Mantiqiy savollar: 1



Download 209,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi209,74 Kb.
#744957
1   2   3
Bog'liq
Qayta

2- nazariy savol. 
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlarini tahlil 
qiling. 
Ushbu masala haqida “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi 
Qonunning 22- moddasida atroflicha muhokama etilgan. Mahalliy ijroiya 


hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa 
bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va 
faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli 
nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati 
organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi 
tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya 
hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi 
hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet 
doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi. Viloyat, tuman, shahar hokimliklari 
apparatining strukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari 
Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi. Viloyat va 
Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tuman va shahar 
hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori turuvchi 
hokim tomonidan belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman va 
shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo‘yiladi. Ko`rib 
turganimizdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari 
yuqorida aytilgani kabi faoliyat yuritadi.
 
 
 
 
 
 
 


 
Kazus 
Toshloq tumani hokimi o‘z qarori bilan tumanning ehtiyojlarini inobatga 
olgan holda hamda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun “Agrokimyo” qo‘shma 
korxonasiga foydalanish uchun yer ajratdi. Hokimning qarorida boshqa 
tadbirkorlar manfaatlarini buzganligi sababli, Toshloq tuman xalq deputat 
Kengashi ushbu qarorni tasdiqlamadi. Hokim Kengash qaroriga e’tibor bermadi va 
qo‘shma korxona hokim tomonidan ajratilgan yerdan foydalanishni davom ettirdi. 
Mahalliy Kengash ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga murojaat qildi. Senat Kengashning murojaatini javobsiz 
qoldirdi. Hokimning harakatlariga huquqiy baho bering.
Kengashning Oliy Majlis Senatiga murojaat qilishi to‘g‘rimi? Senatning 
harakati qonuniymi? Xalq deputatlari Kengashi bu masalani hal qilish uchun 
qayerga borishi kerak? Ushbu masala bo‘yicha qanday qaror qabul qilish kerak? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Ushbu kazusni hal qilishdan oldin undagi muammoli vaziyatlarni aniqlab 
olsak, maqsadga muvofiq bo`ladi hamda kazusni tez va to`la hajmda ochishimiz 
mumkin. ular quyidagilar: 

Toshloq tumani hokimi o‘z qarori bilan tumanning ehtiyojlarini inobatga 
olgan holda hamda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun “Agrokimyo” 
qo‘shma korxonasiga foydalanish uchun yer ajratishining huquqiy asosi 
bormi? 

Hokimning qarorida boshqa tadbirkorlar manfaatlarini buzganligi sababli, 
Toshloq tuman xalq deputat Kengashi ushbu qarorni tasdiqlamadi. Hokim 
Kengash qaroriga e’tibor bermaganligi va qo‘shma korxona hokim 
tomonidan ajratilgan yerdan foydalanishni davom ettirishi qanchalik 
huquqiy asosga ega? 

Mahalliy Kengash ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga murojaat qilganligi va Senat Kengashning murojaatini 
javobsiz qoldirganligi to`g`rimi? 
Dastlabki masalaga to`xtaladigan bo`lsak, Toshloq tumani hokimi o‘z 
qarori bilan tumanning ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun “Agrokimyo” qo‘shma korxonasiga foydalanish uchun yer 
ajratishining huquqiy asosi bormi? “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi 
Qonunning 

Download 209,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish