Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 


161
 
 
 
 
 
 
Martabayu izzatni ilmdan izla. 
Moturidiy 
7-mavzu.
 Islom dinida ma’naviyat va shaxs ma’naviy
qiyofasining talqini 
 
7.1. Din – inson ma’naviyatining tarkibiy qismi 
Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. 
Bu dinga e’tiqod etuvchilar – musulmonlar jahonda 1mlrd. 700 
milliondan ko‘proq kishini tashkil etadi. 
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII 
asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Uning asoschisi payg‘ambar 
Muhammad alayhissalom (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga 
mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda 
Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. 
Ammo, zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z 
tarafdorlari bilan Madinaga ko‘chadi. Shu yildan musulmonlarning 
hijriy-yil hisobi boshlanadi.
630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va 
musulmon davlati shakllanadi. Muhammad alayhissalom vafotidan 
keyin, bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) 
boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda 
«Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab, arab xalifaligi katta
hududlarni egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari – Movarounnahr VII asr 
boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, 
ular bilan birga islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab 
Markaziy Osiyoda islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va 
ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini 
boshidan kechirdi. 
Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’oni Karim va Hadis 
to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan 
ilohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan. 
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissa-
lom tomonidan Muhammad alayhissalomga nozil etilgan. Bu 
muqaddas kitob yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy 


162
ahkomlar manbayidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash 
xalifa Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa hazrati Usmon davrida 
yakunlangan va keyinchalik besh nusxada ko‘chirilgan. Ana shu 
ko‘chirilgan dastlabki nusxadan biri Movarounnahr musulmonlari 
diniy idorasida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning 
yuritimizda bo‘lishi Ollohning bizning yurtimizga bo‘lgan inoyati deb 
bilmoq lozim. 
Ilohiyotda islom dini uch ko‘rinishdan– iymon, islom, ehsondan 
iborat, deb e’tirof etiladi. 
Hadislar islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. 
Hadislar to‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad 
alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomo-
nidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon etilgan. 
Hadisi shariflarni yig‘ib, kitob shakliga keltirish, asosan 
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin 
amalga oshirilgan. 
Bu sharafli ish hijratning III asriga kelib keng quloch yozdi va u 
hadisshunoslikning oltin davri deb ataladi. Islom olamining o‘sha 
davridagi madaniy markazlaridan sanalgan Bag‘dod, Kufa, Basra, 
Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda 
hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi muhaddislar ko‘p bo‘lgan. Ular 
ichida eng ishonchli sanalganlari oltita bo‘lib bularni imom Buxoriy, 
imom Abu Muslim, imom Abu Davud, imom At-Termiziy, imom 
An-Nasaviy va imom ibn Mojjolar tuzishgan. Bu buyuk muhaddis-
larning to‘rt nafari turonzaminlik bo‘lgani bizning faxrimizdir.
Mustaqil O‘zbekistonda shu munosabat bilan xalqaro anjuman 
o‘tkazildi. Muhaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ish 
bo‘lganki, u muhaddisdan aql-zakovatni, kuch-quvvat, fidoiylik, 
yuksak iqtidor va hofizani talab qiladi. Masalan, imom Buxoriy jami 
600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «Sahih» va 200 ming 
«G‘ayri sahih» hadislarni yod bilganliklari aytiladi. 
Islomda axloqiy-huquqiy qonun-qoidalar – Majmuyi shariat XI-
XII asrlarda to‘la shakllangan. Shariat qonun-qoidalari Qur’on va 
sunnat asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-
iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-
qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar «Hidoya», 
«Viqoya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari viqoya» nomli kitoblarda 


163
jamlangan. Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir 
mo‘min-musulmon ijtimoiy holatidan qat’iy nazar Allohning bandasi 
sifatida birday amal qilishi talab etiladi. 
Buyuk ajdodlarimiz ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, 
ilmga asoslanmagan amal Alloh huzurida ma’qul emas degan udumga 
rioya qilganlar. Shu tamoyilga vijdonan va halollik bilan rioya qilib, 
jahon mutafakkirlari qatoridan munosib o‘rin olishdi. Ular uchun 
Qur’oni Karimning:
 
«Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘la 
oladimi»? Bu bilan Alloh taolo biladiganlarning martabasi balandroq 
ekanini ta’kidlaydi. Tangri taolo Toho surasining 114-oyatida 
Payg‘ambarimizga: «Ey rabbim, menga ilmni ziyoda qilgin!», deb 
so‘raydi. Dunyoda ilmdan boshqa ziyoda narsa bo‘lganida, Alloh 
taolo Payg‘ambarimizga, ilmimni ziyoda qil» deb so‘rashni buyur-
masdi. Ilm egallagan kishi ikki dunyo saodatiga erishadi. Rasululloh 
s.a.v. o‘z hadislaridan birida shunday deganlar: «Alloh taolo kimgaki 
yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni din ilmini tushunadigan qiladi». 
Haqiqiy ilm shunday ilmki, u kishida Allohdan qo‘rqish hissini 
vujudga keltiradi. Johil kishi esa go‘zal axloqlardan bebahra bo‘lib, 
halol va haromning farqiga bormaydi. Johil odamlardan har qanday 
yomonlik kutish mumkin bo‘lganidek, ular jinoyatning ham manbayi, 
sababchisi bo‘ladilar. Aksincha, Allohdan qo‘rquvchi kishilar esa chi-
nakam ulamolardir. Fotir surasining (28-oyati bunga dalildir: 
«Allohdan bandalari orasidagi olim - bilimdonlarigina qo‘rqur». Bu 
ahli ilm egalari va ahllariga berilgan yuksak bahodir. Rasulolloh s.a.v. 
o‘z hadislaridan birida bunday deganlar: «Olimning obiddan afzalligi 
to‘lin oyning yulduzlardan ortiqligiga o‘xshaydi». Demak, olim 
kishilar obidlarga nur, ziyo beruvchilardir. 
Darhaqiqat, olimlar inson ruhini va e’tiqodini tarbiya etuvchi 
kishilardir. Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga nasihat qilib: «Ey 
o‘g‘lim, suhbat qurmoqchi bo‘lsang, ulamolar bilan qurgin, ularning 
suhbatidan qolma. Zero, Alloh taolo yerni yomg‘ir suvi bilan 
tiriltirganidek, insonlarning qalblarini hikmat nuri bilan tiriltiradi» 
deganlar. Ilmning qadri Alloh va uning Rasuli oldida ulug‘ 
bo‘lganligi uchun Payg‘ambarimiz ummatlarining barchasini olim 
bo‘lishga da’vat etganlar: «Ilm talab qilmoq har bir erkak va ayol 
musulmonlar uchun farzdir». Boshqa bir hadisi sharifda esa ilm 
istashning chegaralanmaganligini qayd etib, bunday deganlar: «Ey 
mo‘minlar, beshikdan to qabrgacha ilm talab qilinglar». Ilmga jiddu 
jahd qilgan insonlar qancha ko‘p o‘qisa, u o‘zidagi bilim dengizdan 


164
tomchi ekanligini his qila boradi. Aksincha, oz ilmdan xabardor 
bo‘lib, uning bilan chegaralanib qolgan odamlarda o‘zini bilimdon 
qilib ko‘rsatish, gerdayish kabi salbiy illatlar mavjud bo‘ladi, ular 
o‘zlarini boshqalardan dono his qiladilar.
Islomda har bir harakat odob va axloq normalariga bo‘ysun-
dirilgan. U izchil targ‘ibot va tashviqot asosiga qurilgan. Natijada har 
bir musulmon e’tiqodda mustahkam, irodali inson sifatida sobit bo‘lib 
yetishgan.
Islomiy ma’naviyat insonning komil darajaga yetishishini 
ta’minlaydigan mukammal axloqiy tamoyillar tizimini yaratdiki, bular 
hayotda, kundalik turmushda g‘oyat zarur madaniy-ruhiy ehtiyojlarni 
qondira olish xususiyatiga ega. Islomda muomala odobiga juda katta 
e’tibor berilgan. Negaki tinchlik, osoyishtalik hukm surishi va 
ta’minlanishida muomalani to‘g‘ri olib borish muhim ahamiyatga ega. 
O‘zaro muomalani to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasdan eng kichik bir ishni 
amalga oshirib bo‘lmasligi ayon. Binobarin muomala madaniyatining 
oilada, ahli jamoada, jamiyatda to‘g‘ri yuritilishi yutuqlar garovi, 
taraqqiyot manbayidir. Islomning o‘zaro munosabatlardagi talablari-
dan biri bu xushxulqli bo‘lishdir. Bu to‘g‘rida Payg‘ambarimiz 
shunday deganlar: «Kimgaki yumshoqlik nasibasi berilgan bo‘lsa, u 
kishiga dunyo va oxirat yaxshiligidan iborat nasiba berilgandir». 
Darhaqiqat shirinso‘z, axloq-odobi go‘zal insonga hamma talpinadi, 
aksincha dag‘al, qo‘pol xatti-harakatli odamdan hamma uzoqlashadi. 
Shu bois Payg‘ambarimiz s.a.v. o‘z ummatlarini ko‘rkam xulqli 
bo‘lishga chaqirib, shunday deganlar:
 
«Qiyomat kunida mo‘min 
bandaning barcha amallari taroziga qo‘yilganda eng tosh bosadigan 
amali yaxshi xulqidir. Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qiluvchilarni 
o‘ziga do‘st tutmas». 
Yaxshi xulq insonlarga ziynat beradigan libos bo‘lsa, hayo uning 
bezagidir. Imom Termiziy sahoba Abu Hurayradan rivoyat qilgan bir 
hadisda shunday deyishadi: «Hayo iymondandir, iymon, ya’ni iymon 
ahli jannatdadur. Behayolik jafodandur, ahdiga vafo qilmaydigan ahdi 
jafo do‘zaxdandur». 
Inson hayotining negizi va manbayi tinchlikka asoslangan. Agar, 
insoniyat hayotidan tinchlik yuz o‘girib, xavf-xatar, urush, talash 
maydoniga tortilsa, o‘sha hududda osoyishtalik buzilib, rivojlanish va 
taraqqiyot so‘na boradi.
Islom dinida umumbashariy manfaatlarni himoya qilish faqat 
musulmonlar inoqligi emas, balki boshqa dinlar, g‘ayridinlar ahlini 


165
ham inoqlik, hamjihatlikka chorlaydigan oyati karimalar ham mavjud. 
Islom ta’limoti bag‘ri kenglik, osoyishta bo‘lib yashashni targ‘ib 
qilishda ham ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam qila olgan. Bu islom 
dinining tinchlik va chinakam birodarlik dini ekanligidan dalolat 
beradi. Unda millatchilik, milliy ayirmachilik xususiyati yo‘q va 
undan tamomila yiroqdir.
Nikohga asoslangan oilaning bashariyat tarixida paydo bo‘lishi 
bilan odamzod hayotiga ma’naviyat muhri bosilib, boshqa jonzot-
larning hayotidan tubdan farqlanadigan xususiyatga ega turmush tarzi 
kashf etildi, oilaviy shajara vujudga keldi. Bashariyat oilaviy 
munosabatlarga tortilib, uning ijtimoiylashuvi boshlandi. Oilaning 
ijtimoiy va madaniylashuvi moddiy hayot ehtiyojlari bilan yonma-yon 
ma’naviy ehtiyojlari bo‘lishini zaruratga aylantirdi. Bular ko‘p qirrali 
masalalar bo‘lib, oila axloqi, oila tarbiyasi, oila ruhiyati, oila huquqi, 
mulkiy huquq kabi ijtimoiy organizmning vujudga kelishini 
ta’minladi. Oilada ma’naviy hayotning mustahkam asoslari 
yaratilishi, mustahkam jamiyat, xalq vujudga kelishida ham muhim 
ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa oila taraqqiyoti jamiyat va davlatning 
paydo bo‘lishi, rivojlanishida katta o‘rin tutdi. Uning zamirida 
jamiyat va davlat ma’naviy hayoti kurtak yozdi. Islom dini inson 
ma’naviy hayotining muhim negizi bo‘lgan uylanish, oila, ya’ni 
naslni davom ettirish, pokiza oila, sadoqatli oilaviy munosabatlarga 
alohida e’tiborini qaratdi. Uning asosini juft bo‘lib yashash, ya’ni 
uylanish, unga qo‘yilgan axloqiy talablarda Quroni Karim va Hadisi 
sharif hamma narsani faqat hazrati inson manfaatlariga qaratdi. Shu 
bilan islom insoniyat tarixida oila qurish, shuningdek, uylanishning 
axloqiy poydevoriga tayangan tamoyillarini yaratdi, «sharqona oila» 
sharqona ma’naviy pokiza turmush tarzi tushunchalari, atamalari 
uyg‘unlashib, umumbashariy qadriyatga aylandi. Hozirga qadar bu 
sifatlar mujassamlashib, bizning oilaviy turmush tarzimizni axloqiy 
go‘zallik bilan boyituvchi sarchashma manbayiga aylanib 
ulgurganidadir. Bu ijobiy xususiyatlar milliy qadriyatlar bilan 
uyg‘unlashib ketganligi ham shundandir. 
Oilaning mustahkam bo‘lishi jamiyatning, qolaversa davlatning 
mustahkam bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Oila, jamiyat va davlat
ijtimoiy hayotning asosiy zanjiri va halqasidir. U zanjirning mustah-
kamligi ortib borishi jamiyat osoyishtaligi va farovonligi garovidir. 


166
Oilaning ma’naviy hayoti tobora va tinimsiz boyib, sayqal topib 
borishidan butun bir xalq va millat, qolaversa, jamiyat manfaatdordir. 
Buni islom dini alohida diqqat markazida tutdi. Payg‘ambarimiz 
Muhammad s.a.v. «Nikoh (uylanish) mening sunnatim, kim undan 
yuz o‘girsa mening ummatim emas», deb marhamat qilganlar. 
Bugungi kunda yosh oilalarning vujudga kelishida milliy 
tarbiyani kuchaytirish oilalarda zaiflashgan, avvalda hayotning og‘ir 
sinovlaridan asrlar davomida muvaffaqiyatli o‘tgan milliy qadriyat-
larni tiklash, hayotimiz mazmuniga singdirish bilan mustahkam oila, 
iymon asosiga qurilgan, odob poydevori bilan ihotalangan sharqona 
oilamizni bunyod etish lozim. 
Buning uchun islomiy udumlarimiz va hodisalarimizning oila 
ma’naviy hayotida o‘rin tutishi, mohiyatini to‘laroq anglash, ularning 
oila muhitiga ijobiy ta’sirini his qilish darkor. Ularga amal qilish 
tufayli insonlar havas qiladigan oila muhiti va munosabatlari vujudga 
kelishiga shubha yo‘q. Chunki uning yo‘riqlari g‘oyat hayotiyligi, 
insonlar manfaati va jamiyat manfaatlariga mosligi bilan alohida 
qimmatga ega. Ularning o‘rnini hech bir narsa bosmaydi va to‘ldira 
olmaydi. Juda ko‘p voqea va hodisalarning yakuni ijobiy yoki salbiy 
hal bo‘lishi, bu muomalaning qanday darajada olib borilishiga 
bog‘liq.
Oilaning muqaddasligi, uni asrash mas’uliyati burch bilan 
bog‘lanib ketadi, kelin-kuyovning qo‘sha qarishini el-ulus yaratgan-
dan so‘rab minglab qo‘llar duoga qo‘l ochadi. Ana shu duolarning 
ijobat bo‘lishini ta’minlaydigan muhim talablardan biri bu eru 
xotinlar o‘rtasidagi muomala va oiladagi axloqiy munosabatlarning 
izchil tarzda davomiyligini ta’minlashga erishishdir. Negaki, «Bir kun 
janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi», degan xalqimizning 
hikmatli maqoli bejiz aytilmagan. 
Er-xotin, kelin-kuyov o‘rtalaridagi muomala va oilaviy 
munosabatlarning muhim ahamiyati Payg‘ambarimiz Muhammad 
s.a.v. hadislarida keltirilishi ham shundan. Ya’ni «Mo‘minlarning 
ichida iymoni komilrog‘i axloq-odobi chiroyli bo‘lganidir. Sizlarning 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish