37. 3 ta 2 raqamidan foydalanib 24 sonini hosil qila olasizmi? 20 sonini-chi?
Javob: 22+2=24 22-2=20
38. Qanday qilib tortni pichoq bilan 3 marta kesib, uni 8 bo‘lakka bo‘lish mumkin?
Javob: Avval tortning yoni bo‘ylab pichoq bilan ikkiga bo‘lib olinadi. Keyin kesilgan joyiga nisbatan tik ravishda ikki marta kesiladi.
39. 9 ta jo‘janing oyoqchalari soni 4 ta otning tuyoqlari sonidan nechta ortiq?
Javob: 2 ta.
40. Soat millari 12 dan 20 minut o‘tganini ko‘rsatmoqda. Agar shu holatda soat va minut millari almashtirib qo‘yilsa, soat nechani ko‘rsatadi?
Javob: soat 4-00 ni ko‘rsatadi.
41. 9 ga bo‘lganda qoldiqda 7 chiqadigan eng kichik sonni toping.
J avob: 16
42. 2 ta cho‘pning o‘rnini o‘zgartirib, 6 ta kvadrat hosil qiling.
Javob: bunda 5 ta bir xil kvadrat va 1 ta katta kvadrat hosil bo‘ladi:
43. 9 ta cho‘pdan 5 ta uchburchak qanday yasalishini ko‘rsata olasizmi?
Javob: bunda 4 ta bir xil va 1 ta katta uchburchak hosil qilinadi:
44. Sobir 1 dona konfet sotib olsa, unda 200 so‘m ortib qoladi. Agar 2 dona olsa, 100 so‘m yetmaydi. Konfet necha so‘m turadi? Sobirda necha so‘m pul bor?
Javob: konfet 300 so‘m turadi, Sobirda 500 so‘m pul bor.
45. 5 ta 1 raqami yordamida 21 sonini hosil qilish mumkin?
Javob: 11 + 11-1 = 21.
46. Shunday 3 ta cho‘pni olingki, shaklda 3 ta kvadrat qolsin.
Javob:
47. 1, 2, 3 sonlarini bo‘sh kataklarga shunday joylashtiringki, har bir qator va ustun bo‘yicha bu sonlarning har biri bittadan qatnashsin.
Javob:
48. 3 ta 5 yordamida 2 sonini qanday hosil qilishni bilasizmi?
Javob: (5 + 5) : 5 = 2.
49. Qanday qilib 3litrli va 5 litrli idishlar yordamida hovuzdan 1 lirt suv olish mumkin?
Javob:
1-usul: 3 litrli idishdagi suv 5 litrli idishga ikki marta quyilsa, 3 litrli idishda 1 litr suv ortib qoladi.
2-usul: 5 litrli idishdagi suv 3 litrli idishga (3 litrli idish to‘lganida to‘kib tashlanadi) uch marta quyilsa, 5 litrli idishda 1 litr suv ortib qoladi.
50. Kompyuterda 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar yozilganda 7 raqamli tugmasi necha marta bosiladi?
Javob: 100 gacha 20 marta, 1000 gacha 300 marta 7 raqamli tugma bosiladi.
51. 2 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 3 ga bo‘lganda 2 qoldiq, 4 ga bo‘lganda 3 qoldiq, 7 ga esa butun bo‘linadigan sonni toping.
Javob: 35.
52. Xonaning to‘rtta burchagida to‘rtta mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk qarshisida uchtadan mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk dumida bittadan mushuk o‘tiribdi. Hammasi bo‘lib xonada nechta mushuk bor?
Javob: 4 ta mushuk.
53. Anvar shunday dedi: “3 yildan keyin otamning yoshi menikidan 3 marta katta bo‘ladi”. Hozir anvar 9 yoshda bo‘lsa, otasi necha yoshda?
Javob: 33 yoshda.
Do'stlaringiz bilan baham: |