Mantiqiy Iqtisodiyot



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

S1

S2

E1

E2

Miqdor (muzqaymoq, ming litrda)

D

P1

P2



Q1

Q2

N



a

rx

 (

b

ir

li

k

 m

iq

d

o

ri

 u

c

h

u

n

 G

ru

zi

y

a

 l

a

ri

s

i)

5

7,5 10 12,5 15 17,5 20 22,5 25 27,5 30 32,5



0

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10

Bu yerda tasvirlangan bozor o'zgarishlari darhol sodir bo'lmaydi. Iste'molchilar



va ishlab chiqaruvchilarning yangi sharoitlarga moslashishlari uchun ma'lum vaqt

kerak bo'ladi. Haqiqatan ham, o'zgaruvchan dunyoda moslashish jarayoni uzluksiz

davom etadi. Talab va taklifdagi o'zgarishlarning ta'siri hamda ushbu egri chiziqlarning

siljishiga sabab bo'lgan omillar bozor jarayonini tushunishda markaziy urin egallaydi.

Talab va taklif tahlilidan ushbu kitobda qayta va qayta foydalaniladi.

Video:


Xadsakerning vakili


39

Foyda unumdorlikka chorlaydi

Korxonalar tabiiy resurslar, ish kuchi, kapital va tadbirkorlik iste'dodini sotib oladilar.

Keyin bu ishlab chiqarish resurslari

(?)


 iste'molchilarga sotish uchun tovar va

xizmatlarga aylantiriladi. Bozor iqtisodiyoti

(?)

 sharoitida ishlab chiqaruvchilar



resurslarni jalb qilishlari uchun resurs egalariga ular resurslardan alternativ

faoliyatdan olishlari mumkin bo'lgan daromadga teng haq to'lashlari kerak bo'ladi.

Tovar yoki xizmatni ta'minlash bo'yicha ishlab chiqaruvchining muqobil qiymati

mazkur resurslardan boshqa potensial yo'nalishlarda foydalanganda olinishi mumkin

bo'lgan summaga teng.

Ishlab chiqarishning muqobil qiymati va xarajatning buxgalteriya standartidagi

o'lchovi o'rtasida muhim farq bor. Buxgalterlar korxonaning sof daromadini hisob-

kitob qilishga e'tibor beradilar. Bu esa iqtisodiy foydadan

(?)

 biroz farq qiladi. Sof



daromadning hisob-kitobida korxona aktivlarining muqobil qiymatini hisobga

olinmaydi.

Garchi buxgalterlar muqobil qiymatni hisobga olmasalar ham, iqtisodchilar

unday qilmaydilar

(6)

. Natijada, korxonaning sof daromadi iqtisodchi hisoblagan foyda



miqdoridan kattaroq bo'ladi. Iqtisodchilar korxona aktivlaridan boshqa maqsadlarda

foydalanish mumkinligini ham hisobga oladilar. Agar ushbu muqobil qiymat

qoplanmasa, bu resurslarning boshqa maqsadlarda ishlatilishiga olib keladi.

Korxona foydasi quyidagi tarzda aniqlanadi:

Foyda = Jami daromad – Jami xarajat

Korxonaning jami daromadi bu sotilgan barcha tovarlarning narxi (P) bilan

sotilgan barcha tovarlar miqdorining (Q) ko'paytmasiga teng. Korxona foyda olishi

uchun uning mahsulotni sotishdan olgan daromadi mahsulotni ishlab chiqarish uchun



ELEMENT 1.7

Foyda korxonalarni resurs qiymatini oshiruvchi samarali faoliyatga undaydi, zarar esa

ularni resurs qiymatini pasaytiruvchi befoyda faoliyatdan saqlaydi.



40

zarur resurslarning muqobil qiymatidan kattaroq bo'lishi kerak. Demak, korxona ishlab

chiqargan tovar yoki xizmatning iste'molchilar uchun qiymati ishlab chiqarishda

sarflangan resurslarning qiymatidan kattaroq bo'lsagina u foyda oladi.

Iste'molchilar tovarning ular uchun qiymati tovarning narxiga teng yoki undan

balandroq bo'lsagina uni sotib oladilar. Agar iste'molchilar tovar uchun uning

tannarxidan ko'proq to'lashga rozi bo'lsalar, ishlab chiqaruvchining resurslarni boshqa

muqobil faoliyatdan jalb qilib olish bo'yicha qarori foyda olib keladi. Foyda bu

resurslarni qadrliroq buyumga aylantirish uchun olingan mukofot.

Korxona menejerlari foyda keltiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga

harakat qiladilar. Ammo har doim ham natija kutilganidek bo'lmaydi. Ba'zida

korxonalar o'z maxsulotlarini ularning tannarxini qoplaydigan narxlarda sota

olmaydilar. Savdodan olingan jami daromad tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda

foydlanilgan resurslarning muqobil qiymatidan kamroq bo'lsa, bu zararga

(?)

 olib keladi.



Zarar— tovar yoki xizmatlarning iste'molchilar uchun qiymati ularni ishlab chiqarish

uchun zarur bo'lgan resurslarning qiymatidan kamroq bo'lgan holda vujudga keladigan

jarimadir. Zarar resurslardan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadga

muvofiqligini anglatadi.

