Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Ma’naviyat qonuniyatlari -



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
Ma’naviyat qonuniyatlari - 
ma’naviy sohaga xos voqea va 
hodisalar, jarayonlar o‘rtasidagi doimiy va takrorlanib turuvchi uzviy 
aloqadorlikni, insonning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, hayotning 
ma’no-mazmunini belgilab beruvchi yo‘l-yo‘riqlar, qonun va qoidalar 
majmuyini anglatuvchi tushuncha. Prezidentimiz Islom Karimovning 
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida har tomonlama 
asoslab berilgan mazkur qonunlar xilma-xil tarzda, turli shakllarda 
namoyon bo‘lsada, jamiyatdagi talablar, yashashning qonun-qoidalari, 
inson umrining mazmuni va hayot mezoni sifatidagi ahamiyatini 
saqlab qolaveradi. Bu borada ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi, 
ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi, ma’naviy 
hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi haqidagi qonunlar muhim 
ahamiyatga ega. 
Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi qonunining mazmun-
mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlariga «Yuksak ma’naviyat - 
yengilmas kuch» asarida alohida e’tibor berilgan. Kitobda moddiy va 
ma’naviy olamning uyg‘unligi bamisoli parvoz qilayotgan qushning 
ikki qanotiga qiyoslanib, jamiyatdagi har qanday taraqqiyot, o‘sish va 
o‘zgarishlarning zaminida ana shu ikki omilning uzviy aloqadorligi 
nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi misol va dalillar asosida 
ko‘rsatib berilgan. Ma’lumki, inson va jamiyat hayotida moddiy va 
ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi, ularning 


20
qaysi biri ustuvorligi to‘g‘risida xilma-xil qarashlar va yondashuvlar 
mavjud. Qadimgi yunon faylasuflaridan hozirgacha ba’zi faylasuflar 
ruhiy olamni, ma’naviyatni birlamchi deb bilsalar, boshqalar esa 
moddiylikni asosiy o‘ringa qo‘yadilar va shu asosda materializm va 
idealizm kabi oqimlar ham shakllangan. Aclida moddiy ehtiyojlarni 
insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning birini ustun 
deb bilish, boshqasini e’tiborga olmaslik masalaga bir yoqlama 
qarashning yaqqol ifodasidir. Bunday bir yoqlama yondashuv hayot 
talabiga javob bermaydi, albatta. Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘un-
ligi qonuni esa bundan farq qiladi, u biz yashayotgan hayotni yagona 
va yaxlit voqelik sifatida tushunish imkonini yaratadi.
 
Yuqoridagi asarda ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy 
aloqadorligi qonuni ham asoslab berilgan. Ushbu qonun muayyan 
millat, jamiyat va davlat har bir taraqqiyot bosqichida shu davrga xos 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy rivojlantirish tamoyillari singari o‘ziga 
mos keladigan ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tartiblar hamda 
tamoyillar tizimiga ham ega bo‘lishining tarixiy zarurat ekanini 
ifodalaydi. Haqiqatan ham inson va jamiyat hayotini ma’naviyatsiz 
tasavvur etib bo‘lmagani kabi, ma’naviyatni ham inson va jamiyatdan 
ajratib bo‘lmaydi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar muqarrar ravishda 
ma’naviyatga, ma’naviyatdagi o‘zgarishlar esa jamiyatga o‘z ta’sirini 
o‘tkazishi shubhasiz. Insoniyat tarixi va taraqqiyotiga mazkur qonun 
nuqtayi nazaridan qarash har bir davrning tuzilishiga muayyan 
ma’naviy qadriyatlar tizimi mos kelishini va bu tizim ijtimoiy voqea-
hodisalar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. 
G‘oyaviy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy va boshqa sohalarga aloqador 
tushuncha va tamoyillar ham ushbu tizimda o‘ziga xos o‘rinni 
egallaydi, ular orasidagi farq, tafovut va munosabatlar esa tizimdagi 
umumiy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi.
 
Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi qonuni 
hodisaning o‘tmishdan kelajakka tomon rivojlantirish jarayonidagi 
tarixiylik va zamonaviylik, inkorni-inkor, vorislik va yangilanishning 
uzluksizligi va davomiyligi bilan bog‘liq tamoyillarning mazmun-mo-
hiyatini ifodalaydi. Mazkur qonuniyat Prezident Islom Karimovning 
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida quyidagicha asoslab 
berilgan: «...ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, 
aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot 
davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot 


21
oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi».
1
Ushbu 
qonuniyatga ko‘ra, taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan boshqasiga 
o‘tilganida iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda o‘zgarish bo‘lgani 
singari, ma’naviyat sohasida ham yangilanish ro‘y beradi. Bunda 
barcha ma’naviy mezonlar butunlay yo‘qolib ketmaydi, balki yangi 
davrning ijtimoiy tuzilishiga va zamon talablariga mos keladigan, 
eskisidan farq qiladigan yangi ma’naviyat tizimi shakllanishi 
zaruratga aylanadi. Bunday holatlarning uzluksiz takrorlanishi esa 
ma’naviyatning ijtimoiy voqelik va taraqqiyot bilan bog‘liqligini 
ifodalaydigan quyidagi muhim xulosaga kelish imkonini beradi: 
muayyan ijtimoiy vokelikka (ya’ni insoniyat taraqqiyotining biron-bir 
davriga, jamiyatning rivojlanish bosqichiga yoki davlat shakliga) 
muayyan ma’naviy tushuncha va tamoyillar tizimi mos kelganidek, 
o‘zgargan ijtimoiy voqelikka ham o‘zgacha ma’naviyat tizimi mos 
keladi. Ijtimoiy voqelik yoki ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar bir-
biridan qisman ilgarilab ketishi yoki orqada qolishi ham mumkin, 
ammo bu mazkur qoidaning butunlay buzilishi degani emas. Ana shu 
qoida ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liqlik 
qonunining asosiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Shuningdek, 
ma’naviy hayotning g‘oya, mafkura, axloq, madaniyat, ma’rifat bilan 
bog‘liq qonun va tamoyillari ham bor. Ular yuqorida ko‘rsatilgan 
qonunlar bilan birga ma’naviyatga xos qonun-qoidalar tizimini tashkil 
qiladi hamda shu sohadagi narsa va hodisalar, voqea va jarayonlar 
orqali namoyon bo‘ladi. Mazkur tizimni hozirgi zamondagi o‘zga-
rishlar bilan bog‘lab o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ayniqsa, hozirgi davrda jahonda, 
shuningdek, O‘zbekistonda ham ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning 
ma’naviyat sohasidagi xususiyatlarini bilib olish, ilmiy dalillarni 
tajribada qo‘llash, mazkur yo‘nalishdagi vazifalarni aniqlash, zarur 
chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish