Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus


Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentinining 20-bandiga ko’ra



Download 117,16 Kb.
bet20/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentinining 20-bandiga ko’ra, “Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan so‘ng qolgan bo‘sh o‘rinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.” Ammo Muhammedova hamda Ahmedovalarning farzandlari bir xil hududda yashashi hamda ularning qo’shni ekanliklari kazusda ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, kazusdagi MTMning Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgani yoki bu birinchi marta emasligi aniq ko’rsatib o’tilmagan.
Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi vakili suddan Sh.Muhamedovadan buni isbotlab berish uchun dalil taqdim etishni talab etishni so‘radi. Kodeksning 68-moddasiga ko’ra, Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Sud ishni to‘g‘ri hal qilish maqsadida dalillarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan talab qilib olishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy ko‘rsatilishi kerak.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Kodeksning 67-moddasiga ko’ra, Ma’muriy organlarning nizolashilayotgan hujjatlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart.

Demak, Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi ma’muriy organ bo’lganligi uchun o’z harakatining qonuniyligini isbotlab berishga majbur


Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o‘zida ushlab turgan va sud so‘rovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
Ushbu ish sudning ish yurituviga qabul qilinib, 154-moddaga asosan hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Quyida 158-moddaga asosan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va qaror qismini yozamiz.
“Sud taraflarni eshitib quyidagi haqiqiy holatlarni aniqladi: 2017 yil 22 noyabr kuni fuqaro Sh.Muhamedova Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasiqaroridan norozi bo‘lib maʼmuriy sudga murojaat qildi.Arizada keltirilishicha, fuqaro Sh.Muhamedova 2017 yil 20 oktabr kuni o‘g‘li K.Muhamedovni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish maqsadida yo‘llanma olish uchun komissiyaga tegishli hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova bilan birga uning qo‘shnisi L.Ahmedova ham ayni shu maqsadda hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova va L.Ahmedova farzandlarining ayni bir muassasada tarbiya topishlari maqsadida arizada ayni bir maktabgacha taʼlim muassasasini ko‘rsatib o‘tganlar.Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Sh.Muhamedovaning farzandiga nisbatan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagani tufayli topshirilgan hujjatlarni navbatga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda L.Ahmedovaning farzandiga arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Sudda Sh.Muhamedova arizada keltirib o‘tilgan vajlarini qo‘llab quvvatladi. Uning hujjatlari L.Ahmedovadan oldin qabul qilib olingani, biroq uning farzandiga yo‘llanma berilmaganini taʼkidladi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentinining 20-bandiga ko’ra, “Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan so‘ng qolgan bo‘sh o‘rinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.”Ammo fuqaro Ahmedovaning farzandini MTMga qabul qilish bo’yicha Muhammedovaning farzandiga nisbatan mazkur band bo’yicha ustunlik bo’lmagani, shuningdek ushbu reglamentning 18-bandida keltirib o’tilgan imtiyozli ro’yxatga kiritish uchun asoslar mavjud bo’lmagani tufayli Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topadi. Arizachining talablari hamda Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tomonidan yo’l qo’yilgan qonun buzilishini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi MSIYKning 115, 154, 158-moddalarini qo’llab,

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish