Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Ma’naviyat asoslari fanining boshqa fanlar bilan



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
1.3. Ma’naviyat asoslari fanining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi, uning maqsad va vazifalari 
Ma’naviyat asoslari fani dunyoda o‘qitilayotgan 2000 dan ortiq 
fanlar va maxsus kurslarning barchasi bilan aloqada, desak xato bo‘l-
maydi.
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
» 2008. 171-
бет



22
Ma’naviyat asoslari falsafa fani bilan bog‘langan bo‘lib, falsafa-
ning kategoriya yoki tushunchalaridan, qonunlaridan foydalanadi. 
Falsafa bergan umumiy xulosalar Ma’naviyat asoslari uchun juda 
muhim hisoblanadi.
Falsafada o‘qitiladigan ijtimoiy ong shakllari – san’at; madani-
yat, axloq, estetika, din kabi sohalarsiz insonda yuksak ma’naviyatni 
shakllantirib bo‘lmaydi. Bu sohalarda falsafa bergan umumiy, nazariy 
fikrlar «ma’naviyat asoslari» uchun mushohada obyektlaridir. Shu-
ningdek, Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish jarayonida «Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», dinshunoslik, tarix, 
siyosatshunoslik, adabiyot, ona tili, iqtisodiyot nazariyasi, odobnoma, 
mantiq, etika, psixologiya, axloqshunoslik, sotsiologiya, ekologiya va 
boshqa fanlarga ham murojaat qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu 
Ma’naviyat asoslari fani tabiiy fanlar bilan bog‘liq emas, degan fikrni 
bildirmaydi. Binobarin, tabiiy fanlardagi o‘zgarishlar, kashfiyotlar 
ham inson ma’naviyati bilan aloqadorligini unutmasligimiz kerak. 
Kashfiyot qiluvchi olimlarning faoliyati ma’rifat bilan bog‘langan. 
Ma’rifat esa ma’naviyatning tarkibiy qismidir. Demak, «Ma’naviyat 
asoslari» fani tushuncha va qonuniyatlarni rivojlantirish uchun tabiiy 
fanlarga ham suyanadi.
Ma’naviyat asoslari fani tushunchalari xilma-xildir. Ularning 
ba’zi bir xarakter va xususiyatlari ham falsafiy, ham ma’naviydir. 
Ular o‘zaro bog‘langan. Shunday bo‘lishidan qat’iy nazar, «Ma’na-
viyat asoslari» fanining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini 
quyidagicha aks ettirish mumkin: jamiyat, jamoa, shaxs va millat
ma’naviyatlarini yuksaltirish.
Bular ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘liq qonuniyat-
lardir. Bu sohalarni har biriga o‘zgacha maxsus yondashish yo‘llari 
va uslublari, jarayonlari bor. Mazkur ma’naviy yuksalishlarga umu-
miy holda yondashib bo‘lmaydi. Lekin ularning o‘zaro aloqadorligini 
unutmasligimiz talab etiladi. Yuksak ma’naviyatli insonni shakllanti-
rish qonuniyatlaridan tashqari milliy va umuminsoniy ma’naviyat
qonuniyatlari ham mavjud, jumladan: a) turli ijtimoiy guruhlar 
ma’naviyatining yuksalish qonuniyatlari; b) millatlar o‘rtasidagi 
ma’naviyat xislatlari uyg‘unlashuvi yuksalish qonuniyatlari; v) 
umuminsoniy urf-odatlar, qadriyatlarning yaqinlashish qonuniyatlari 
va hokazolar.


