Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Milliy ma’naviyat va qadriyatlar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Milliy ma’naviyat va qadriyatlar.
Millatlarning ma’naviy 
merosi, an’analari, urf-odatlari, milliy adabiyoti, san’ati umuminsoniy 
qadriyatlarning milliy darajada namoyon bo‘lish shartlari bilan 
bog‘langan. Ularning asosida har bir millat, xalq yoki elatning tarixiy 
rivojlanish jarayonida avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan 
madaniy xususiyatlari va jihatlari yotadi. Millat faqat muayyan 
hududda yashaydigan va bir xil tilda so‘zlashadigan kishilardangina 
iborat emas, balki umumiy madaniy-ma’naviy jihat va xususiyatlar 
asosida mavjud bo‘lib turgan tarixiy-ijtimoiy birlik hamdir.
Madaniy-ma’naviy soha bilan bog‘liq milliy ma’naviyatlarning 
amal qilishida uchta jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) kishilarning ijtimoiy ongi bilan bog‘liqlik;
b) kishilarning munosabati va faoliyati orqali amalga oshishi;
d) moddiy va ma’naviy sohada biror natija, yutuq, boylik va 
boshqa tarzda namoyon bo‘lishi.
Milliy ma’naviyat makon va zamonda madaniy sohadagi biror 
kashfiyot, yutuq, natija yoki ma’naviy boylik tarzida namoyon bo‘-
lishi mumkin.
Xalqning dahosi, ma’naviy-aqliy yetukligi, bilimlari, 
ilm-fanda erishgan yutuqlari ana shu natijalarda namoyon bo‘ladi 
(masalan, Misr ehromlari, Buyuk Xitoy devori, Rim va Afina, 
Samarqand va Buxorodagi yodgorliklar, alloma va mutafakkirlarning 
kashfiyotlari va h.k.). 
Har qanday millat kabi xalqimiz ham o‘ziga xos, betakror milliy 
ma’naviyatni yaratadi. Milliy ma’naviyatning egasi sifatida xalqimiz 
o‘z qadriyatlarini asrab-avaylab, rivojlantirib va takomillashtirib 
kelmoqda. Bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan 
bunyodkorlik faoliyati Prezident Islom Karimovning «Yuksak 
ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ko‘plab dalil va misollar orqali 
yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomillashuv 
jarayoni bilan bog‘liq, unda ba’zan asrlar kunlarga, kunlar asrlarga 
teng bo‘lishi mumkin. Milliy ma’naviy kamoloti zamonda, ya’ni 
millatning butun tarixi davomida yuz beradi. Insoniyat tarixiy 
jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix hodisalari, shaxslar, voqealar 


120
o‘tib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari yemiriladi, ammo 
ma’naviyati yuksalib, boyib, tobora kengroq ko‘lam va teranroq 
mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyat qismi ma’naviy 
tanazzulga yuz tutgan fojiaviy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat 
yo‘qolmaydi, ko‘lami va mazmuni jihatdan o‘zi yetishgan kamolot 
bosqichini to‘xtatmaydi, uni yo‘qotish uchun (shu jumladan, 
umuman, milliy ma’naviyatni ham) ajdodlar yaratgan barcha ma’na-
viy merosni mahv etish, insonlar xotirasini tamomila o‘chirib tash-
lash, ulardan hatto irsiy xotirani ham barbod qilib manqurtga 
aylantirish kerak bo‘ladi. 
Ko‘rinadiki, milliy ma’naviyat hodisasi ham tarixiy, ham 
bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan ko‘p o‘lchamli voqelikdir. 
Inson ma’naviy olami o‘lchamlari cheksiz bo‘lib, uni hech bir narsa 
bilan o‘lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy ma’naviyat avvalo, 
milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham 
mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy ongni rivojlantirishni 
tarbiyaviy ishning muhim bo‘g‘ini sifatida qaramoqdamiz. Milliy 
ongning rivojlanishi pirovard o‘zlikni anglash sari yetaklaydi. 
Milliy ma’naviyatimizning asosiy belgisi va o‘zagi milliy axloq 
sanaladi. Bizning milliy axloqimizdagi belgilar boshqa xalqlar 
axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon bo‘ladi. 
Milliy ma’naviyatimizda – milliy his, tuyg‘u, ruhiyat ham 
muhim o‘rin egallaydi. Chunonchi, zamona taqozosi bilan boshqa 
yurtga safarga borgudek bo‘lsak va o‘sha yerda milliy kuy, qo‘shiqni 
eshitgudek bo‘lsak, bizning vujudimizni ajib bir his, tuyg‘u qamrab 
oladi va undan ruhiy huzur olamiz, qanoat hosil qilamiz, ya’ni 
ma’naviy oziqlanamiz. 
O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari 
o‘tmish milliy ma’naviyatimizning davomi bo‘lib, ularga do‘stlik, 
mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tad-
birkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalik, jamoa ichida o‘zini 
tuta bilishlik, hayolilik, ozodalik, xushchaqchaqlik, mardlik, sami-
miylik, shirinso‘zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbat, 
insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, halollik, oru nomuslilik, to‘g‘rilik, 
poklik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, 
mehnatsevarlik, o‘tmishga hurmat, milliy g‘urur, mustaqillikni 
qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy-ma’naviy –
axloqiy fazilatlar kiradi. 


121
Millat, xalq bor ekan, uning ma’naviy dunyosida milliy jihatlar 
doim saqlanib keladi. O‘zbeklarning milliy ma’naviyati, erkak va ayol-
larning o‘ziga xos sharqona axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, qo‘ni-
qo‘shnilar, mahalla-kuy aloqalari, halollik, vijdon bilan bog‘liq ma’na-
viyati faqat o‘tmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir. 
O‘zga millatlarning ma’naviy qadriyatlari qanchalik ta’sir 
ko‘rsatmasin, kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, halollik, iy-
mon, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik singari milliy-ma’naviy 
fazilatlarimiz barqaror. Chunki bu ma’naviy xislatlar avloddan 
avlodga o‘tib, qon-qonimizga singib ketgan.
«Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, 
nomus, nafosat bobida, oila, qarindosh-urug‘larga nisbatan munosabat 
masalasida sharqona, o‘zbekona fazilatlarini tark etmaydilar. Millat 
bor ekan, uning ma’naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi. 
Odatda kishilar ko‘pincha ikki ishda katta xatoga yo‘l 
qo‘yadilar. Birinchisi – yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonma-
ganida, ikkinchisi – keksalarni qariya deb chetga surib qo‘yganida. 
Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog‘liq bo‘lgan katta tashabbus, 
kuch va g‘ayrat bo‘ladi. Keksalar esa hayot yo‘lida ko‘p issiq va 
sovuq kunlarni boshidan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda 
uzoqni o‘ylab, bosiqlik bilan ish qilish, etti o‘lchab bir kesish singari 
ma’naviy boylik va yetuk tafakkur salohiyati bor. O‘zbeklarning «qari 
bilganni pari bilmas» degan hikmatida ko‘p ma’no bor. Yoshlarning 
tashabbusi, kuchi g‘ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan 
bog‘langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning 
bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun ma’naviy kamolot va ibrat 
maktabidir. 
Sovet-totalitar tuzumi sharoitida ma’naviy-axloqiy fazilatlarning 
milliy jihatlari, an’nanalarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi. 
Ularni ma’naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. Sharq xalq-
larining, jumladan, o‘zbek xalqining ming yillik ma’naviy 
boyliklarini o‘zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari 
diniy xurofot sifatida qoralandi. 
Xalqimizning axloq, andisha, sharmu hayo, halollik va 
pokizalik, inson qadr-qimmati to‘g‘risidagi ma’naviy qadriyatlariga 
zid bo‘lgan Yevropacha an’analar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir 
o‘tkazdi. Shu tufayli ma’naviy tubanlik yuzaga keldi. Abdulla 


122
Avloniy va boshqa ma’rifatparvar fidoyilar XIX asrning oxiri va XX 
asrning boshlarida Turkistonda hukmron bo‘lgan ma’naviy inqiroz 
haqida gapirib, bu og‘ir vaziyatdan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, 
axloqiy yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd etgan 
edilar. «Tarbiya – degan edi Abdulla Avloniy, bizlar uchun yo hayot
yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir». 
Sovet totalitar tuzumi barbod bo‘lishi, O‘zbekistonning o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritishi jamiyatimiz ma’naviyatida chuqurlashib 
borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, 
xalqimizning baxti bo‘ldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda, 
milliy-ma’naviyatda poklanish, o‘nglanish, tiklanish jarayoni yuz 
berdi.
Yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik 
ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirish, 
iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik singari 
xislatlarni shakllantirish, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish 
hozirgi kundagi milliy-ma’naviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir. 
Milliy tarbiya – u yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishi-
larning milliy madaniyati, merosini, qadriyatlarni, urf-odatlarni, 
an’analarni o‘zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy 
ong va milliy o‘zlikni anglashning subyektidir. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish