1. Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling?
2. Yuqoridagi vaziyatda ma'muriy huquqiy munosabatni va subyektlarini huquqiy holatini tahlil qiling.
JAVOB
Ushbu kazusga yechim berishdan oldin quyidagi muammolarni keltirib o'tsak.
Birinchi muammo: Pensiya jamg'armasi bo'limi arizachining ish haqi to'g'risidagi ma'lumot mavjud emasligi sababli mehnat faoliyat davri inobatga olmasligi natijasida ma’muriy tartib taomillar to'g'risidagi qonunning qaysi prinsiplari buzilgan?
Ikkinchi muammo: Pensiya jamğarmasi bolimining arizachi xususiy firmasida ishlagan davrini ish stajiga qo'shib hisoblash rad qilishi asoslimi?
Birinchi muammoga yechim beradigan bo'lsak,bilamizki mamuriy tartib taomillarning quyidagi prinsiplari mavjud,bular;
Bizga berilgan vaziyatda ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi prinsipi buzilyapti, ya'ni Ma’muriy organga ma’muriy tartib-taomilni amalga oshirish uchun boshqa ma’muriy organlardan hamda o‘zga organlardan hujjatlar va ma’lumotlar olish talab etilgan hollarda, ma’muriy ish yuritish «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshirilib, bunda ma’muriy organ zarur hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil ravishda, manfaatdor shaxslarning ishtirokisiz, idoralararo o‘zaro hamkorlik vositasida oladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.Demak,mamuriy organ ish haqi tõğrisidagi malumotlarni o'zi va idoralararo manfaatdor shaxslarning ishtirokisiz topishi mumkin edi.Lekin ushbu vaziyatda malumotlar mavjud emasligi sababli mehnat faoliyat davri inobatga olinmagan.
Ikkinchi muammo: Pensiya jamğarmasi bolimining arizachi xususiy firmasida ishlagan davrini ish stajiga qo'shib hisoblash rad qilishi asoslimi?
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISI qonuni II BOB. YoShGA DOIR PENSIYALARning 7-moddasiga ko'ra: "Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar."
Shuningdek, ushbu qonunning 8-moddasi Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.Shuningdek, 29-moddada ko’rsatigan Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyani hisoblab chiqarishda Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar (8, 18 va 22-moddalar) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |