ollox taolo oldida xaqiqiy qo‗rquv ni tug‗dira olishi v a ayni paytda
najotga umidbaxsh etishi tufayli foydalidir. Ollox ilm tufayli bilinadi v a
ulug‗lanadi. Shunday qilib, kalom islom aqidalari, shariat talab v a
ta‘qiqlariga ko‗r-ko‗rona e‘tqod qilishni emas, har qanday bilimni,
xaqiqatni mantiqiy dalillap asosini targib qiladi
VIII-XIII asrlarda tabiatshunoslik fanlarida erishilgan yutuqlar v a
kashfiyotlar falsafiy jixatdan umumlashtirishni, baxolashni taqozo etar
edi. Tabiiy-ilmiy qarashlardan umumiy xulosa chiqarish jarayonida
borg‗liq, substantsiya, materiya, harakat, v aqt, fazo, jon, rux, ong,
tafakkur kabi falsafiy tushunchalar mazmuni to‗ldirib borilgan. Xind,
xitoy yunon falsafasidan eng nodir asarlarning arab tiliga tarjima
qilinganligi v a sharxlab berilganligi ham falsafiy tafakkurning
riv ojlanishiga turtki bergan. Mashshoiyyun (Aristotel falsafasini ijodiy
riv ojlantirish ) v a tabiiyyun (tabiatshunoslik falsafasi) ning asosiy qoida
v a xulosalari o‗zaro uyg‗unlashib borgan.
Mashshoiyyun yo‗nalishidagi, ya‘ni Aristotelning sharqdagi izdoshlari
bo‗lgan mutafakkirlar qatoriga birinchi navbatda Forobiy v a Ibn Sino
mansubdir.
Abu Nasr Forobiy (873 – 950 ) bejiz «Sharq Aristoleli»,
«Ikkinchi ustoz» degan nomlarga loyiq topilmagan. Forobiy 160 dan
ortiq tabiiy-ilmiy v a falsafiy asarlar hamda Aristotel asarlariga
yozilgan sharxlar muallifidir. Forobiy Aristotel izidan borib, ikki turdagi
borliq xaqida yozadi: «v ujudi v ojib» (ollox) v a «v ujudi mumkin»
(barcha moddiy v a ruxiy narsalar). Ular biri-ikkinchisi bilan sabab-
oqibat bog‗lanishidadir. Ollox – sabab, olam uning oqibatidir.
Olamning mohiyati, Forobiy fikricha, sifat, miqdor, jav xar (muxim
xossa), aktsidentsiya (muxim bo‗lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat,
tasodifiyat, makon, zamon, harakat, riv ojlanish kabi tushunchalar
orqali ochiladi. Borliq, o‗simlik, minerallar, fazov iy jismlar, aqilli
mav judotlar (insonlar), aqlsiz joniv orlar shakliga ega. Jamiki narsalar
to‗rt unsur – suv , olov , xav o v a tuproqdan iboratdir.
Forobiy olamni bilish aql v a sezgilarga tayanadi, deb hisoblagan.
Bilishda aql v a mantiqiy tafakkurning urni beqiyosdir. Bilish tufayli aql-
tafakkur v ositasida ilm-fan yaratiladi. Fan xodisaning moxiyatini
ochadi. U inson v a jamiyat extiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Forobiy jamiyatga qarashlarda bir qator ilg‗or g‗oyalarni ilgari
surgan. Komil inson, fozil fuqaro odil xukmdor xaqidagi fikrlar, baxt-
saodatga dunyov iy tarbiya v a ma‘rifat orqali erishilishi xaqidagi
xulosalar ana shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: