Vahb ibn Munabbah
Agar insonlar Allohning ulug‘ligi haqida fikrlagan bo‘lsaydilar, Unga isyon qilmasdilar.
Bishr Xofiy
Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bema’ni
kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yo‘q, zero yoqutni tosh ham sindirishi
mumkin.
Sa’diy Sheroziy
Bilgilki, ahmoqlarga yaxshi javob - sukut.
Qobus
Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.
Abulqosim Firdavsiy
Yovuzlikdan ezgulikni ajratadigan kishi emas, balki ikki yovuzlikning yengilrog‘ini farqlay biladigan
kishigina aqllidir.
Al-Xoriziy
Hazilni tushunmaslik - nodonlik alomati.
Ubayd Zokoniy
Johilni johillikdan asrashdan ko‘ra, borki narsalarning barini johillikdan asrash osonroqdir.
Qobus
Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com кутубхонаси
38
Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan albatta yuz chaqirim
uzoqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |