Javob
Arizachi: F.Ch.Soliyev.
Javobgar: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi.
Nizo predmeti: Markaziy bank raisining hatti-harakatlari.
Arizaning asosi: Markaziy bank raisining hatti-harakatlarini qonunga xilof deb topilishi.
Ushbu kazusga javob berishdan avval, ushbu muammoli vaziyat ma’muriy sud ish yurituviga taalluqlimi yoki yo’qmi shuni aniqlashimiz lozim bunda biz MSIYUTKning 27-moddasiga asoslanamiz. Uning 2-bandiga binoan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriyhuquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi masala ma’muriy sudga taalluqli. Sudlovga tegishlilik bo’yicha bu ish 28-moddaga ko’ra Mirzo Ulug’bek tumani ma’muriy sudda ko’rilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunniing 29- moddasida, Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, deb keltirilgan:
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Demak, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 1-navbatda litsenziya olishga talabgor shaxning hujjatlaridagi kamchiliklar haqida xabar berishi kerak bo’lgan. So’ngra, ko’rsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilishi kerak, aks holdagina litsenziya berishni rad etish vakolatiga ega hisoblanadi.
Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 1-Ilovasida amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari berilgan bo’lib, unda Lombard faoliyat turi ham berilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalash vakolatiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan.
Ushbu holatda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat organi ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, Toshkent viloyati Ma’muriy sudining arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi qonunga zid hisoblanadi. Bu vaziyatda sud arizabi ish yurituvuga qabul qilishi kerak edi.
Ish qo’zg’atishga keladigan bo’lsak, 127-modda bo’yicha bu ish manfaatdor shaxsning arizasiga ko’ra qo’zg’atiladi.
Ajrim
Arizachi F.Ch.Soliyev Mirzo Ulug’bek tumani davlat boshqaruvi organlarining ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizasi bo’yicha ish qo’zgatilsin va ariza ish yuritish uchun qabul qilinsin.
Ishni ko’rish 2022-yil 28-aprel soat 10:30 da Mirzo Ulug’bek tumanlararo maʼmuriy sudi binosida (_________ shahri, _______ tumani ____ ko’chasi __-uyda) boʻlib oʻtadigan sud majlisiga tayinlansin.
Ishni sud muhokamasida koʻrishga tayyorlash uchun:
- arizachi zimmasiga arizaga ilova qilingan xujjatlarning asl nusxasini sudga taqdim qilish vazifasi yuklatilsin;
- javobgarga arizaga nisbatan yozma fikrni, eʼtirozlarini hujjatlar asosida isbotlash boʻyicha sudga tegishli materiallarni taqdim etish huquqi mavjudligi tushuntirilsin;
- ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari mavjudligi tushuntirilsin.
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, hamda, maʼmuriy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud muhokamasi tayinlangan kun va vaqtda oʻz xohishlariga koʻra, ____ sudiga ( ____ shaxri _____ ko’chasi, __-uyga) kelishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz vakillarining sud majlisiga shaxsini tasdiklovchi xujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishini taʼminlasin.
Ajrim nusxasi ____ sudiga videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish boʻyicha texnik va boshqa shartlarni taʼminlash uchun yuborilsin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 67-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi xar bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayetgan holatlarni isbotlashi lozimligi tushuntirilsin.
Sudya _________ ______________________
41. Tashlanmagan - Iroda
42. Tuman hokimining 2007 yil 11 iyundagi 111-sonli qarori bilan tumanning “Navruz” QFYdagi 122-konturdan 1,2 gektar yer uchastkasi fuqaro S.T.ga bog‘ barpo etish uchun 11 yil muddatga ajratilgan. Shundan keyin S.T. tomonidan “SH” fermer xo‘jaligi tashkil etilib, fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan. Ajratilgan yer uchastkasining muddati 2018 yilda tugagan va taraflar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasining amal qilish muddati uzaytirilmagan.
Keyinchalik tuman hokimining 2019 yil 16 fevraldagi 666-sonli qarori bilan fuqaro V.V.ga bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun tuman zaxira yerlaridan “Navruz” QFYdagi 122 va 126-konturlardan jami 9,85 ga yer uchastkasi 49 yil muddatga ijaraga berilgan.
Shu sababli, arizachi S.T. sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2019 yil 16 fevraldagi 666-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.
Berilgan vaziyat bo'yicha arizachi- fuqaro S.T, javobgar- tuman hokimi, talab predmeti-timan hokimining 2019 yil 16 fevraldagi 666-sonli qarori, talab asosi- ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish.
Avvalo, bu ishning ma’muriy sud ish yurituviga tegishlilik va taalluqlilik masalalariga to’xtalsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. MSIYutK 27-moddaning 2-bandiga asosan: 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma'muriy sudlar tomonidan ko'riladi. Bu yerda ham tuman hokimi bevosita mahalliy davlat hokimiyati organining mansabdor shaxsi sifatida namoyon bo'ladi.
Tegishliligi bo’yicha Kodeksning 28 va 32-moddalarida berilgan qoidalarga amal qilgan holda qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi. Ya’ni fuqaro S.T tuman hokimi ish joyi bo’yicha tumanlararo sudga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Kazusga nazar soladigan bo’lsak, tuman hokimi keyinchalik yerni V.Vga berganligini ko’rishimiz mumkin. Shu sababli S.Tning tuman hokimining qarori ustidan sudga shikoyat qilishi V.V ning ham huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga daxl qilmay qolmaydi.Kodeksning 44-45 moddalariga amala qilgan holda fuqaro V.V uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etih uchun jalb qilinishi mumkin.
Muammoli vaziyatga to’g’ri yechim berishimiz uchun aniqlashtirib olishimiz kerak bo’lgan asosiy masala bu- tuman hokimining 666-sonli qarori haqiqatdan ham S.Tning huquq va manfaatlarining buzilishiga olib keladimi, S.T ning talabi huquqiy asosga egami?
Ushbu savolga javob berishda biz uchun holat yuz bertgan vaqt asosiy ahamiyat kasb etadi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi PF-6243-son farmoni asosida bugungi kunda hokimlarning yer ajratish bo’yicha vakolatlar doirasi cheklangan.Shundan kelib chiqib Yer kodeksining 2021 yil 21 aprelga qadar amalda bo’lgan versiyasiga tayanib savolga javob topamiz.
Yer kodeksining 6-moddasida tuman davlat hokimiyati organining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari keltirilgan bo’lib, unda fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish vakolati ham sanab o’tilgan. Demak, tuman hokimi o’z hududida joylashgan “Navruz” QFYdan fuqaro S.Tga hamda V.V ga yer ijaraga berishi qonun bilan cheklanmagan. Birinchi holatda ko'rib turibmizki, yer S.T ga 2007 yilda 11 yil muddatga ijaraga berilgan . Fuqarolik kodeksi 325-moddasiga ko'ra shartnoma muddati tugashi unda belgilangan majburiyatlar bekor bo'lishiga olib keladi, 2018 yilda esa S.T ijara shartnomasi muddati tugagan. Shundan so'ng fuqaro ijara shartnomasini muddatini uzaytirishi yoki yangilab qaytadan tuzishi mumkin edi. Yer kodeksining 24-moddasiga ko'ra ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo'ladi. Ya'ni S.T yerni qayta ijaraga olishda imtiyozli huquqqa ega edi.Fuqarolik kodeksi 553-moddasiga ko'ra Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, shartnomaning amal qilishi tamom bo‘lguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Lekin ijaraga oluvchi S.T shartnomani yangilash yoki qaytadan tuzish haqida shartnoma muddati tamom bo'lagandan keyin ham hech qanday xohish istagini bildirmagan. Bundan tashqari Yer kodeksi 36-moddasi 1-qism 2-bandiga binoan yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda ijaraga olish huquqi ham bekor bo'ladi.
Yuqoridagilarni umumlashtiradigan bo'lsak, S.Tning ijara shartnomasi muddati tugangunga qadar uni yangilash haqida yozma ogohlantirmasdan, tugagandan so'ng ham qaytadan ijara shartnomasi tuzmasdan turib, hokim qarori ustidan shikoyat qilishi huquqiy asosga ega emas. Bu holatda hokim yerni V.Vga berish orqali hech qanday qonun talablarini buzmagan.
Bu vaziyatda sud ish yurituvini MSIYutK 23-bob qoidalarini qo'llagan holda amalga oshirishi maqsadga muvofuq bo'ladi. Shuningdek 189-modda 3-qismni asos qilib arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.Chunki hokimning 666-sonli qarori qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan hech qanday manfaatlarini buzmagan!
Do'stlaringiz bilan baham: |