70. 5 ta 1 raqami yordamida 21 sonini hosil qila olasizmi?
Javob: 11 + 11 - 1 = 21.
7 1. O‘g‘li tug‘ilganda otasi 24 yoshda edi. Hozir o‘g‘lining yoshi otasidan ikki marta kichik. Hozir o‘g‘li necha yoshda?
Javob: 24 yosh.
72. Shunday 2 ta cho‘pni olingki, 4 ta kvadrat qolsin.
Javob:
73. Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning umumiy soni 5 ta, g‘ildiraklari soni esa 12 ta. Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning har biri nechta?
Javob: Ikki g‘ildirakli velosipedlar - 3 ta,
Uch g‘ildirakli velosipedlar - 2 ta.
74. Amallarni bajarmasdan turib 666 sonini 999 soniga qanday qilib aylantirish mumkin?
Javob: Bir varaq qog‘ozga 666 soni katta qilib yoziladi. Bu qog‘ozni stol ustida boshini osmondan qilib aylantirib o‘qilsa, 999 soni hosil bo‘ladi.
75. Sinfdagi o‘quvchilarning uchdan bir qismi musiqa to‘garagiga, choragi tasviriy san’at to‘garagiga qatnashadi. Qolgan 15 nafar o‘quvchi hech qaysi to‘garakka qatnashmaydi. Sinfda necha nafar o‘quvchi bor?
Javob: 36 nafar o‘quvchi.
76. 1 dan 9 gacha qolgan 6 ta sonni ham bo‘sh doirachalarga shunday joylashtiringki, har bir qator doirachalari ichidagi 4 ta son yig‘indisi 20 ga teng bo‘lsin.
Javob:
77. Uchburchakning har bir burchagi qirqilsa, qanday shakl hosil bo‘ladi? Javobingizni chizmada asoslang?
Javobi 2 xil: to‘rtburchak yoki uchburchak. Qanday shakl hosil bo‘lishi qirqish joyiga bog‘liq bo‘ladi:
78. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlatiladi?
Javob: 10 ta
79. 12 ta cho‘pdan necha xil to‘g‘ri to‘rtburchak yasash mumkin?
Javobi: 3 xil:
80. Katakli qog‘ozga bo‘yi 9 katak va eni 4 katak bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Bu to‘g‘ri to‘rtburchakni ikki bo‘lakka shunday ajratib qirqingki, bu ikki bo‘lakdan bitta kvadrat yig‘ish mumkin bo‘lsin?
Javob:
81. Mehmonxonaning bitta xonasiga joylashgan 3 nafar sayohatchining har birida bittadan osma qulf va har bir qulf uchun bittadan kalit bor. Bitta eshikni har bir sayohatchi xohlagan vaqtda kelib ochishi uchun qulflarni qanday osishlari kerak?
Javob: Uchala qulfning ilgagi bir-biriga nisbatan zanjir shaklida eshikning ikki halqasiga chizmada ko‘rsatilgandek tarzda ulanishi kerak:
82. Kartondan yasalgan va barcha tomoni o‘zaro teng bo‘lgan oltiburchak berilgan. Uni qaychi bilan qirqib, shunday 7 ta bo‘lakka ajratingki, hosil bo‘lgan bo‘laklardan 2 ta oltiburchak hosil qilish mumkin bo‘lsin.
Javob:
Bunda oltiburchakning 6 ta burchagi shunday qirqiladiki, o‘rtada kichikroq bo‘lgan yaxlit oltiburchak qolishi kerak. Qirqib olingan 6 ta uchburchak shaklidagi kartonlardan bitta kichik oltiburchak hosil qilinadi.