Oila muammolari. Bular quyidagilardan iborat:
- ota-onalarning pedagogik bilimlardan yetarli darajada xabardor emasliklari;
- o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi;
- zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuьterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi;
- axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi;
- o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi;
- noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |