115
5.2. Milliy ma’naviyat va uning xususiyatlari
Milliy ma’naviyat –
muayyan millatning tabiiy, tarixiy va
ijtimoiy rivojlantirish jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy
boyliklari, u yashayotgan hudud, madaniy meros, milliy madaniyat,
til, milliy ong, millat tarixi, o‘tmishi, turmushi va yashash tarzi,
hayotining tartib-qoidalari hamda bu bilan bog‘liq milliy xususiyatlar
majmuyini ifodalaydigan tushuncha. U umuminsoniy qadriyatlar tizi-
mida millatga xos eng umumiy jihatlarni aks ettiradi. Bu masalaning
mazmun-mohiyati «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida
batafsil tahlil etilgan.
Ushbu kitobga tayangan holda, milliy ma’naviyat tizimining
quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Millatning genofondi, tabiiy betakrorligi, o‘ziga xosligi, tarixiy
o‘zgaruvchanligi va ijtimoiy rang-barangligi.
2. Millat tarixi, o‘tmishi, kelajagi va ma’naviy merosi.
3. Milliy hudud, jamiyat va undagi jarayonlar, moddiy va mada-
niy yashash sharoitlari, iqtisodiy asos va ijtimoiy ustqurma bilan
bog‘liq jihatlar.
4. Urf-odatlar, an’analar, marosimlar, turmush tarzi va boshqa
milliylik, ular bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlar.
5. Milliy til, milliy madaniyat va ma’naviyat, milliy ong va mil-
liy ruh, milliy tuyg‘ular va g‘oyalar.
Bu qadriyatlar muayyan millat kishilari uchun umumiy bo‘lib
hisoblanadi. Milliy ma’naviyat muayyan millatga mansub qadriyat-
larni umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lovchi halqalardan biridir.
Muayyan kishi yoki shaxs umuminsoniy qadriyatlarni anglashda o‘z
faoliyatini ushbu qadriyatlar mezoniga moslashtirishda milliy
ma’naviyat bilan bog‘liq jihatlarni nazarda tutadi. Millat - har qanday
milliy ma’naviyatning egasi, milliy ma’naviyat tizimi tayanadigan
ijtimoiy asosdir. Millatning tanazzuli - milliy ma’naviyatning tanaz-
zulidir! Insoniyat tarixida Bobil, Vizantiya, Mayya imperiyalarini
vujudga keltirgan xalqlar bo‘lgani ma’lum, «buyuk sivilizatsiyalar»
deb yuritiladigan bu etnoslar keyinchalik turli xalqlar, millatlar,
elatlar bilan qorishib, o‘zlarining umumiy-tarixiy birligini yo‘qotgan
yoki tarixiy tanazzul jarayonlari, urush va nizolar oqibatida qirilib
ketgan. Amazonka bo‘ylari va Meksika o‘rmonlarida hozirgacha
116
vayronalari saqlanib qolgan mayya xalqi to‘g‘risida shunday xulosa
qilish mumkin. Qadimgi davrning eng buyuk madaniyatlaridan birini
yaratgan bu xalq tanazzulga uchragan, uning yozuvi unutilgan, 100 ga
yaqin shaharlari vayronaga aylangan va shu tariqa buyuk sivilizatsiya
markazlaridan birining chirog‘i so‘ngan.
Har bir millat o‘z qadriyatlarining yaratuvchisigina emas, balki
uni asrab-avaylovchi va kelajakka yetkazuvchisi hamdir. Milliy
qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi mas’uldir.
Hatto biror imperiya yoki davlatga qaram bo‘lgan millatning milliy
ma’naviyatini saqlash tuyg‘usi yo‘qolib ketmaydi. Millatni milliy
ma’naviyatning obyekti va subyekti sifatida tushunish u bilan bog‘liq
milliy ma’naviyat tizimini ilmiy tahlil qilishga ijtimoiy qadriyat
sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy ma’naviyatning
namoyon bo‘lishi, uning tarixiy rivojlanish jarayonida o‘tmishdan
kelajakka tomon harakatini tahlil qilishga imkon yaratadi. milliy
ma’naviyat kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’min-
laydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli
shakllarda namoyon bo‘ladi, kishining ongiga, hayot tarziga o‘ziga
xos tarzda ta’sir qiladi.
Milliy ma’naviyat kishilarning o‘zaro munosabatlarida, ijtimoiy
faoliyatida ko‘zga tashlanadi hamda ana shu munosabat faoliyat,
maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma’naviy asos bo‘ladi. Milliy
ma’naviyat va ularning aloqadorligi ifodasi bo‘lgan qadriyatlar tizimi,
millatning o‘zi bilan birga tarix silsilasi, zamona zayli, ijtimoiy va
siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Bu qadriyatlar
ko‘proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog‘liq.
Xalqlarning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy-etnik qadriyatlari
ravnaqi bilan uzviy aloqadorlikda davom etadi. Milliy ma’naviyat, o‘z
tabiatiga ko‘ra, turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa
xalqlar qadriyatlari yutuqlari bilan boyib boradi.
Umuminsoniylik tuyg‘usi faqat o‘z xalqi qadriyatini ardoqlash,
targ‘ib-tashviq etish bilan cheklanmaydi, balki u har bir xalq, elat,
urug‘ qadriyatlarini qanday holatda bo‘lsa, shundayligicha qabul
qilib, ularni hurmat qilishni taqozo etadi. Har bir millatning o‘zi
qadrlaydigan madaniyati, tili an’analari, urf-odatlari, marosimlari va
odob me’yorlari bor. Dunyoda aholisi son jihatidan ko‘p yoki kamroq
xalq bo‘lishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan
117
kam yoki ortiq millat yo‘q. Har bir millatning o‘ziga xos o‘tmishi,
madaniy va ma’naviy qadriyatlari, milliy qahramonlari bor.
Bir millatning o‘zga millat faoliyatini baholovchi hakam
bo‘lishga haqqi yo‘q. Biror-bir ta’limot davlat shakli yoki yashash
usulini qabul qila olmagani uchun muayyan millatni ayblab
bo‘lmaydi. Shu ma’noda, umuminsoniylik tuyg‘usi faqat bir millat
qadriyatlarini butun olamga yoyish yo‘li bilan emas, balki barcha
millat va elatlar qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish va
olamdagi milliy rang-baranglikning tabiiy rang-baranglik bilan uzviy
aloqada ekanligini anglash yo‘li orqali boyib boradi.
Milliy ma’naviyat millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy
turmushi, yashash tarzi, o‘tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati,
urf-odatlari, an’analari, tili, u vujudga kelgan hudud va boshqa bilan
uzviy bog‘langan. Ular xilma-xil shakllarda, bir-biri bilan uzviy
aloqada namoyon bo‘ladi, o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimini
tashkil qiladi. Bu tizimda tabiiy-tarixiy birlikni ta’minlovchi
qadriyatlar - qon-qardoshlik, madaniy-ma’naviy yaqinlik, o‘tmish va
ma’naviy meros, ona yurt tuyg‘usi kabi tushunchalarni ko‘rish
mumkin.
Millatning o‘ziga xosligi, betakrorligi, rang-barangligi va
ijtimoiy jarayonda o‘zgarib borishi bilan bog‘liq eng asosiy qadriyati
uning genofondidir. Genofond - faqat irsiyat orqali o‘tadigan tabiiy
o‘ziga xoslik emas, balki tarixiy belgilar, xususiyatlar, rang-baranglik
va o‘zgaruvchanlikni ham o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun biror
xalq, millat, elatni yo‘qotish uchun qilingan tajovuz «genotsid» deyi-
ladi. Millatning genofondi uning asosiy tarixiy, milliy ma’naviyatidan
biridir. Bu tushuncha muayyan tabiiy tarixiy yoki biologik birlikning
ma’lum bir hududda uzoq yashashi natijasida shakllangan va
ajdodlardan avlodlarga o‘tadigan tabiiy, biologik xususiyatlari hamda
jihatlarining yig‘indisini ifodalaydi. «Genofond» tushunchasi ayniqsa,
qon-qarindosh millatlardan tarkib topgan xalqlarning tarixiy birligi
sifatida ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan uzoq davrida mavjud bo‘lishi
mumkinligini aks ettiradi.
Millat tarixiy o‘zgarishlar, urush va qirg‘inlar natijasida asta-
sekin o‘zgarishi, kamayib ketishi mumkin. Ammo uning genofondi
o‘zgarishi millatning nihoyatda tez o‘zgarishiga, avlodlaridan meros
qolgan tabiiy-tarixiy xislatlarining tez yo‘qolib ketishiga olib keladi.
118
Sobiq Ittifoq davrida millatlarning genofondini saqlash muammolari
to‘g‘risidagi masala bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borilmadi. Bu
davrda «sotsialistik eksperiment»lar jarayonida odamlar boshiga
tushgan turli xil qatag‘onlar, urushlar, butun-butun millatlarning o‘z
tarixiy vatanidan ko‘chirib yuborilishi, soxta shiorlar bilan «yuz
mingchilar», «sakson mingchilar» va boshqa harakatlar natijasida
aholi katta qismining ko‘chib yurishi, ekologik tangliklar boshqa
mamlakatdagi xalqlar, millat va elatlarning genofondiga salbiy ta’sir
qilmay qolmadi.
O‘zbekistonda hozirgi davrga kelib bu masalaga alohida jiddiy
e’tibor berilayotgani, sog‘lom avlodni tarbiyalash, millat genofondini
sog‘lomlashtirish umumdavlat miqyosidagi vazifaga aylangani bejiz
emas. Chunki millatning genofondi uning betakrorligini anglatadi, bu
betakrorlik esa ushbu millat tarixiy rivojlanishning muayyan davrlari
bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu betakrorlikni umuminsoniylik
jihatidan baholash - o‘z millati qadriyatlarini xolisona targ‘ib qilish,
o‘zga millatning qadriyatlariga putur yetkazmaslikka asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |