Husayn Voiz Koshifiy
Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com кутубхонаси
37
Oqillar zikrdan tafakkurga, tafakkurdan zikrga o‘tadilar. Qalblarining gapirishini talab qiladilar. Va
nihoyat qalblari hikmatli so‘zlarni ayta boshlaydi.
Hasan Basriy
Kishining tafakkuri uzaysa - biladi, bilsa - amal qiladi.
Vahb ibn Munabbah
Majlislarning eng sharaflisi va eng oliysi tavhid sohasida tafakkur qilib o‘tirmoq, ma’rifat shamoli bilan
yelpinmoq, muhabbat kosasida do‘stlik daryosidan suv ichmoq va Allohga husni zan (yaxshi xayol
bilan) nazar aylamoqdir.
Junayd Bag‘dodiy
Fikrlamoq bir oynadir, senga yaxshi va yomon amallaringni ko‘rsatadi.
Fuzayl ibn Iyoz
Tajribali it barsni tutib yer,
Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.
Abulqosim Firdavsiy
Allohning ne’matlari borasida o‘ylamoq - ibodatning eng fazilatlilaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |