qiziqishi bo'lmagan milliardlab odamlarning intilishlarini nima uyg'unlashtiradi?
doirasida o'z maqsadlari yo'lida harakat qilganida vujudga keladigan ma'lumotlar va
rag'batlarda yotibdi.
mujassam etadi. Mahsulot narxi uning qo'shimcha birligining boshqa xaridorlar uchun
bo'lgan qiymatini aks etadi. Agar Braziliyalik yoshlar jinsi kiyimni balandroq qadrlasa,
ularning qo'shimcha xaridlari ushbu ma'lumotni paxta mahsulotlari narxining biroz
ko'tarilishi ko'rinishida dunyo bo'ylab tarqatadi. Shu mahsulotlarni xarid qilmoqchi
bo'lgan xaridorlar mahsulotning boshqalar uchun qiymati oshgani to'g'risida darhol
412
Bozor narxlari odamlarni boshqalarning manfaatlari haqida o'zlariniki kabi
qayg'urgandek harakat qilishga undaydi. Iste'molchilar Braziliyalik yoshlar tufayli
narxlarning ko'tarilishiga javoban quyidagicha fikrlaydi: «Braziliyalik yoshlarning
bizga aytishicha, ular jinsi kiyimidagi qo'shimcha paxtani bizga nisbatan yuqoriroq
baholaydilar; shu sababli Braziliyaliklar uning iste'molini ko'paytirishlari uchun biz
o'zimiznikini kamaytiramiz». Yoki agar paxta teruvchilarning sog'lig'iga salbiy ta'sir
to'g'risidagi dalil iste'molchilarga ma'lum bo'lsa, ular yuqoriroq narxlarga shunday
javob qaytaradilar: «Paxta dalalarida sog'lig'i xavf ostida bo'lgan terimchilarning sonini
kamaytirish uchun biz paxta mahsulotlari iste'molini kamaytiramiz va xavf ostida
ishlashga rozi terimchilarga kompensatsiya tariqasida ko'proq to'laymiz».
Shubhasiz, iste'molchilar bu tariqa ish yuritishlari tagida ular hech qachon
uchratmaydigan odamlarga bo'lgan g'amxo'rlik emas, balki birinchi navbatda shaxsiy
manfaatlar yotadi . Haqiqatan ham, yuqori narxlar iste'molchilarga paxta mahsulotlari
qadrining oshish sababi to'g'risida hech qanday ma'lumot bermaydi. (Albatta, muhim
ma'lumotlar narxlarning pasayishida ham mujassamlashgan bo'ladi). Bozor
narxlarining samaraligiga sabab ular iste'molchilarni ahamiyatsiz ma'lumotlar bilan
chalg'itmaydi.
Narxlar mahsulot yetkazib beruvchilarni ham boshqalarning manfaatlari yo'lida
harakat qilishga chorlaydi. Shubhasiz, yuqori narxlar mahsulot yetkazib beruvchilarga
iste'molchilarning mahsulotga talabi oshganligi to'g'risida ma'lumot beradi. Mahsulot
ta'minlovchilarda munosib ish tutishga rag'bat kattadir. Agar iste'molchilar kamroq
miqdordagi mahsulot istasa, ular ham ta'minlovchlarga yoqmaydigan shu ma'lumotni
yetkazadilar.
Iste'molchilar ta'minlovchilarga ma'lumotlarni bilvosita ish kuchi, yer, asbob-
uskunalar, yarim tayyor tovarlar va xom ashyo (ishlab chiqarish resurslari) narxlari
orqali yetkazadilar. Masalan, to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning
xom ashyo uchun to'laydigan narxlari ular yordamida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan
boshqa mahsulotlarning iste'molchilar uchun bo'lgan qadrini aks ettiradi. Agar boshqa
mahsulotlarning qadri oshsa, bu ma'lumotni to'qimachilik korxonalari xom ashyo
narxlarning ko'tarilishi (boshqa sanoatlarga jalb qilinishi sababli) orqali biladilar.
413
To'qimachilikda ishlab chiqarish kamayadi, ba'zi ishlab chiqaruvchilar esa bankrot
bo'lishi mumkin. Mahsulot ta'mihnlovchi ishlab chiqarishini qisqartirganda yoki
bankrot bo'lganda, u go'yo o'yladi: «Iste'molchilar menga mening resurslarim boshqa
sohalarda qadrliroq deb xabar beryapti. Shuning uchun boshqalar resurslardan
samaraliroq foydalanishi uchun men ulardan kamroq foydalanaman».
Do'stlaringiz bilan baham: