Vaziyatga huquqiy baho bering. Ma’muriy hujjatning qonuniyligi va asoslanganligini tahlil qiling.
9-kazus 2021-yil 15-may kuni Toshkent shahar o'simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari A.Soliev va B.Olimov "Lolazor" MChJning bino va inshootini o'simliklar karantini nazoratidan o'tkazish va fitosanitar holatini tekshirish uchun bordi. "Lolazor" MCHJ raxbari Rozayeva inspeksiya xodimlaridan mazkur tekshirish tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimida ro'yxatga olinganligini so'radi va o'ziga tekshirish haqida xabarnoma kelmaganligi ma'lum qildi. Inspeksiya xodimlari tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimi texnik nosozlik sababli ishlamayotganligini va nosozlik bartaraf etilishi bilan ushbu tekshirish haqida ma'lumotlarni tizimga kiritib qo'yishlarini ma'lum qildi. "Lolazor" MCHJ raxbari Rozayeva inspektsiya xodimlariga qarshilik qildi va ularning harakatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilga shikoyat qilishini ma'lum qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilning rolini tahlil qiling.
10-kazus Toshkent shahar hokimi o'rinbosariga bir guruh tadbirkorlar murojaat qilib, tungi vaqtda ularga tegishli bo'lgan tashqi reklama ob'ektlari tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan hech qanday asossiz buzib tashlanayotganini, ushbu ob'ektlar o'zlariga mulk huquqi bilan tegishli ekanligini va reklama ob'ektlari bo'yicha barcha hujjatlari mavjudligini, mutasaddilarning xatti-harakati qonun talabiga zid bo'layotganini ta'kidlashdi.
Shahar hokimi o'rinbosari esa mazkur tadbirlar 2020-yil 20-fevralda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 104-sonli "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to'g'risida"gi qarori 2-bandining "e" kichik bandiga muvofiq, qaror qabul qilingunga qadar qonuniy ravishda o'rnatilgan barcha tashqi reklama obyektlarini qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berilganini va shu muddatda belgilangan talablarga moslashtirilmagan reklama ob'ektlari o'rnatilgan tartibda olib tashlanyapganligini (demontaj qilinishi) ta'kidladi.
Tadbirkorlar ularga hech qanday ogohlantirish (muddat) berilmagani aytib, agar hokimiyat ogohlantirish bergan bo'lsa ogohlantirilganliklari to'g'risida qayd etilgan hujjatni ko'rsatishni talab qildilar.
Shahar hokimining o'rinbosari ogohlantirish og'zaki bo'lganini aytib, agar biror-bir tadbirkor qo'lida hamma kerakli xulosa va hujjatlari bo'la turib, uning mulki buzib tashlanayotgan bo'lsa, u albatta hukuq-tartibot idoralariga murojaat qilishi mumkinligini tushuntirdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonun va boshqa qonun hujjatlari doirasida tahlil qiling