16
1.2. «Ma’naviyat asoslari» fanining kategoriyalari,
qonuniyatlari
Jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etadigan ma’naviy me-
zonlar va tamoyillarni, shu sohaga xos narsa va hodisalar, voqea va
jarayonlarni aks ettiradigan eng muhim va umumiy tushunchalar
tizimi. Ma’naviyatning mazmun-mohiyatini, uning boshqa sohalardan
farqini, o‘ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lish shakllarini ifoda
etadi. Ular shu sohadagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida jihat-
larini emas, balki umuman, insonning ma’naviy va ruhiy olamiga,
g‘oya, axloq, ma’rifat, madaniyat, din va boshqa umumiy belgilar,
aloqalar va munosabatlarni ham aks ettiradi. Ma’naviyat kategoriya-
lari ma’naviy hayotni chuqur va mukammal ifodalashi, uning barcha
sohalarida amal qilishi bilan bu boradagi oddiy tushunchalardan farq
qiladi. Shu tufayli ushbu sohaga aloqador har bir aniq tushunchaning
xususiyati va belgilarini anglashda ma’naviyat kategoriyalariga asos
va mezon sifatida murojaat etiladi. Kategoriyalarning mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri tushunish va ularni tasniflash, har bir fan, qola-
versa, insoniyat hayoti va ijtimoiy tafakkur rivoji uchun nihoyatda
muhim bilimlari va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi - haqiqat,
inson huquqlarining oliy ifodalari - erkinlik va tenglik; siyosatning
to‘g‘riligi - adolat, odamlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar - do‘stlik;
eng hokisor va beg‘araz tuyg‘ular asosidagi qalblarning bog‘langan-
ligi - muhabbat, orzu-umidlarga erishganlik – baxt-saodat, o‘z yurtini
sevmoq va ardoqlash - vatanparvarlik va h.k. Ushbu ideal-katego-
riyalar va ularga nisbatan teskari ma’noni anglatadigan yomonlik,
jaholat, yolg‘on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat,
xiyonat va boshqalar hayotda muayyan tarzda namoyon bo‘ladi.
Ma’naviyat kategoriyalari tizimini ta’riflashda axloq, madaniyat,
g‘oya, mafkura, ma’rifat va din bilan bog‘liq boshqa ko‘plab xususiy
tushunchalarni ham nazardan qochirmaslik lozim. Ular ma’naviyat
kategoriyalari tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ma’naviyat kategori-
yalari ushbu tushunchalar uchun umumiy mezon vazifasini bajaradi.
Ma’naviyat kategoriyalari bir tomondan, inson tafakkuri mahsuli,
ikkinchi tomondan, ma’naviy voqea va hodisalarning inson ongida
aks etish natijasi, uchinchidan esa inson ongini voqelikka
yaqinlashishi va dunyoni bilish vositasidir. Ma’naviyat kategoriyalari
17
ma’naviy hayot hodisalarini anglashda nazariy va metodologik
ahamiyat kasb etadi. Bunda ma’naviyat kategoriyalari birinchidan,
insonning jamiyatdagi hodisalar mohiyati va mazmunini, ularga xos
qonuniyatlarni anglash jarayonida erishgan bilimlarining natijasi,
ikkinchidan, hayotni yana ham chuqurroq bilish va uning sirlari
hamda qonuniyatlarini ochishda qo‘llaniladigan muhim ilmiy
vositalar hisoblanadi. Ularni bir-biridan ajratib yoki mutlaqlashtirib
yuborish noto‘g‘ri. Chunki ma’naviyatning o‘zi bir butun, yaxlit va
ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lganidek, ma’naviyat kategoriyalari
ham o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Ilm-fanning vazifasi
ularni bir-biridan farqlay olish hamda umumiy aloqadorlik va bir
butunlikda tadqiq etib, ma’naviyatning xususiyat va belgilarini
ochish, amaliyotda uning imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishga
ko‘maklashishdan iborat. Ilmiy-nazariy va metodologik nuqtayi
nazardan olganda, ma’naviyat kategoriyalari obyektiv ahamiyatga
ega. Ma’lumki, kategoriyalarni tarixda birinchi bo‘lib, Aristotel ta’rif-
lab bergan va bu ijtimoiy fikr taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan.
O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategoriya
va tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Bu masalaga ko‘plab
mutafakkirlar va atoqli faylasuflar ham katta ahamiyat berganlar.
Masalan, Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobida
insonga xos xislat va fazilatlarni «Yaxshi xulqlar» va «Yomon xulq-
lar»ga ajratgan, ularni milliy pedogogika nuqtayi nazaridan ta’riflagan.
Ammo, ma’naviyatshunoslik hozirgacha alohida fanga aylanma-
gani uchun unga xos qonun va kategoriyalar, tushuncha va tamoyillar
umumiy tizimga keltirilmagan edi. Hozirgi zamon ilm-fanida bu
masala Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat -
yengilmas kuch» asari mazmun-mohiyati bilan hal etildi. Mazkur
asarga tayangan holda ma’naviyat kategoriyalarining ma’nosi, namo-
yon bo‘lish xususiyatlari va shakllarini muayyan tizim sifatida
tavsiflash uchun nazariy-metodologik asoslar yaratildi. Asardagi fikr-
mulohazalarni umumlashtirib aytganda, ma’naviyat kategoriyala-
rining har biri uzoq tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan va
insoniyat hayoti hamda jamiyat tarraqiyoti uchun muhim ahamiyat
kasb etgan keng ma’noli tushunchalardir. Ma’naviyat, g‘oya,
mafkura, madaniyat, ma’rifat, din, axloq, nafosat bu sohadagi asosiy
kategoriyalar tizimini tashkil qiladi. Shuningdek, insonga xos
ruhiyat,
18
uning qalbi va ongi, ma’naviy qiyofasi, his-tuyg‘ulari va kechinmalari
majmuyi ham ana shu tizim doirasiga kiradi. Ushbu kategoriyalar
insoniyat tarixi va jamiyat taraqqiyoti jarayonida birdaniga va bir
yo‘la shakllanib qolmagan. Shubhasiz, insoniyat uzoq davom etgan
tarixiy jarayonda ma’naviy hodisa va narsalarga xos xususiyatlar va
belgilarni chuqurroq anglab, ulardagi juz’iy va umumiy tomonlarni
muttasil o‘rganib borgan. Ana shu asosda ezgulik, yaxshilik, adolat,
do‘stlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, sadoqat, vafo, e’tiqod, iymon
kabi ko‘plab tushunchalar shakllangan. Ular inson kamoloti,
jamiyatning ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib
boravergan. Shu ma’noda ma’naviyat kategoriyalari insonning hayot
hodisalari va ular bilan bog‘liq voqelikning mohiyatini, umrning
mazmuni va ma’nosini, o‘zining jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmatini
muttasil anglab borishi natijasida shakllangan tushunchalardir.
Ma’naviyat kategoriyalarining namoyon bo‘lish shakllari orasida
o‘z ahamiyatini, ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doimo
saqlab qoladiganlari ham bor: inson vujudining tirikligi, uning umri va
hayoti, sihat-salomatligi, sog‘lom nasl va avlodlar vorisligi, ijtimoiy
faoliyati va munosabatlari, mehnati, bilimi, muomalasi va boshqalar
shular jumlasidandir. Bular inson va jamiyat bor ekan, o‘zining ijti-
moiy ahamiyatini saqlab qolaveradi, ularning qarama-qarshisi bo‘lgan
o‘lim, kasallik, ma’nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar.
ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir. Tarraqiyotga intilish
bor ekan, tanazzul va boshqa illatlar insoniyatni doimo ta’qib qiladi.
Yuqoridagi ijobiy kategoriyalarning ahamiyati ham ularga teskari
bo‘lgan jihatlarga
nisbatan solishtirib, aniqlanadi. Ma’naviyat katego-
riyalarining eng oliy shakllariga ideal kategoriyalar sifatida qaraladi.
Jamiyat tarixining xamma davrlarida odamlar ezgu ideallarga intilib,
ularga erishishni orzu qilib yashaydilar. Kundalik hayotda va ilmiy
adabiyotlarda eng oliy ideal kategoriyalarga nisbatan bir qator ibora va
tushunchalar keng qo‘llaniladi: ma’naviy va axloqiy poklikning umu-
miy belgisi - yaxshilik; nafosat belgisi - go‘zallik mazmunga ega bo‘-
lib, ma’naviy hodisalar va jarayonlar tufayli ro‘yobga chiqadi, namo-
yon bo‘ladi, hayotning o‘ziga xos xususiyatlari, tomonlari, belgilarini
ifodalovchi voqelik sifatida inson tafakkurida shakllanadi. Ularning har
biri ma’naviyat yo‘nalishidagi barcha fanlar uchun ilmiy-metodologik
ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy kategoriyalar hisoblanadi.
19
Xullas, ma’naviyat kategoriyalari moddiy olamdan, uning
tushunchalaridan tubdan farq qiladi. Ko‘p hollarda ularning bahosi va
qiymatini aniq raqamlarda ifodalash qiyin, ularga xos xususiyat va
qadrli jihatlarni muayyan foizlar va ko‘rsatkichlar bilan o‘lchab
bo‘lmaydi. Bu borada ushbu tushunchalarning qadri, inson va jami-
yatga ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Aslini olganda ma’naviyat
kategoriyalarining aniq formulasi, timsolini topish qiyin, ularning
mazmun-mohiyati, qadri va ahamiyatini ko‘proq qiyoslash va taqqos-
lash orqali bilib olish mumkin. Shu ma’noda ma’naviyat katego-
riyalari inson hayotining ajralmas qismi, jamiyatda amalga
oshayotgan o‘zgarishlar va jarayonlarning inson ongidagi in’ikosi,
haqiqiy mezoni, bashariyat doimo intilib yashaydigan maqsad va
ideallar majmuyi, hamma zamonlar uchun ularning mazmun-
mohiyatini belgilaydigan eng muhim umuminsoniy qadriyatlarning
ifodasi bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |