Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Dixotomik  bo‘lish  bo‗linuvchi  tushunchani  o‗zaro  zid  bo‗lgan  ikkita  tur 

tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor 

emaslar»ga  ajratsak,  dixotomik  tarzda  bo‗lgan  bo‗lamiz.  Dixotomik  bo‗lish  bir 

qator  qulayliklarga  ega.  Xususan,  bunda  biz  bo‗linuvchi  tushunchaning  barcha 

turlarini ko‗rsatib o‗tirmasdan, o‗zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga 

zid bo‗lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‗lish malum 

bir kamchiliklarga  ham  ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi  noaniq bo‗ladi. 

Undan tashqari, dixotomik bo‗lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan 

maqsadga  erishish  mumkin.  Agar,  bo‗lish  azolaridan  biri,  ayniqsa,  inkor 

tushunchani o‗z navbatida bo‗linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‗lish amalini 

davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.  

Bo‗lish amali to‗g‗ri borishi uchun malum bir qoidalarga rioya qilish kerak. 

Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.  

A. Bo‗lish teng hajmli bo‗lishi, yani bo‗lish azolari hajmlarining yig‗indisi 

bo‗linuvchi  tushuncha  hajmiga  teng  bo‗lishi  kerak.  Bu  qoida  buzilsa,  bo‗lish 

to‗liqsiz  yoki  ortiqcha  bo‗lib  qoladi.  Birinchi  xil  xatoda  bazi  bo‗lish  azolari 

ko‗rsatilmay qoladi. Masalan, «fel zamonlari» tushunchasini «o‗tgan zamon feli» 

va  «hozirgi  zamon  feli»  tushunchalariga  ajratsak,  ana  shunday  xato  ro‗y  beradi. 

CHunki  «kelasi  zamon  feli»  tushunchasi  qolib  ketgan.  Ikkinchi  xil  xatoda  esa 

ortiqcha bo‗lish azosi ko‗rsatilgan bo‗ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy 

bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‗lmaydi. CHunki «nazariy bilish» 

bu erda ortiqchadir.  

B. Bo‗lish bir asos bo‗yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, 

asos  qilib  olingan  belgi  bo‗lish  davomida  boshqa  belgi  bilan  almashtirilmasligi 




zarur.  Masalan,  «Qonun»  tushunchasini  «Tabiat  qonuni»,  «Jamiyat  qonuni», 

«Bilish  qonuni»,  «Statistik  qonun»,  «Dinamik  qonun»  tushunchalariga  bo‗lsak, 

xato qilgan bo‗lamiz. CHunki bu erda bo‗lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta 

bo‗lish  azosi  qonunning  amal  qilish  sohasi  bo‗yicha,  qolgan ikkitasi qonun ifoda 

qiluvchi  hodisalar  xarakteri  bo‗yicha  ajratilgan.  Bu  bilan  bo‗lishdagi  izchillik 

yo‗qolgan.  

V.    Bo‗lish  azolari  hajmi  bo‗yicha  bir-birini  istisno  qilishi  kerak.  Buning 

uchun  ular  birga  bo‗ysunish  munosabatidagi  tushunchalar  bo‗lishi  kerak.  Agar 

«Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‗p qavatli bino», «Osmono‗par bino» 

tushunchalariga  bo‗lsak,  xatoga  yo‗l  qo‗ygan  bo‗lamiz.  CHunki  «Ko‗p  qavatli 

bino» tushunchasi bilan «Osmono‗par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‗yicha 

istisno  qilmaydi.  G.    Bo‗lish  uzluksiz  holda  amalga  oshirilishi,  unda  «sakrash» 

bo‗lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‗lgan bir tartibdagi 

tur  tushunchalar  olinmog‗i  lozim.  Masalan,  «Gap»  tushunchasini  «Sodda  gap», 

«Ergashgan  qo‗shma  gap»,  «Bog‗langan  qo‗shma  gap»  tushunchalariga  ajratsak, 

bo‗lishdagi  izchillik  yo‗qoladi.  Bunda  oxirgi  ikkita  bo‗lish  azosi  «qo‗shma  gap» 

tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‗y bergan.   


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish