Milliy til va ma’naviyat. Milliy ma’naviyatning asosiy belgi-
laridan biri – millat uchun umumiy muomala vositasi bo‘lgan milliy
tildir. Mutaxassislar jahonda 5000 ga yaqin til borligini qayd etadi,
ularni 15 ta katta oilaga bo‘lib o‘rganadi, tillarning takomillashuvi
bilan birga, ular tarqalgan hududning maydoni ham o‘zgarib borishini
ta’kidlaydi. Masalan, VII asrgacha Arabiston yarim orolining bir
qismida tarqalgan arab tili, undan keyingi bir necha asr mobaynida
Afrika va Osiyoning boshqa hududlariga ham tarqaladi. Xuddi
shunday turkiy tillar ham Kichik Osiyodan Sharqiy Sibirgacha
119
bo‘lgan keng hududda tarqalgan. Shu bilan birga, qadimda Osiyoda
keng tarqalgan xettlar tili esa butunlay yo‘qolib ketgan. Turkiy
xalqlarning tili biz uchun umummilliy qadriyatdir.