23
Bu ko‘rsatilgan qonuniyatlar ham o‘zlarining xususiy jihatlariga 
ega bo‘lib, ba’zi sohalar chuqur tahlilni talab etadi.
«Ma’naviyat asoslari» fani ko‘proq insonning his-tuyg‘usi, ichki 
kechinmalari, o‘zaro insoniy munosabatlari, insonning tabiat va 
jamiyatga bo‘lgan ixtiyoriy tuyg‘ulari bilan bog‘langan. Bu jarayon-
larning har biri inson ongiga mukammal singdirilishi «Ma’naviyat 
asoslari» fani bilan bog‘liq bo‘ladi. Axloqshunoslik fanidagi tushun-
chalar «Ma’naviyat asoslari» fani tushunchalari bilan uzviy aloqada. 
«Ma’naviyat asoslari» ayniqsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy 
tushuncha va tamoyillar» fani bilan ham yaqindan aloqada va bog‘la-
nishdadir. Ma’lumki, «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanida g‘oya va maf-
kura tushunchalari, ularning insoniyat tarixi va taraqqiyotiga qanday 
ta’sir ko‘rsatgani, hozirgi davrning mafkuraviy manzarasi, dunyoni 
bo‘lib olish uchun kurash, yosh g‘oyalarning mintaqa va mamla-
katimiz aholisiga ta’siri, mamlakatda barpo etilayotgan jamiyat va bu 
jarayonda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning qay tarzda ahamiyat 
kasb etishi o‘z aksini topgan. Zikr etilgan sohalar insonning ruhiyati 
va ma’naviyati bilan bog‘liq. Yuzaki qaraganda bu fanlar nisbatan 
bir-biridan uzoq tuyulsada aslida chambarchas bog‘langandir. Bu 
fanlarni o‘zaro bog‘langan holda tahlil qilinsa, ularning ta’sirchanligi 
oshadi. O‘quvchi tomonidan yengilroq qabul qilinadi. Masalan, milliy 
istiqlol g‘oyasi avvalo ma’rifat orqali singdiriladi. Ma’rifatsiz milliy 
istiqlol g‘oyasining keng qirralari tushunilmaydi. Shu bilan birga 
milliy istiqlol g‘oyasidagi Vatan ravnaqi, komil inson faoliyati, 
millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligini 
ta’minlashdagi omillar haqida so‘z borganda, bu sohalarni yuksak 
ma’naviyatli kishilarda aks etishi haqida fikr yuritiladi. Zero, istiqlol 
g‘oyasining oliy maqsadi ezgu g‘oyalarga tayangan holda xalqning 
o‘z buyuk kelajagini bunyod etishga safarbar etishdan iboratdir. 
O‘zbekiston aholisini hozirgi hayot talablariga javob beradigan g‘oya 
asosida mustahkam irodali, yuksak e’tiqodli, vatanparvar va inson-
parvar qilib tarbiyalash yuksak ma’naviyat bilan bog‘langan. Yuksak 
ma’naviyatga ega bo‘lgan kishilar yuqoridagi jarayonlarga xalq 
manfaati nuqtayi nazaridan yondashadi. 
Ikkala fanda ham insonlarda ezgu niyatlarni tarkib toptirgan 
g‘oya mujassam. Milliy istiqlol g‘oyasi fani fuqarolarda mustaqillik 
dunyoqarashini va erkin fikr yuritish, mustaqil tafakkurga ega bo‘lish, 


24
sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam bersa, «Ma’naviyat 
asoslari» mazkur fan uchun zamin tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishda 
barchani tarbiyalashga ko‘maklashadi. Istiqlol g‘oyasi jamiyatni yot 
va begona g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, fuqarolarimizda 
mafkuraviy immunitetni shakllantirishga harakat qilsa, «Ma’naviyat 
asoslari» fani insonlarda Vatan tuyg‘usi, mehnatsevarlik, insonparvar-
lik, sahovat, yaxshilik, poklik, halollik kabi yuksak ma’naviy 
tuyg‘ular nazariyalarini ishlab chiqadi va milliy istiqlol g‘oyasini 
yoshlarga singdirishni tezlashtiradi. Bu fanlar o‘rtasidagi munosabat 
va aloqadorlik nisbiy bo‘lsada, ikkala fanning bahs mavzulari 
turlichadir. Yuqorida ta’kidlanganidek, axloqshunoslik fani tushun-
chalarining ba’zilari bilan yaqin aloqadadir. Insonning ichki va tashqi 
go‘zalligi, axloqiy xislatlari donishmandlar hikmatlari, rivoyatlar 
axloqshunoslik fanida ham o‘rganiladi. Ammo bunda ularning tarixiy 
kelib chiqishi, mansublik doiralari chuqurroq o‘rganilsa, ma’naviyat 
asoslarida esa bularga amal qilish natijalariga ko‘proq e’tibor qara-
tiladi. Yoki siyosatshunoslik fanini olsak, u ham ma’naviyat asoslari 
bilan aloqadadir. Sababi, siyosat bilan shug‘ullanuvchilarning ma’na-
viyati «Ma’naviyat asoslari» fanida muhokama qilinadi. Shu bilan
birga, siyosatning o‘zi ma’naviyat bilan aloqada bo‘lib, jamiyat ruhiy 
holatining shakllanishida bu ikkala soha muhim o‘rin egallaydi. 
Jamiyat siyosatini to‘laligicha qabul qilmagan va o‘z ma’naviyatini 
siyosatdan ustun qo‘ygan shaxslar kam emas.
Siyosatda talablar o‘ziga xos xususiyatga ega. Shaxsiy intilish-
lar davlat va jamiyat manfaatlariga mos tushmasligi mumkin. Shu 
jihatdan haqiqiy siyosatdonlar ma’naviyat asoslariga e’tibor qaratib, 
undan o‘z maqsadlarida foydalanishi zarur. Oqilona siyosat yuritish 
uchun yuksak ma’naviyatlilik talab etiladi.
«Ma’naviyat asoslari» fani «Dinshunoslik» fani bilan ham ya-
qindan aloqada. Dinshunoslikdagi iymon, e’tiqod, halollik, insonpar-
varlik, ilm, mehnatsevarlik, yaxshilik va boshqalar to‘g‘risidagi 
sohalar «Ma’naviyat asoslari» fanida tahlil qilinadi va bu sohalar 
jamiyatning ma’naviy muhiti bilan bog‘lanadi. Ma’naviy, diniy soha-
lar o‘zaro munosabatda ekanligi, ularning aksariyat qismi mujassam 
bo‘lgan shaxslar jamiyatning kelajagi «Ma’naviyat asoslari» fanida 
ta’kidlanadi. Yoki pedagogika fanini oladigan bo‘lsak, bu fan ta’lim-
tarbiyaning nazariy asoslarini hal etib bersa, bu nazariyalarning 


25
amaliyotdagi tasdiqlari «Ma’naviyat asoslari» fanida o‘z aksini topadi 
va hokazolar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu fanlar shaklan 
har xil bo‘lsada, mazmunan bir-birini boyitadi va to‘ldiradi. 
O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchilar yuksak ma’na-
viyatga ega bo‘lmoqliklari zaruriyatdir. Zero, ulardan avvalo, aqlli, 
odobli, mehnatsevar, bilimli, siyosatdon, milliy g‘ururli, vatanparvar, 
insonparvar, halol, qo‘rqmas, baynalmilal, sofdil bo‘lishlari talab 
etiladi. Bu xislatlarni har bir shaxsda shakllantirish mazkur fanning
maqsadidir.
Mustaqilligimiz sharofati bilan Prezident Islom Karimovning 
ulkan sa’y-harakatlari yordamida, dunyoviy bilimlarni rivojlantirgan 
ajdodlarimizning hurmatini o‘rniga qo‘yish, ilm-ma’rifat, ma’naviyat-
ning yuksakligini tarannum etgan buyuk bobokalonlarimiz hayoti va 
faoliyati haqida yoshlarga keng qamrovli ma’lumot berish imkoniyati 
yaratildi. Bu ezgu ishda «Ma’naviyat asoslari» fani kamarbasta 
bo‘lmoqda. 
Xalqimiz milliy g‘ururini ko‘tarish jamiyatning ma’naviy qiyo-
fasini o‘zgartirishga olib keladi. Ma’naviyat asoslari fani ana shu 
dolzarb muammoni ham o‘rtaga qo‘yadi va uni hayotga tatbiq etadi. 
O‘zbek xalqining qadimiy tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari haqida 
hozirgi avlod ko‘proq bilishni istaydi. Bu borada ularga «Ma’naviyat 
asoslari» fani eng yaqin yordamchi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan 
qaraganda mamlakatimizda Vatani va xalqiga jonkuyar, mustaqil 
fikrlaydigan, respublika muammolarini ongli ravishda mas’uliyat bi-
lan hal eta oladigan ijodkor, yangilikka intiluvchan, istiqlol g‘oyalari
va mafkurasiga sadoqatli avlodni voyaga yetkazish vazifasi «Ma’na-
viyat asoslari» fanining diqqat markazida. 
Barcha islohotlarning taqdiri va ularning samarasi uchun javob 
beradigan, mamlakatimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoiy 
insonlarni tarbiyalash borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. 
Shu sababli «Ma’naviyat asoslari» fani dasturida ko‘zda tutilgan 
mavzular mohiyat jihatidan ulkan maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi. 
Bu fan mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, milliy 
istiqlol mafkurasi g‘oyasini tushuntirishga, yosh avlodni barkamol 
qilib tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg‘ularini chuqurlashtirishga, bu-
yuk o‘tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch tuyg‘ularini 
mustahkamlashga xizmat qiladi. 


26
Ushbu fan qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati shakllan-
gan jarayonlarni, islom dinidagi yuksak jamiyat ma’naviyati va shaxs 
ma’naviyatini, O‘rta asrlardagi O‘rta Osiyo falsafiy tafakkuri ma’na-
viy muammolarini, Amir Temur va temuriylar sulolasi davridagi ma’-
naviyatni, jadidchilik davridagi ma’naviyat va ma’rifatparvarlikni, 
mustamlakachilik va qaramlik yillaridagi ma’naviyat masalalarini 
tahlil qilibgina qolmasdan, ularning nazariy, amaliy jihatlarini ham 
o‘rtaga qo‘yadi.
Barkamol inson haqida so‘z yuritganda avvalo, «Ma’naviyat 
asoslari» fani uning qirralarini ochib berishini aytish lozim. Shu bilan 
birga bu fan barkamol inson tushunchasi orqali Sharq va G‘arb 
mamlakatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rtaga qo‘yadi, tahlil qiladi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, inson-
parvarlik g‘oyalarining chambarchas bog‘liqligi va farqlarini tushun-
tirishda «Ma’naviyat asoslari» fanidan foydalaniladi. Ma’naviyat 
asoslari insonlardagi iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, poklik, 
halollik va vafodorlik, mehnatsevarlik xislatlarining o‘ziga xos xusu-
siyatlarini, milliy o‘zligini anglash va uni mustahkamlash, baynalmi-
lallik jarayonlarining shaxs faoliyatidagi o‘rnini, huquqiy jarayonlar-
ning ma’naviyatga ta’sirini, umuman, shaxsni barkamollik cho‘qqi-
lariga chiqish yo‘llarini ko‘rsatuvchi fandir.
«Ma’naviyat asoslari» fani asosan, mamlakatimiz mustaqillikka 
erishgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Uning ta’limoti qadimiy bo‘lsa-da, 
o‘zi navqiron. U muammolarni o‘rtaga qo‘yibgina qolmaydi, balki 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yangi zamonaviy sohalarining 
paydo bo‘layotganligini ko‘rsatib ham beradi. To‘g‘ri, XX asr – 
texnika taraqqiyotining olg‘a qarab borishini ta’minlagan bo‘lsa, XXI 
asr ham shunday bo‘ladi. Insoniyat qadriyatlarsiz yashay olmaydi. 
Texnika taraqqiyoti esa insonning ma’naviy va axloqiy muhitiga ta’-
sir etadi. Kompyuter, raketa, videotelefon, kimyoviy dori-darmonlar, 
asab sistemalarining o‘zgarishi, ekologik jarayonlar, televideniye, 
kosmosning o‘zlashtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Ma’lumki, 
odamlar texnika yordamida boshqa sayyoralar to‘g‘risida tasavvur-
larga ega bo‘lmoqdalar. Demak, insonlar tafakkuri o‘zgarayotir. Ta-
fakkur va ma’naviyat esa bir-biri bilan chambarchasdir. Shu sababli, 
aytish mumkinki, ma’naviyat fanining maqsad va vazifalari yanada 
kengayib boradi, jiddiy tus ola boshlaydi. Uning muammolari ijtimoiy 
hodisa sifatida inson faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi. 


27
Olamning salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi inson faoliyati
bilan bog‘liq. Bu faoliyat esa ma’naviyatsiz amalga oshmaydi. Tabiat
va jamiyatning o‘zgarishi inson ruhiyati bilan ham bog‘liqdir. 
Ruhiyat o‘z navbatida yashash sharoitlari, insonning turmush tarzi 
bilan doimiy aloqada. Shu sharoitlarni insonga mos qilib yaratish 
jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq. Binobarin, jamiyatning ma’naviy 
yuksalishi shu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu 
jihatlar «Ma’naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalarini belgi-
lab beradi.


28

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish