Jaloliddin Rumiy
Bu dunyo va uning mol-mulkiga ko‘ngil qo‘ymagin. Chunki hech bir kishi undan vafo ko‘rmagan.
Abdurazzoq Samarqandiy
Mol-dunyoim ko‘p, deb kibrlanmagin. Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi?! (O’lganda) yalong‘och
ketasan. Hamyoning, to‘rvang, boylik to‘la sandig‘ing - bari qolib ketadi.
Ahmad Yugnakiy
Boylikka hirs qo‘yish - joduning sirtmog‘iga tushib qolish bilan barobar.
Qozi Ahmad G’afforiy
Faqat qalbida oxirat tushunchasi bo‘lgan kimsagina yomonliklardan uzoq tura oladi.
Abu Sulaymon Doroniy
Dunyoning azizligi mol bilan, oxiratning azizligi solih amallar bilan.
Umar ibn Xattob
Bizdan oldin kelib-ketganlarning bu dunyoda izlari bor, bizdan keyin keladiganlarga esa biz iz
qoldiramiz. To‘g‘ri iz qoldirgan kishi qandayin baxtli!
Muhammad Kamol Pilav
Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan,
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qo‘limizdan.
Ibrohim Adham
Dunyoning qiyinchiligi to‘rtta: g‘urbatda kasallik, qarilikda yolg‘izlik, hech narsasi bo‘lmaganda
qarzdorlik, safarda uzoq yo‘l.
Ibn Mukaffa
Dunyo kezib oxiratini topganni ko‘rmadik, lekin oxiratini qidirib, dunyosini topganlarni ko‘rdik.
Hasan Basriy
Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham yoki oxiratini tark etib faqat dunyosi
uchun amal qilgan odam ham sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan
odam yaxshilaringizdir.
Umar ibn Xattob
Dunyo - ilon, ilonbozdir dunyo qidirgan, ilonbozdan qasdin olur ilon oqibat.
Do'stlaringiz bilan baham: |