10-kazus. 2017 yilning 8 aprel kuni fuqaro D.D. 2017 yil 2 yanvarda tug‘ilgan bolasi A.A. ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlashni so‘rab “K” MFY raisi G.G.ga murojaat qilgan.“K” MFY raisi G.G. boshchiligidagi nafaqa tayinlash komissiyasining 2017 yil 15 apreldagi 5-sonli qarori bilan yashash sharoiti yuqori degan asos bo‘yicha ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash rad etilgan va bu haqda 2017 yil 26 apreldagi 55-sonli xat orqali unga xabar berilgan.Bundan norozi bo‘lgan D.D. sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “K” MFY raisi (oqsoqoli)ning D.D.ga bolaga ikki yoshgacha nafaqa tayinlash haqidagi talabni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga nafaqa tayinlash majburiyatini yuklashni so‘ragan. Arizachi D.D. o‘z arizasiga MFY raisi tomonidan 2017 yil 30 martda berilgan vaqtincha ishsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani ilova qilgan.Shahar maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad qilingan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
Javob:
Berilgan vaziyat bo'yicha arizachi- fuqaro D.D, javobgar- MFY raisi G.G, talab predmeti- nafaqa tayinlash tayinlash komissiyasining 2017 yil 15 apreldagi 5-sonli qarori, talab asosi- ikki yoshgacha nafaqa tayinlash haqidagi talabni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga nafaqa tayinlash majburiyatini yuklash.
Avvalo, bu ishning ma’muriy sud ish yurituviga tegishlilik va taalluqlilik masalalariga to’xtalsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. MSIYutK 27-moddaning 2-bandiga asosan: 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma'muriy sudlar tomonidan ko'riladi. O‘zbekiston Respublikasining 08.01.2018 yildagi O‘RQ-457-son Qonuni 4-moddasida ma'muriy organ atamasiga ta'rif berilgan. Unga ko'ra ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar ma'muriy organlar sirasiga kiritiladi. Kazusda berilgan nafaqa tayinlash uchun tuzilgan komissiyani ham maxsus komissiya sifatida e'tirof etib ma'muriy organ deb qarasak bo'ladi. Demak bu ish ma'muriy sud ish yurituviga taalluqli.
Tegishliligi bo’yicha Kodeksning 28 va 32-moddalarida berilgan qoidalarga amal qilgan holda qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi. Ya'ni D.D nafaqa tayinlash komissiyasi joylashgan hududdagi tumanlararo sudga murojaat qilishi lozim.
Javob topishimiz lozim bo’lgan asosiy masala komissiyaning rad etish uchun keltirgan vaji asoslimi?
Vaziyat 2017 yilda sodir bo’lganligini inobatga olgan holda yechimni shu vaqtda amalda bo;lgan normativ hujjatlar asosida tayyorlaymiz.
Arizachi D.D o’z arizasiga vaqtinchalik ishsizligi haqidagi arizani ilova qilgan. Demak bu vaziyatda ishlamayotgan onalarga farzandi ikki yoshga to’lgunga qadar nafaqa berish tartibi to’g’risidagi nizom qoidalari qo’llaniladi. Mazkur nizomning 10 bandida nazarda tutilgan qoidaga ko’ra nafaqa oilaning moddiy ahvolini uning o’rtacha daromadini hisobga olgan holda beriladi. Faqatgina
Farzandning ota yoki onasi vafot etgan bo’lsa ;
Farzand nogiron bo’lsa ikki yoshga to’lgunga qadar to’lanadigan nafaqa daromadlarni hisobga olamagan holda hech qanday shartsiz beriladi.
Demak komissiyaning rad etish haqida chiqargan qarori huquqiy asosga ega. Sud ham 189-modda 3 qismiga amal qilgan holda D.Dning bergan arizasini qanoatlantirishni rad etishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Chunki fuqaroning hech qanday huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga daxl qilinmagan.