Masalan, Bolgariyadagi (mahalliy valuytasi Bolgariya levi) fabrika oyiga mingta

ko'ylak ishlab chiqarishi uchun unga bino va kerakli asbob-uskunalarni ijaraga olish,

ish kuchi, mato, tugmalar va boshqa ashyolarni sotib olish uchun oyiga 20 000

Bolgariya levi kerak bo'ladi, deb faraz qilaylik. Agar ishlab chiqaruvchi mingta

ko'ylakning har birini 22 levdan sotsa, u oyiga 22 000 lev daromad, ya'ni 2000 lev foyda

oladi. Ko'ylak ishlab chiqaruvchi oz'i va iste'molchi uchun boylik yaratdi. Iste'molchilar

ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqoriroq narx to'lashga roziliklari bilan ular uchun

ko'ylaklar sarflangan resurslarning qiymatidan qadrliroq ekanligini bildiradilar. Ishlab

chiqaruvchining foydasi u resurslarni qadrliroq mahsulotga aylantirish orqali ularning

qiymatini oshirgani uchun oladigan mukofotdir.

Ammo, ko'ylaklarga bo'lgan talab kamayib, donasi faqat 17 levdan sotilsa, ishlab

chiqaruvchi 17 000 lev daromad oladi va oyiga 3000 lev zarar ko'radi. Bu zarar ishlab

chiqaruvchining faoliyati ishlatilgan resurslarning qiymatini pasaytirishidan vujudga



41

keladi. Ko'ylaklarning, ya'ni yakuniy mahsulotning iste'molchilar uchun qiymati shu

resurslardan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan boshqa mahsulotlarning qiymatidan

pastroq. Biz ko'ylak ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslar boshqa mahsulotga

aylantirilganda bu iste'molchilar uchun qadrliroq bo'lishini ular ongli ravishda anglaydi

demoqchi emasmiz. Biroq, ular tanlovlarining jami shu ma'lumotni va shu bilan bir

qatorda zararni kamaytirishga bo'lgan rag'batni ishlab chiqaruvchiga yetkazadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida zararlar va korxona muvaffaqiyatsizliklari

doimiy munosabatda bo'lib samarasiz faoliyatlarni (misol uchun, ko'ylaklarni

tannarxidan arzonroq sotish) to'xtatishga xizmat qiladi. Zararlar va korxona

muvaffaqiyatsizligi resurslarni ko'proq qadrlanadigan boshqa tovarlarni ishlab

chiqarishga yo'naltiradi. Garchi korxonaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko'pincha

uning egalari, investorlar va ishchilar uchun alamli voqea bo'lsada, buning ijobiy

tomoni ham bor. Bo'shagan resurslarni boylik yaratuvchi boshqa loyihalarga

yo'naltirish mumkin.

Mamlakat resurslari — yer, binolar, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan

foydali tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanilsa, xalq farovonligini oshadi.

Vaqtning istalgan biror nuqtasida amalga oshirish mumkin bo'lgan potensial

investitsiya loyihalarining soni cheksizdir. Ushbu investitsiyalarning ba'zilari

resurslardan iste'molchilar uchun qiymati tannarxiga nisbatan yuqoriroq bo'lgan tovar

va xizmatlarni ishlab chiqarish orqali resurslarning qiymatini oshiradi. Bularning

barchasi iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashadi. Boshqa investitsiyalar esa resurslarning

qiymatini kamaytirib, iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi. Agar biz mavjud

resurslardan samarali foydalanishni istasak, qiymatni oshiruvchi loyihalar

rag'batlantirilib, resurslardan samarasiz foydalanadigan loyihalar bartaraf etilishi

kerak. Aynan shu vazifani foyda va zarar bajaradi.

Biz iste'molchilarning didlari va texnologiya tez-tez o'zgarib turuvchi, axborotlar

nomukammal va noaniqliklarga to'la dunyoda yashaymiz. Korxona egalari kelajakda

bozor narxlari yoki ishlab chiqarish xarajatlari qanday o'zgarishini aniq bilmaydilar.

Ularning qarorlari taxminlarga asoslangan. Biroq bozor iqtisodiyotining mukofot va

jarimalar tuzilmasi bizga ayon. Samarali ishlab chiqara oladigan hamda tovar va



42

xizmatlarga tannarxidan yuqoriroq narxlarda iste'molchlarni jalb qilishni oldindan

to'g'ri ko'ra oladigan tadbirkorlar

(?)


 muvaffaqqiyat qozonadilar. Aksincha, resurslarni

talab kam bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga samarasiz taqsimlagan

korxona rahbarlari zarar ko'radilar va moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladilar.

Garchi bozor jarayonida uchrab turadigan korxona muvaffaqiyatsizligi gohida

tanqid ostiga olinsada, ushbu mukofot va jarimalar tuzilmasi bozor tizimi ravnaqining

asosini tashkil qiladi. Shunisi qiziqki, dastlab omadsizlikka uchragan tadbirkorlarning

ko'pi vaqti kelib katta muvaffaqiyat qozonadilar. Bunga Stiv Jobs misol bo'ladi. 1985-

yilda Apple kompaniyasidan ketganidan so'ng, Jobs o'zi o'ylagan reja bo'yicha shaxsiy

kompyuterlarning keyingi avlodini ishlab chiqarishga moslashgan neXT kompaniyasini

tashkil qildi. Korxona qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo Jobsga bu tajriba yaxshi dars

bo'ldi. U 1997-yilda Apple kompaniyasiga qaytib, tez orada bozorda katta muvaffaqiyat

qozongan iPhone, iPad va boshqa innovatsion mahsulotlarni taqdim etdi.

Bulardan xulosa aniq: foyda korxona investitsiyasini iqtisodiy taraqqiyotga olib

keluvchi samarali loyihalarga yo'naltiradi, zarar esa resurslarni samarasiz loyihalarga

yo'naltirilishining oldini oladi. Bu o'ta muhim vazifadir. Ushbu vazifani bajara

olmaydigan iqtisodiy tizim stagnatsiya

(?)

 yoki undan ham yomonroq ahvolga tushadi.




43


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish