Elektron ta’lim resurslari:
www.pedagog.uz. www.ziyonet.uz
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar samarasi avvalombor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog’liq.
SH.M. Mirziyoev
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 2017 yil 7 dekabr kuni “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy etishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
- Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik.
Madaniyat («kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
“Ma’naviyat - moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”. (Yusupov E).
“Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |