Ma’naviyatshunoslik



Download 25,48 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi25,48 Kb.
#456089
  1   2
Bog'liq
1-maruza


1- Mavzu: “Ma’naviyatshunoslik” fanining ob`ekti predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni.
Reja:
1.“Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, mavzu doirasi, tarkibi, maqsad va vazifalari.
2.Ma’naviyat tushunchasi,uning mazmun va mohiyati.Ma’naviyat tarixiy hodisa sifatida.
3.“Ma’naviyatshunoslik” tarixiy-nazariy fan sifatida. Uning ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o’rni.

Tayanch konspekt: “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, mavzu doirasi, tarkibi, maqsad va vazifalari. Ma’naviyat tarixiy hodisa sifatida. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni. “Ma’naviyatshunoslik” fanining metodologik asosi. masalasi. “Ma’naviyatshunoslik” tarixiy-nazariy fan sifatida.


Har bir mustaqil millat o’z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg’or tamoyillar uyg’unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo’li istiqlolning dastlabki yillaridan e’tiboran O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o’tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda.


“O’zbek modeli” deb shuhrat qozongan ushbu mustaqil taraqqiyot yo’lida milliy ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilgan. 1999 yil 14 aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi "O’zbekiston XXI asrga intilmoqda" deb nomlangan ma’ruzasida Birinchi Prezident I.A.Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, "jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish”ni ustuvor yo’nalishlardan ekanligini alohida ta’kidlab, ma’naviyatga mukammal ta’rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko’rsatib o’tgan edi:
“Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak".
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimovni 2008-yilda bosilib chiqqan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bu masalaga yana alohida urg’u berib shunday yozadi:
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.”
Ma’lumki, G’arb olamida falsafa qanchalik mashhur bo’lsa, Sharqda ma’naviyatga shunday katta e’tibor berib kelingan. Jumladan, jahon tan olgan buyuk orif, shoir va mutafakkir Jaloliddin Rumiyning 25700 baytdan iborat “Masnaviyi ma’naviy” asari ma’naviyatning cho’ng qomusi sifatida shuhrat topgan. Chunki bu kitobda insonning Borliq haqiqatiga munosabati o’zining butun qirralari bilan aks ettirilgan.
Talabalarga tayyorgarlik uchun yordamchi materiallar: I. Eng qadimgi ma’naviyat unsurlari – Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining birinchi bosqichi. Tosh asriga muvofiq keluvchi ibtidoiy jamoa davrida shakllangan ma’naviy qadriyatlar. Bu davrda hanuz yozuv ixtiro qilinmagani uchun yaxlit shakllangan alohida ma’naviyat tizimi haqida xulosa qilish qiyin.
II. Ilk shahar jamoasi ma’naviyati – Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining ikkinchi bosqichi. Asosan bronza asriga muvofiq keluvchi ilk shahar-davlatlar davrida shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi (masalan, shumerlar ma’naviyati yoki “Avesto” ma’naviyati). Bu davr odamlari Borliq haqiqatini asosan asotir tarzida tasavvur etganlar.
III. Millat va milliy davlatning shakllanishi – Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining uchinchi bosqichi. Temir asri yoki buyuk saltanatlar davrida shakllangan ma’naviy qadriyat – “millat” timsol-tushunchasining vujudga kelishi (masalan, turkiy bitiklarda o’z ifodasini topgan “turk buduni” timsol-tushunchasi.)

Download 25,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish