Sud taraflarni eshitib, quyidagi haqiqiy holatlarni aniqladi: Arizachi D.Sharipov Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib, javobgar Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Shunadan so’ng, sudning 2022-yil 5-yanvardagi ajrimi bilan ishni ko'rish 2022-yil 11-yanvarga tayinlangan. Shu kungi ajrim bilan ishni ko'rish 2022-yil 16-yanvarga qoldirilgan. O’zbekirton Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 149-moddasiga ko’ra, 2022-yil 16-yanvardagi sudning ajrimi bilan ishda javobgar vakilining ishtirokini ta'minlash uchun ishni ko'rish 1 fevralga qoldirilgan. Shu sababli, arizachi 2022-yil 20-yanvarda apellyasiya shikoyati bilan murojaat qiladi va birinchi instantsiya sudining 2022-yil 16-yanvardagi sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimdan norozi bo'lib, uni bekor qilishni so'radi.
O’zbekiston Respublikasining “Sudlar tomonidan Ma’muriy ishlarni apellatsiya tartibida ko’rish amaliyoti to’g’risida” gi 15-sonli Oliy Sud Plenum qarorining 6-bandidashikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi xarakatlanishiga to’sqinlik qilmaydigan ajrimlar ustidan (masalan, arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo’zg’atish to’g’risidagi arjimlar, birinchi instansiya sudi muhokamasini keyinga qoldirish to’g’risidagi ajrimlar) apellatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmasligi belgilab qo’yilgan. Shu bois, sudlov hay’ati birinchi instansiya sudining ajrimini o’zgartirishsiz, shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, to’langan davlat boji va pochta xarajatlari arizachi zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 217, 219 va 221-moddalarini qo’llab, sud
QAROR QILADI Arizachi fuqaro D.Sharipovning birinchi instantsiya sudining 2022-yil 16-yanvardagi sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimini bekor qilish to’g’risidagi talabini qanoatlantirish rad etilsin.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Конец формы
(2) Fuqaro F.Ch.Soliyev Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Lombardlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga litsenziya olish uchun murojaat qilib bir qator hujjatlarni taqdim qildi. Markaziy bank tomonidan hujjatlar o‘rganilganda fuqaro F.Ch.Soliyevning hujjatlarida kamchiliklar borligi aniqlanganligi tufayli unga litsenziya berish rad etildi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro F.Ch.Soliyev Toshkent viloyati maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, Markaziy bank raisining hatti-harakatlarini qonunga xilof deb topilishini hamda unga zudlik bilan litsenziya berish majburiyatini yuklashni so‘radi. Toshkent viloyati maʼmuriy sudi arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqardi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.