10- moddasiga
asosan, viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda
tutilgan
hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va
fuqarolarga egalik qilish, foydalanish
uchun va ijaraga yer berishga, ushbu
subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor
qilishga haqli. Bundan tashqari, Yer kodeksining
23- moddasiga
ko`ra, Yer
uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va
ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka
muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni
obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini
amalga oshirish uchun
elektron onlayn-auksion vositasida;
2) doimiy foydalanishga berish — kodeksning 20- moddasida nazarda
tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
3) ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan,
shuningdek elektron onlayn-
auksion vositasida. Masalada ham korxonaga foydalanish uchun yer berilmoqda va
bu haqiqatdan ham hokim vakolatiga kiradi.
Keying masala, Toshloq tuman xalq deputat Kengashi ushbu qarorni
tasdiqlamadi. Hokim Kengash qaroriga e’tibor bermaganligi va qo‘shma korxona
hokim tomonidan ajratilgan yerdan foydalanishni davom ettirishi masalasi.
Qonunda hokim qarorlarini xalq deputatlari Kengashi tasdiqlashi aytilgan, ammo
bekor qilishi haqida aytilmagan. Yuqoridagi qonunning 26- moddasida aytilganki,
Hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining davlat
manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi
va bekor qilinadi. Shuningdek, Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan
qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi,
shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. Ko`rib turganimizdek,
hokim
qarorlari Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoxud sud orqali bekor qilinishi
mumkin.
Mahalliy Kengash ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga murojaat qilganligi va Senat Kengashning murojaatini
javobsiz qoldirganligi
masalasiga kelsak, Senat Xalq deputatlari viloyat, tuman,
shahar Kengashlari bilan bog`liq masalalar bilan shug`ullanishi mumkin, masalan,
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi
va
qonunlariga,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
zid keladigan qarorlari
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan
bekor qilinadi.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, kazusdagi korxonaga yer ajratish masalasi
hkim vakolatiga kiradi. Bundan tashqari, hokim qarorini xalq deputatlari kengashi
tasdiqlasa-da, ammo uni bekor qila olmaydi. Hokim qarorlari faqatgina Prezident,
Vazirlar Mahkamasi yoxud sud orqali bekor qilinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O`zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonun
3.
O`zbekiston Respublikasi
Yer kodeksi
4.
www.lex.uz
5.
www.norma.uz