Ma’lumotlarning elementar tiplari Boshqa tiplar ta’riflarida aniqlanmaydigan ma’lumotlar tiplari ma’lumotlarning elementar tiplari deyiladi. Dasturlash tillarining deyarli barchasi ma’lumotlarning elementar tiplarining aniq to‘plamini ko‘rib chiqadi. Ushbu tiplaridan bir xillari uskunaviy ta’minot xususiyatlarining akslantiruvlari hisoblanadi – masalan, butun sonlar. Boshqa tiplarni amalga oshirish ahamiyatsiz dasturiy to‘xtalishni talab qiladi.
Ma’lumotlarning strukturaviy tiplarini yaratish uchun tilda ma’lumotlarning asosiy tiplari bir yoki bir nechta konstruktorlari bilan birga qo‘llaniladi.
Sonli tiplar Ko‘pchilik boshlang‘ich dasturlash tillarida faqat sonli elementar tiplar mavjud bo‘lgan. Zamonaviy tillarda ushbu tiplar oldingidek asosiy rolni o‘ynaydi.
Butun sonlar Eng ko‘p tarqalgan elementar sonli tip butun son hisoblanadi. Hozirda ko‘p kompyuterlar butun sonlarning bir qancha o‘lchamlarini qo‘llaydi va ushbu imkoniyatlar dasturlashning ba’zi tillarida o‘z aksini topgan. Ada tili amalga oshirilganda, masalan, butun sonlarning uch o‘lchamliligiga yo‘l qo‘yiladi: SHORT INTEGER, INTEGER va LONG INTEGER. S kabi ba’zi dasturlash tillari butun sonlarning ishorasiz tiplariga ega va ushbu tiplar o‘zida ishorasiz butun sonlarni taqdim etadi.
Barcha butun sonlar bitlar satrlari ko‘rinishida kompyuterda beriladi, bunda bitlardan biri (qoidaga ko‘ra, chapdan oxirgisi) ishora taqdim etadi. Ma’lumotlarning butun tiplari uskunaviy ta’minot orqali ta’minlanadi.
Manfiy butun sonlar ishorali son yozuvi ko‘rinishida xotirada saqlanadi, bunda ishora biti son manfiyligini ko‘rsatib, qolgan bitlar sonlarning absolyut qiymatlarini taqdim etadi. Ishorali sonni yozish kompyuter arifmetikasida qo‘llanilmaydi. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlarda manfiy sonlarni saqlash uchun hisoblash va sanash uchun qulay bo‘lgan ikkilik sanoq sistemasida sonning qo‘shimcha kodi qo‘llaniladi. Manfiy butun sonning qo‘shimcha kodi ikkilik sanoq sistemasida mantiqan unga musbat son va bir qo‘shish orqali bajariladi. Bir qancha kompyuterlarda quyidagi kabi boshqacha usul qo‘llaniladi: ikkilik sanoq sistemasidagi sonning teskari kodi. Bunday yozishda butun sonning manfiy qiymati uning absolyut qiymatiga mantiqiy qo‘shilish hisoblanadi. Teskari aloqa ko‘rinishida taqdim etishning kamchiligi shundaki, u 0 sonini yozishning ikki usuli mavjudligidir. Agar sizni butun sonlarni taqdim etish muammosi qiziqtirsa, assembler tilidagi har qanday dasturlash kitobidan o‘qib olishingiz mumkin.