilan to‘ldiriladi.
Baholash
Satrli tiplar dasturlarning yozish osonligini oshiradi. Satrlarni chaqirish, elementar satrli tiplarni chaqirishdan osonroq.
Satrlar bilan amallar zaruriy hamda satrli tiplarga tegishli kattaliklarda mavjud bo‘lishi shart.
Belgili satrlarni amalga oshirish
Bog‘langan ro‘yxatli metodlarni qo‘llash katta hajmdagi xotirani talab qilgani bilan, bunda yuz beruvchi hodisalar oddiydir. Bunga qaramay, xotirada joylashtirish amali sekin bajariladi. Qo‘shilgan katakchalar metodi tarqatilgan va bo‘shatilgan katakchalarni boshqarish muammosini keltirib chiqaradi. Bu muammo 5.10.10.3 bo‘limda to‘liq ko‘rib chiqilgan.
Foydalanuvchi tomonidan aniqlanuvchi ketmaket tiplar
Ketmaket tip deb, ehtimol qiymatlar sohasi natural raqamlar ketmaketligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pascal va Ada tillarida asosiy ketmaketlikli tiplar butun, belgili va mantiqiy tiplari hisoblanadi. Ko‘pgina tillarda foydalanuvchilarning o‘zi ikkita turli ketmaket tiplarini aniqlashlari mumkin: sanaluvchi va cheklangan tiplar.
Sanaluvchi tiplar
Sanaluvchi tiplar deb, uni tavsiflashda barcha ehtimol qiymatlar sanab o‘tilgan tipga aytiladi. Oddiy sanaluvichi tip quyidagicha:
type DAYS is (Mon, Tue, Wed, Thu, Fri, Sat, Sun);
Sanaluvchi tiplarga xos muammo quyidagicha: literal o‘zgarmas bir nechta tip tavsifida kelishi mumkinmi va agar javob ha bo‘lsa, aniq literal tipi dasturda qanday aniqlanadi?
Strukturalar
Pascal tilida literal konstantani sanaluvchi tiplarning bir qancha tavsiflarida keltirish mumkin emas. Sanaluvchi tiplarga tegishli o‘zgaruvchilar massivlar indeksi kabi qo‘llanilishi mumkin, ammo kiritilishi yoki chiqarilishi mumkin emas.
type colortype = (red, blue, green, yellow);
var color : colortype;
…
color:=blue;
if color>red …
Bu erda bul ifodasi if operatorida rost deb berilgan.
Massivlar
Massivlar deb bir turdagi ma’lumotlarga aytiladi va bunda har bir alohida element birinchi elementga muvofiq holda identifikatsiyalanadi. Massiv elementini chaqirish dasturda ko‘pincha bir yoki bir nechta indeks o‘zgaruvchilarini saqlaydi. Bunday ssыlkalarni bajarish vaqtida hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |