Ma’mur qahhorov



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
falsafa

Abu 
Rayxon 
Beruniy 
(973-1048) 
tabiiyyun 
falsafasi 
namoyondalaridan bo‗lib, bizgacha uning jismlarni tortishuv i, quyosh 
v a  oyning  tutilishi,  zarra,  inertsiya  v a  sun‘iy  tanlanish,  riv ojlanish, 
geotektonika, er ev olyutsiyasiga oid 28 ta asari etib kelgan. Alloma 


ulardan  tegishli  falsafiy  xulosalar  chiqargan.  Jumladan  modda, 
makon  v a  zamon,  qonuniyat,  zaruriyat,  tasodifiyat,  harakat  v a 
riv ojlanish kabi tushunchalarga murojaat qilgan. 
Beruniy  olamni  bilish  mumkinligi  g‗oyasini  qat‘iy  yoqlab  chiqqan. 
Bilish  sezgilar    bergan  ma‘lumotlardan  boshlanadi.  Sezgi  aqliy  bilish 
uchun  xom  ashyo  v azifasini  o‗taydi.  Bilimlarimiz  chinligi  yoki 
yanglishuv  ekanligi tajribada aniqlanadi. Tajriba narsa-xodisalarning 
muxim  xususiyatlari  v a  tomonlarini,  miqdoriy  v a  sifatiy  jixatlarini, 
moxiyatini ochib beradi. 
Beruniyning  fikricha,  insonning  shakllanishi  –  ev olyutsion  jarayon, 
ayni v aqtda komil inson maqomiga erishish shaxsning o‗z qo‗lida, u 
o‗z  ma‘nav iy  olamini  takomillashtirish  v a  o‗zgartirish  imkoniyatiga 
ega.  Jamiyat  tabiat  singari  tadrijiy  (ev olyutsion  tarzda)  o‗zgaradi, 
xukmdorlarning  burchi-  adolat  o‗rnatish,  fuqarolarga  g‗amxo‗rlik 
qilish,  jamiyatni  aql  v a  adolat  qonunlari  asosida  boshqarishdan 
iboratdir 
Mashshoiyyun falsafasining yana bir namoyondasi – Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogida tav allud topgan v a 
Hamadon shaxrida v afot etgan.Falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, 
farmokologiya, tibbiyotga oid 280 dan ziyod asarlar yozgan. Ularning 
eng mashxurlari «Kitob-ash-shifo», «Tib qonunlari», «Bilimlar  kitobi»dir. 
Aristotelning dualistik falsafasini ijodiy dav om ettirib, Ibn Sino borliqni 
«Vujudi  v ojib»  v a  «Vujudi  mumkin»ga  ajratadi.  Birinchi  sabab  bu 
«v ujudi  v ojib»dir.  «Vujudi  mumkin»,  ya‘ni  narsa-xodisalar  uning 
oqibatidir.  Ibn  Sino  yondoshuv ining  o‗ziga  xosligi  shundaki,  uning 
fikricha,  «v ujudi  v ojib»,  ya‘ni  yaratuv chi  ollox  mangu  abadiy 
bo‗lganligidan, undan yaralmish «v ujudi mumkin» ham abadiydir. Ibn 
Sino  xudoni  «birinchi  sabab»  deb  ataydi.  Bu  bilan  kifoyalanib 
qolmasdan,  alloma  sababning  boshqa  turlarini  o‗z  ichiga  olgan 
sababiyat  tamoyilini  ishlab  chiqadi.  Bu  muayyan  xolatni  keltirib 
chiqaruv chi  moddiy  sabab,  muayyan  xolatni  o‗zgartiruv chi  faol 
sabab,  turli  xil  quv v atlar  bilan  bog‗langan  shakliy  sabab,  barcha 
sabablarning  pirov ard  maqsadi  bo‗lgan  tugallov chi  sabablardan 
iboratdir. 
Ibn Sino Abu Bakr ar-Roziy v a Beruniy singari allomalarning tabiiy – 
ilmiy izlanishlarini dav om ettirib, bilishda kuzatish v a tajribaga aloxida 
o‗rin  ajratdi.  Ayniqsa,  tabobat  soxasida  kuzatishning  ahamiyati 
beqiyosdir.  Mutafakkir  jamiyatni  «sog‗lomlashtirish»ga  ham  alohida 
e‘tibor qaratgan. Ibn Sino ilm bilan odob-axloqning uyg‗unligi, inson 
kamoloti,baxt-saodatga erishish yo‗llari, ijtimoiy adolat, hamkorlikning 
ahamiyati, xukmdorlarning burchlari to‗g‗risida teran fikrlar bildirgan. 
Mutafakkir  jamiyat  ijtimoiy  jixatdan  bir  xilda  bo‗la  olmasligini,  ijtimoiy 


tabaqalanish,  boy  v a  qambag‗allarga bo‗linish tabiiy xol ekanligini 
asoslashga  harakat  qiladi.  Nochorlar  to‗g‗risida  g‗amxo‗rlik,  mexr-
saxov atli,  muruv v atli  bo‗lish  jamiyatni  tanazzul  v a  xalokatdan 
saqlaydi, deb hisoblagan. 
Shunday  qilib,  ilk  o‗rta  asrlarda  sharq  mamlakatlarida  tarqalgan 
tabiiy-ilmiy v a falsafiy qarashlar, yangi yo‗nalishlar musulmon sharqi, 
qolav ersa,  butun  jaxon  falsaiy  tafakkurining  riv ojlanishida  muxim 
bosqich bo‗ldi. 
IV. Amir Temur va temuriylar davri falsafiy ta‟limotlari. XIV – XVI asrlar 
tarixga  Temur  v a  temuriylar  dav ri  nomi  bilan  kirgan.  Amir  Temur, 
uning  av lodlari  –  Shoxrux,  Umar  Shayx  Mirzo,  Mirzo  Ulug‗bek,  Mirzo 
Bobur  xukmronligi  iqtisodiy,  harbiy  –  siyosiy  barqarorlik,  ilm-fan, 
madaniyat,  dav latchilik,  idora  usullarida  yuksalishni  ta‘minladi, 
falsafa  soxasida  ham  riv ojlanish  yuz  berdi.  Jumladan,tasav v uf 
falsafasi keng tarqaldi. 
Amir  Temur  saltanatidagi  illatlarga,  janjal  v a  nizolarga  barham 
berishda,  xaqiqat,  adolat  v a  insonparv arlikni  ustuv or  etishda 
tasav v ufdan  keng  v a  unumli  foydalanilgan.  Soxibqiron  sufiylikning 
zinodan,  faxshdan,  haromdan  qochish,  halol  mehnat,  kasb-xunar 
egallash, muxtojlarga mexr shav qat kabi tasavvuf g‗oyalarini xalqqa 
singdirishga harakat qilgan. Naqshbandiylik tariqatining yirik shayxlari 
Sayyid  Amir  Ko‘lol,  Shayx  Abu  Bakr  Taybodiy,  Mir  Sayyid  Baraka 
kabilar  Amir  Temurga  pirlik  qildilar,  soxibqiron  ulardan  tez-tez 
maslaxatlar  olib  turgan.  Temuriylar    Shoxrux,  Ulug‗bek,  Xusayn 
Boyqaro,Bobur  Mirzolar  dav lat,  din  v a  ma‘rifat  masalalarida 
soxibqironning an‘analarini dav om ettirganlar. 
Ushbu  dav r  allomalaridan  Sa‟diddin  Taftazoniy    (1322-1392)  Niso 
v iloyatiga  qarashli  Taftazon  qishlog‗ida  dunyoga  kelgan.  Iloxiyot, 
mantiq,  falsafa,  til  v a  nutq  madaniyatiga  oid  40  dan  ziyod  asar 
muallifi  sanaladi.  U  sabab  v a  oqibat,  iroda  erkinligi,  bilish,  ong, 
mantiq  borasida  ko‗plab  teran  fikrlar  bildirgan,  Tabiatda  sabab-
oqibat munosabatlari amal qiladi,-degan edi Taftazoniy  - binobarin, 
har  qanday  ezgu  ish  bosh  sabab  -    xudoning  moxiyatidan  kelib 
chiqadi». Yaratguvchi insonlarni yomon xatti-harakatlardan saqlaydi, 
xayrli  ishlarga  da‘v at  etadi,  ayni  v aqtda  iroda  erkinligi  ham 
mav juddir. 
Ushbu  dav r  falsafa v a mantiq ilmi riv ojiga   Mir Said Sharif Jurjoniy   
ham    salmoqli  xissa  qo‗shgan.  U  Asirobodga  yaqin  qishloqda 
dunyoga  kelgan,  Istambo‗l,  Koxira,  Xirot,  Sherozda  ilm  o‗rgangan. 
Alloma falsafa, mantiq, fikx, falakiyot, adabiyotga oid 50 dan ziyod 
risola  bitgan.  «Ta‘rifot»,  «Munozara  odobi»,  «Borliq  xaqida  risola», 
«Mantiqda o‗rta xulosa» asarlarida borliq, modda v a uning shakllari, 


jismoniy v a ruxiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til v a tafakkurning 
o‗zaro  aloqasi,  koinot,  inson,  aql  v a  bilish  metodlari  masalalarini 
chuqur  taxlil  qilgan.  Jurjoniy  xuddi Taftazoniy kabi narsa  – xodisalar 
o‗zaro  sabab-oqibat  aloqadorligidadir,  deb  hisoblagan.  Oddiy 
narsalar to‗rt unsur, ya‘ni suv , olov , xav o, tuproqdan xosil bo‗lgandir, 
o‗simliklar  v a  xayv onot  dunyosi  ularning  qorishuv idan  barpo 
bo‗lgandir. 
Jurjoniy  atoqli  mantiqshunos  hamdir.  U  xulosaning  uch  turi:  qiyos 
(sillogizm),  induktsiya v a analogiyaga ta‘rif beradi, mantiqni xuquq 
v a til bilan yondosh fan sifatida taxlil qiladi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish