Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari, bosqichlari



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
6.2. Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari, bosqichlari 
 
Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklar O‘rta 
Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati takomil bosqichlari bu o‘lka 
xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
ushbu sahnda yuz beruvchi hodisa sanaldi. Xalqimiz madaniy 
taraqqiyoti o‘ta murakkab tarixiy hodisalar majmuyini tashkil etib, 
o‘z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab 
va ko‘p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonidan asosiy 
bo‘g‘inlarini ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz 
rivojlanishi bosqichlari haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. 
1.
Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.
2.
Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma’naviyatimiz-
ning o‘rni va mavqeyi. 
3.
Yangi davr jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz tako-
mili masalalari. 
Islomgacha bo‘lgan milliy ma’naviyatimiz va uning takomil-
lashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini to‘rtga bo‘lish 
mumkin. 
1. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» va turkiy bi-
tiklar.
2. Qadimgi Shumer, Bobil, Ashshur, Misr, Yunon, Hind, Xitoy 
manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklar. 
3. Arxeologik yodgorliklar-moddiy yodgorliklar va turli 
inshootlar. 
4. Xalq og‘zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odatlar, 
marosimlar, o‘yinlar, bayramlar va boshqalar. 
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyat va ma’rifati haqi-
dagi ma’lumotlar asrlardan asrlarga o‘tib, hozirgacha saqlanib qolgan 
xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar va qadimiy yozuvlarda saq-
lanib qolgan. 


143
Xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, tafakkur va dunyo-
qarashi, hayotga, voqelikka munosabatining ifodasi bo‘lgan bunday 
xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy mafkuramiz oziqlanadigan 
manbalardir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy afsonalari turli mavzu-
larda bo‘lgan. Chunonchi kosmogonik afsonalar, hayvonlar va qush-
lar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi afsonalarda yaxshilik 
baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik, zulmat va 
dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo‘yilgan. Shu asosda baxt o‘lkasi 
va baxtsizlik o‘lkasi degan afsonalar yuzaga kelgan. Yaxshilik va 
yomonlik kuchlari o‘rtasidagi kurash afsonaviy obrazlar Mitra, 
Anaxita, Qayumars, Yeima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida 
mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi afsonalar zardo‘shtiylikning 
«Avesto» kitobiga ham kirgan. Mitra – quyosh xudosi. U kishilarga 
nur issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi 
qurollangan bo‘lib, dushmanlarga dahshat soladi, odamlarni turli balo 
va ofatlardan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo‘lgan 
pahlavon sifatida tasvirlangan. U dushmanga nisbatan shafqatsizlik 
bilan jang qiladi va uni mahv etadi. Mitra o‘tda kuymas, suvda 
cho‘kmas, o‘q o‘tmas qahramon.
Qayumars haqidagi afsona ham «Avestoga» kiritilgan. Mifalo-
giyaga ko‘ra Qayumars yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam 
bo‘lib, go‘yo u Axuramazda tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: 
ho‘kiz va odamdan tashkil topgan. Insoniyatning ashaddiy dushmani 
bo‘lgan Axriman Qayumarsni o‘ldiradi. Qayumars tanasining ho‘kiz 
qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 
xil foydali hayvonlar paydo bo‘ldi. Tananing odam qismidan esa 
erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi. 
Yima (Jamshid) haqidagi afsonada odamlar uchun najotkor 
hukmron obrazi tasvirlangan. Shunday qilib, yuqoridagi kabi xalq 
og‘zaki ijodi-afsonalarda xalq najotkori va xaloskori tasvirlandi, ki-
shilarning ma’naviy g‘alabasi va o‘z kelajagiga ishonch tasvirlangan. 
Xalq og‘zaki ijodida mifologik obrazlar bilan birga afsonaviy 
qahramonlar obrazi ham yuzaga kelgan. Bu qahramonlar kishilarning 
osoyishtaligi va baxt-saodati uchun kurashib, fidokorlik ko‘rsatadilar. 
Chunonchi, Gershasp va Elikbek haqidagi afsonalarda ajdar va 
jinlarni engan, o‘limdan qo‘rqmas, mard, bahodir kishilarni 
halokatdan qutqaruvchi qahramonlar obrazlari tasvirlangan.


144
Qadimgi O‘rta Osiyo aholisi yaratgan og‘zaki adabiyot yodgor-
liklari orasida qahramonlik eposi muhim o‘rin tutadi. Ularda xalqi-
mizning chet el bosqinchilari qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy 
o‘rinni egallagan. 
To‘maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi xalq 
og‘zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental 
obrazlari yaratilgan. «To‘maris» eposida O‘rta Osiyo xalqlarining 
chet el bosqinchilariga, xususan eramizdan avvalgi VI asr o‘rtalarida 
bu o‘lkaga bostirib kirgan eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi 
massaget qabilalarining qahramonona kurashi aks etgan. Kir qo‘shini 
tor-mor etilib, uning o‘zi jang maydonida o‘ldiriladi, kallasi tanasidan 
judo etilib, qon bilan to‘ldirilgan meshga solinadi.
«Shiroq» eposi ham O‘rta Osiyo xalqlarining chet el bosqin-
chilariga qarshi qahramonona kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik 
va jasorat, vatan va o‘z xalqi baxti-saodati yo‘lida fidoyilik qilishga 
shay, tayyor turish kabi yuksak ma’naviylik sak qabilasining cho‘poni 
Shiroq timsolida gavdalangan.
Qadimgi turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan bizgacha 
O‘rxun-Yenisey va uyg‘ur tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. 
O‘rxun – Yenisey yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo‘lib, 
ulardan Kul-Tegin, Bilka qoon, Tunyukuk qabrtoshlariga o‘yib 
yozilgan matnlar, ayniqsa, ahamiyatliydir. Bu yozuvlarni turkiy - run 
yozuvi ham deb yuritiladi. Run yozuvi – «yashirin», «sirli» yozuv 
demakdir.
Kul-Tegin Bilka qoonning ukasi bo‘lib, 732-yili vafot etgan. U 
urishlarda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatgan. Kul-Tegin qabr toshida 
Bilka qoonning tilidan aytilgan judolik qayg‘usi marsiyasi badiiy til 
vositasida ifodalangan. U o‘z ukasining vafotidan juda qayg‘uga 
tushadi. Chunonchi, «Agar Kul-Tegin bo‘lmasa edi, hammangiz 
halok bo‘lur edinglar. Mening inim Kul-Tegin o‘ldi, men qattiq 
qayg‘urdim, ko‘rar ko‘zlarim ojiz bo‘ldi, aql-fahmim o‘tmas bo‘lib 
qoldi, o‘zim qayg‘urdim. Qiyomatni ko‘k samo (xudo) taqsim qiladi. 
Odam bolasi o‘lim uchun tug‘ilgan» kabi so‘zlar yozilgan.
Kul-Tegin qabr toshi yozuvi turk hoqonligi davlatining 
ijtimoiy-siyosiy hayoti qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili, ma’na-
viyati va mafkurasi bilan tanishtiruvchi manbadir. Markaziy Osiyoda 
ma’naviyat bilan birga ma’rifat ham rivojlangan. Ma’rifat rivojining 


145
isboti sifatida bu o‘lka xalqlarining yozuvini ko‘rsatish mumkin. 
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida oromiy, yunon, 
forsiy mixxat yozuvi mavjud bo‘lgan. Keyinchalik xorazm, so‘g‘d, 
kushon, run, (O‘rxun -Yenisey), uyg‘ur yozuvi kelib chiqqan. 
Qadimgi O‘rta Osiyoda astranomiya, geometriya, geodeziya, 
matematika, fizika, medetsina fanlari rivojlangan. Bizga qadar 
saqlanib qolgan so‘g‘d kalendari va Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi 
ma’lumotlar bu o‘lkada, ayniqsa, astranomiya fani rivojlanganidan 
darak beradi.
«Avesto» – milloddan avvalgi VII-VI asrlarda markaziy Osiyo 
hududida Xorazm vohasida yaratilgan va «Avesto» ya’ni «hayot 
yo‘riqnomasi» zardushtiylik dinini shakllantirishga asos bo‘lgan 
nazariy manbalarning umumiy va bu dinning asosiy kitobi. Markaziy 
Osiyo xalqlarining qadimgi davrlaridagi moddiy va ma’naviy hayoti, 
diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odatlar va 
qadryatlari haqida ma’lumot beradi.
Milloddan avvalgi XIII asrdan to milodiy IV asrgacha bo‘lgan 
davrdagi tarixiy voqealarni aks ettirgan. Unda ma’naviy yuksaklikka 
da’vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkam-
lashga oid fikrlar, ezgu g‘oyalar, ma’budalar sha’niga aytilgan madhi-
yalar, duolar ham o‘z ifodasini topgan. Dualizm, ruh va moddiy 
hayotning o‘zaro uyg‘unligini tan olishga asoslangan zardushtiylik 
diniga ko‘ra, butun olam yorug‘lik va zulmat, hayot va o‘lim, tana va 
jon, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va tobelik singari qarama-qarshi
hodisalar o‘rtasidagi azaliy va abadiy kurash asosiga qurilgan. Bu 
kurash yaxshilik xudosi Axuramazda bilan yomonlik tangrisi 
Axriman orasidagi doimiy olishuv timsolida hech qachon 
to‘xtamaydi.
«Avesto» quyidagi besh qismdan: 
1.
Vendidod – 22 bobdan iborat bo‘lib, unda Axuramazda
yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.
2.
Vispard – 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlaridan 
tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuylanadi. 
3.
Yasna – 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik vaqtida, 
marosimda aytiladigan qo‘shiqlardan tashkil topgan. 
4.
Yasht – 22 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, zardushtiylik 
ma’budalari madhi kuylangan. 


146
5.
Xurda Avesto – Kichik Avesto – quyosh, oy va boshqa xudo 
hamda ma’budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan 
iborat. 
Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra podsho Doro 
ibn Doro xazinasida «Avesto»ning 12 mingta mol terisiga tilla suvida 
yozilgan 32 ta kitobdan iborat nusxasi bo‘lgan. Aleksandr Make-
donskiy «Avesto»ning beshdan uch qismini yoqib yuborgan, uning 
tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo‘limlari esa yunon 
tiliga tarjima qilingan.
Zardo‘shtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto»da ma’na-
viyat va ma’rifat masalalari va uning bugungi kun uchun ahmiyati 
haqida fikr yuritamiz. Axuramazda odamlarni bir-birlari bilan 
murosa qilib yashashni odat qilishlari: g‘arazgo‘ylik, hasadgo‘ylik, 
kalondimog‘lik, shuhratparastlik kabilarga yo‘l qo‘maslik, qonunsiz 
ishlardan o‘zlarini tiyib yurish uchun intilishga chaqiradi. Bergan 
so‘zining ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda 
shartnomalarga amal qilish, qarzini vaqtida to‘lash, aldamchilik va 
xiyonatdan xoli bo‘lish – iymonlilik alomatlari ekanliklari aytiladi. 
Iymonli odam o‘g‘rilik va talonchilikdan, begonalarning molu – 
dunyosiga ko‘z olaytirishdan, o‘z-o‘ziga xiyonat qilish, yana o‘z 
iymoniga xilof ishlardan o‘zini saqlay biladigan komil insondir.
Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko‘proq qayg‘uring, ya’ni 
avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo‘lsa, moddiy turmishingiz ham 
mukammal bo‘lib, boraveradi, deyiladi «Avesto»da.
«Avesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik, 
moddiy noz-ne’matlar manbayi deb biladi. Inson sahovatli bo‘lishi 
uchun avvalo mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noz-ne’matlar yaratishi 
zarurligi o‘qtiriladi. «Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u 
Mazdaga, ixlosmandli, e’tiqodini olg‘a suradi, iymonini oziqlantirib, 
turadi». Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan 
barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish – 
yerdagi yovuzlikni yo‘qotishda, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib 
chiqqanda, - deyiladi «Avesto»da, -devlar larzaga keladi. G‘alla o‘rib 
olinyotganda devlar nola –faryod chekadi, g‘alla yanchilib, un 
qilinayotganda ular mahv bo‘ladi....» deb mehnat ulug‘lanadi. 
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda. 


147
Gumata – yaxshi fikr, Gugta-yaxshi so‘z, Gavarshta – yaxshi ishda 
ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat 
baxsh etaman»,- deb ta’kidlaydi Axuramazda. 
Yaxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va 
xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va 
saodati uchun faol kurashga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va 
totuv yashash va boshqalar tushuniladi. Yaxshi so‘zlar deganda esa 
o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan chiqish, savdo-sotiq 
ishlarida halol bo‘lish, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan 
o‘zini tiyish va hokazolar tushuniladi. 
Yaxshi ishlar deganda insonning o‘z hatti-harakatida yaxshi fikr 
va yaxshi so‘zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga 
og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi. «Avesto» bitiklari qadimgi 
yunonlar, rimliklar, yahudiylar, suriyaliklar va boshqa xalqlar 
tomonidan chuqur o‘rganilib, undagi eng qimmatli bilimlar fikr va 
g‘oyalar, amaliy tajribalar o‘zlashtirib olingan. Ayniqsa, «Avesto» 
yunon falsafasiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazgan «Avesto» bo‘yicha 
asrlar davomida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida chuqur ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilgan va bu ishlar bugungi kunga qadar davom 
etmoqda. 
Sobiq sovet davrida «Avesto»ning ilk vatani bo‘lmish 
O‘zbekistonda bu kitobni sistemali ravishda o‘rganishining imkoni 
bo‘lmadi. Qadimgi ajdodlarimizning ezgu g‘oyalari, milliy 
davlatchilik an’analari, turmush tarzi va mentalitetini aks ettirgan bu 
kitob faqat mustaqillik yillarida o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini 
topdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan 
ma’naviy merosimizni tiklash, har tomonlama keng o‘rganish va 
targ‘ib etish borasidagi keng ko‘lamli ishlar doirasida «Avesto» kitobi 
ham yangidan xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirildi. Kitobning 
xalqimiz va milliy davlatchiligimiz tarixi umumbashariy sivilizatsiya 
rivojidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda 2001-yili «Avesto» 
yaratilganligining 2700 yilligi yurtimizda xalqaro miqyosida keng 
nishonlandi.
Navro‘z (fors. yangi kun) -O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatla-
rining qadimiy an’anaviy bayrami. Islom Karimov «Yuksak ma’navi-
yat – yengilmas kuch»asrarida ta’kidlaganidek: «Milliy ma’naviyati-
miz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani 


148
xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqona yangi yil 
bo‘lmish Navro‘z ayyomi misolida, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ladi. 
Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik shodiyona 
bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, 
tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining, ko‘p ming yillik 
milliy qiyofamiz, ajoyib urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib 
kelmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan 
Navro‘z falsafasi xalqimizga munosib odamiylik, mehr-oqibat, 
muruvvat va hikmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgan, 
ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk insoniy g‘oyalardan 
bahramand bo‘lib, ma’naviy kamol topganining yana bir tasdig‘idir, 
desak, xato bo‘lmaydi. 
Ko‘hna tariximizni shu ma’noda ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, 
tahlil qiladigan bo‘lsak, muhim va ibratli bir fikrni takror aytishga 
to‘g‘ri keladi. Ya’ni ota-bobolarimiz ruhiy olamining tomir-ildizlari 
aynan yuqorida zikr etilgan ma’naviy zaminda, tarixda ham, bugun 
ham barchaning havasini tortib kelayotgan oliyjanob faziylatlar 
asosida shakllangan».
1
Navro‘z bayramining sarchashmalari qadimgi ajdodlarimizning 
koinot, quyosh, yerga bo‘lgan e’tiqodlari asosida vujudga kelgan. 
Bundan 4-5 ming yil ilgari ajdodlarimiz quyoshni eng buyuk kuch, 
hayot chashmasi, yorug‘lik va issiqlik manbayi deb o‘ylashgan, unga 
atab maxsus marosimlar o‘tkazishgan. Marosimlar katta bayramlarga 
aylanib «yil boshi» vazifasini ham o‘tagan. Navro‘z koinot va tabiat 
qonunlari, quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning 
tenglashishi, kunduzning uzaya borishi, tabiatning jonlanish, 
bahorning, kelishi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston 
hududida Navro‘z asrlar davomida mazmunan chuqurlashib, shaklan 
boyib borgan. Navro‘z bayramida ommaviy xalq sayillari 
uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan.
Navro‘z xalq hayotidagi eng muhim kun hisoblangan, 
chunonchi:
1) Navro‘z shunday ruhiy kayfiyatni vujudga keltirganki, unda 
hamma xursand, shod va baxtiyor bo‘ladi;
2) qadimdan bayramlar o‘ziga xos vaqt o‘lchovi hisoblangan, 
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
», 2008. 35-
бет



149
shu jumladan Navro‘z ham vaqt o‘lchami sifatida xizmat qilgan, 
ya’ni-yil boshini nishonlash vaqti kelganida, odamlar yana bir-yil 
o‘tganini his qilishgan. Demak, Navro‘z vaqtni chuqur his qilish, 
e’zozlash, qadriga yetish uchun sharoit yaratgan;
3) Navro‘z hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan 
ko‘zgu bo‘lib kelgan. Ushbu kun kishilar eng yaxshi odatlarini namo-
yish etib, chiroyli liboslar kiyishgan, lazzatli taomlar tayyorlashgan. 
O‘z qobiliyatlarini namoyish etishgan, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish-
gan;
4) Navro‘z jismoniy va aqliy mehnatdan ozodlik hamda turli 
majbriyatlardan erkinlik kuni hisoblanib, odamlar kundalik ish, 
vazifa, burch, tashvishlaridan ozod bo‘lgan;
5) Navro‘z kunida tenglik hukm surgan. Hamma bir qozondan 
ovqat yeb, bir xil tomosha ko‘rgan, birgalikda sayilgohlarga 
chiqishib, sayr qilishgan;
6) Navro‘z kuni – tinchlik kuni hisoblangan, urushlar 
to‘xtatilgan. Xalq odatlariga ko‘ra, bu kuni xafagarchiliklar unutilb, 
o‘zaro arazlashganlar yarashishgan. Tanishlar do‘stlashgan, 
hamjihatlik, do‘stlik ruhi barqaror bo‘lgan;
7) Navro‘z kunida vujudga kelgan ruhiy ko‘tarinkilik kishilarda 
ertangi kuniga umid uyg‘otgan, insonlar kelajakka ishonch bilan 
qarashgan, hayotning yanada go‘zal bo‘lishiga harakat qilishgan.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida bosqinchilar xalqning eng sevimli 
bayrami-Navro‘z orqali o‘z g‘oyalarini singdirishga ko‘p harakat 
qilishgan. O‘lkaga islom dini kirib kelgandan keyin Navro‘z bayrami 
man qilinsada, ammo xalq sevimli bayramini nishonlashda davom 
etgan. O‘rta Osiy va Eron xalqlari arab xalifaligi hukmronligidan 
qutilgan davrdan boshlab, Navro‘z bayramini o‘tkazish yanada rasmiy 
tus olgan. Ammo, sobiq ittifoq davrida Navro‘zning ahvoli ayanchli 
bo‘ldi. Xalqning milliy an’analari sho‘rolar maqsadiga xizmat 
qilmagani uchun unga qarshi rasmiy va norasmiy kurash olib borildi. 
Biroq Navro‘zni nishonlash to‘xtamadi. An’analar uchun kurash 
millat ravnaqi uchun, millat ravnaqi uchun kurash esa mustaqillikka 
erishish uchun kurashga aylandi.
1989-yil 28-fevralda Prezident Islom Karimovning farmoni 
bilan O‘zbekistonda navro‘zni umumxalq bayrami sifatida nishonlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1990-yildan esa 21-mart – «Navro‘z 


150
milliy – xalq bayrami kuni» deb e’lon qilindi. Mustaqillik sharofati 
bilan qayta tiklanib, istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilib, mazmunan va 
shaklan boyigan navro‘z bilan birga yangilanish, ruhiy poklanish, 
tabiiy va madaniy boyliklarni saqlashga chorlash, atrof-muhitni 
tartibga solish, obodonlashtirish, aholi o‘rtasida mehr-muruvvat, 
do‘stlik, ahlilik birodarlikni mustahkamlash, millatlararo hamjihatlik, 
totuvlikni rivojlantirish omillari ham kuchaydi.
Navro‘z xalqimiz uchun poklanish, ruhlanish, yangilanish va 
ma’naviy kamol topish bayrami bo‘lib qolmoqda. Qadimiy Navro‘z 
o‘zining asl mohiyatini saqlab, yangi g‘oyalar bilan boyib, ahillik, 
totuvlik, xalqlar birdamligi va do‘stligi bayramiga ham aylangan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish