149-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish
Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli:
agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa;
ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha;
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda;
tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha;
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda.
Sud sudning majlisida ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi.
Zarurat bo‘lganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi.
Moddadan ma’lum boladiki, sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa deb yozilgan bandida agar m.t.arz qilmydigan 3-shaxslar mos kelib sud shunday qarorga kelsa sud muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Ahamiyatli jihati, mazkur moddada keyinga qoldirish haqida ajrim chiqariladi deb belgilangan bolsa-da, mazkur ajrim ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin deb belgilanmagan.
26. Tashlanmagan - Bahrom
27. 2021-yil 19-fevral sanasida kech soat 19:00 lar atrofida Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari tomonidan fuqaro Olmosova Kumush Toshkent shahar Yunusobod tumani, Istiqlol ko`chasida shaxsini tasdiqlash maqsadida to`xtatilganida, uning muayyan yashash joyi hamda yonida hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo`qligi aniqlangan. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarining iltimosnoma bilan Olmosova Kumushga Toshkent shahrida muayyan yashash joyi yo`qligi va yonida hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmaganligi sababli, uning shaxsni aniqlash maqsadida muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga 30 kunga joylashtirish so`ralgan. Sudning qarori bilan iltimosnomani qanoatlantirish rad etildi. Asos sifatida esa, davlat boji to`nmaganligini keltirdi.
Sudning harakatlari asoslimi?
27-modda bo’yicha taalluqli lekin qaysi qismi bilan bilmadim.
28 hamda 32-moddaga asosan Toshkent shahar ma’muriy sudiga murojaat etiladi.
Arizachi- Toshkent shahar IIB (shuni yana bir ko’ringlar)
Murojaat mazmuni- O.Kni reabilitatsiya markaziga joylashtirish.
MSIY 190-modda. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma berish
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirishga asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs aniqlangan yoki reabilitatsiya markazi joylashgan erdagi tumanlararo ma’muriy sudga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
Muammoli vaziyatda ham reabilitatsiya markaziga 30 kunga joylashtirish uchun murojaat etilgani aytilga va bu qonuniy asosga ega Iltimosnoma Toshkent shahar IIB tomonidan berilgani ham asosli.
MSIY 191-modda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |