Ma’mur qahhorov


falsafasini    ishlab  chiqqan



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Bog'liq
falsafa

falsafasini    ishlab  chiqqan.  «Dao»  xitoy  tilidan  tarjimada  «qonun», 
«yo‘l»  degan  ma‘noni  beradi.  Daochilar  fikricha,  olam  moddiy,  u 
tabiiy qonun bo‗lmish «dao» buyicha harakatlanadi. Lao Tszi hamma 
narsa ichki qarama-qarshiliklardan to‗zilgandir, degan dialektik fikrni 
bildirgan.  Dao  olamning  qonuniyati  bo‗libgina  qolmasdan,  balki 


olamning  mohiyati  hamdir.  Bu  mohiyatni  bilish  mumkin.  Bilish 
sezgilardan boshlanadi v a tafakkurda dav om etadi. 
Qadimgi  xind  v a  xitoy  faylasuflarining  ta‘limotlari  jaxon  falsafiy 
fikrining  keyingi  taraqqiyotiga,  jumladan,  Turonzaminda  falsafiy 
qarashlar riv ojiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
II. Qadimgi Turonda ilk falsafiy fikrlar  er.av v . VIII-V asrlarda paydo 
bo‗ldi. 
Mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy v a ma‘nav iy riv oji bunga asosiy omil 
bo‗ldi. Milodning III asrigachcha bu xududlarda dualistik moxiyatga 
ega  bo‗lgan  Zardusht  asos  solgan  diniy  falsafa  keng  tarqaldi.  Bu 
g‗oyalar muqaddas kitob sanalmish «Av esto»da bayon etilgan. 
Borliq,  Zardusht  ta‘limotiga  ko‗ra,  er  bilan  okeandan,  osmon  esa 
yorug‗lik  v a  jannatdan  iborat.  Er  okean  bilan  qurshalgan.  Oy  v a 
Quyosh esa ilox Axuramazdaning tanasidir. 
Odam  zoti,  zardushtiylik  ta‘limotida  bayon  qilinishicha,  birinchi 
odam  hisoblanmish  Ilmadan  tarqalgan.  Ilmaning  xukmronlik  dav ri 
«oltin  dav r»  sanaladi,  chunki  bu  dav rda  odamlar  ulim  nimaligini 
bilishmagan.  Axuramazda  odamlarning  baxtli  v a  farov on  xayoti 
xaqida  qayg‗urgan.  Biroq  odamlar  gunoh  ishga  qo‗l  urib, 
ta‘qiqlangan  mol  go‗shtini  iste‘mol  qilganlar.  Bundan  g‗azabga 
kelgan  ilox  Axriman  odamlar  boshiga  jazo tariqasida qor v a sov uq 
yuborgan.  Ilma  odamlar  v a  joniv orlarni  muqarrar  o‗limdan  saqlab 
kolish uchun uy qurib, barcha jonzotlardan bir juftdan joylashtirgan. 
Shundan  so‗ng  «oltin  dav r»  tugab,  ezgulik  iloxi  Axuramazda  bilan 
yov uzlik iloxi Axriman o‗rtasida ixtiloflar boshlanadi. Zardusht bashorat 
qilganidek,  istiqbolda  Axuramazda  g‗olib  chiqib,  yaxshilik,  ezgulik, 
baxt  v a  saodat  saltanati  qaror  topadi,  o‗lganlar  tirilib,  gunoxkorlar 
jazolanadi. 
Zardushtiylikning axloqiy falsafasi uch g‗oya – ezgu fikr, ezgu so‗z v a 
ezgu amalga ko‗rilgandir. Ezgu fikr – Axuramazdadan, yomon fikr – 
Axrimandandir.  Ezgu  fikr  –  niyatning  yaxshiligi,  yaqinlarga  yaxshilik 
tilash, zarur bo‗lganda, madad berishga tayyorlik, yov uzlikka qarshi 
turish,  tinch-totuv   yashashga  intilishdir.  Ezgu  amal  faqirlarga 
mehribonlik, insonparv arlik, isnoddan, xasaddan, o‗g‗rilik, talonchilik, 
o‗zgalar  molini  o‗zlashtirishdan,  zinodan,  dilozorlikdan  tiyilishdir. 
Axloqiy  o‗gitlarni  o‗zlashtirish  bilan  cheklanmasdan,  oila,  turmush 
o‗rtog‗i,  farzandlar  to‗g‗risida  qayg‗urish,  burch,  farzand  tarbiyasi 
xaqida g‗amxo‗rlik qilish ham ezgu amalga kiradi. 
II-III  asrlarda  Markaziy  Osiyo  v a  Eronda  feodal  munosabatlar 
shakllana  boshladi.  Zardushtiylikdan  ajralib  chiqqan  oqim  bo‗lmish 
moniylik  buni  o‗zida  aks  ettirdi.  Uning  asoschisi  Moniy  216  yilda Botl 
shaxrida  tav allud  topgan  v a  276  yilda  Jundishopur  shaxrida  qatl 


etilgan.  Uning  asarlari  bizgacha  etib  kelmagan,  ammo  og‗zaki 
ta‘limoti xalq orasida og‗izdan-og‗izga ko‗chib yurgan. 
Zardushtiylik  kabi  Moniylik  ham  yorug‗lik  (ezgulik)  bilan  zulmat 
(yov uzlik)  o‗rtasidagi  ayov siz  kurashni  e‘tirof  etish  g‗oyasidan  kelib 
chiqadi.  Moniyning  fikricha,  inson  xulq-atv ori,  faoliyati  ezgulikka 
xizmat qilishi lozim. Xurfikrlikka asoslangant bu g‗oya, quldorlik dav lat 
tuzumi v a diniy aqidalarga xilof ekanligi sababli moniylik tarafdorlari 
ta‘qib ostiga olinadilar, uning raxnomosi esa qatl etiladi. 
V  asr  oxiri  –  VI  asr  boshlarida  Markaziy  Osiyo  v a  Eronda  xalq 
yo‗lboshchisi  Mazdak  asos  solgan  ta‘limot  keng  tarqaldi.  Jamoa 
erlarini bosib olish v a dexqonlarni qaram qilishga qarshi qaratilganligi 
sababli xalq Mazdak qo‗zg‗olonini qo‗llab quv v atlagan. 
Mazdak  ta‘limoti  falsafiy  jixatdan  ezgulik  v a  yov uzlik  o‗rtasidagi 
kurash xaqidagi zardushtiylik g‗oyalariga asoslansa-da, unda ijtimoiy 
masalalarga ko‗proq e‘tibor qaratilgan. Masalan, boylikka xirs quyish 
ham, qambag‗allik ham yomonlikning ko‗rinishlari deb tushuntirilgan. 
Chunki  g‗arazgo‗ylik,  xasad,  qasos  olish  kabi  illatlar  shundan  kelib 
chiqadi. Bu illatlar xudoga sidqidildan ibodat qilish yo‗li bilan barham 
topilishi  mumkin.  Mazdak  dinga  murojaat  orqali  tenglik  g‗oyasini 
asoslaydi. Har bir kishi mulkka tenglik asosida egalik qilishi, jamiyatda 
kishilar  mulkiy  jixatdan  teng  mav qega  ega  bo‗lishi  keraqligi  targ‗ib 
qilinadi.  Tekischilik,  barcha  boyliklarni  xalqqa  bo‗lib  berish  g‗oyasi 
etakchi  o‘rinni  egallaganligi  uchun  ham  mazdakizm  oddiy  xalq, 
dehqon v a xunarmandlar tomonidan qo‗llab-quv v atlangan.  
Qadimgi Turonda buddav iylik ham keng tarqalgan e‘tiqodlardan 
edi.  Marv ,  Balx,  Termiz,  Koson,  Samarqand,  Buxoro  axli  qo‗shonlar 
dav rida buddizmning maxayana oqimiga e‘tiqod qilganlar. 
Budda ta‘limotiga ko‗ra, qalbning oliymaqom osoyishtaligi, jannatiy 
ne‘matlarga  daxldorlik – nirv ana xolatiga nafaqat narigi dunyoda, 
balki bu dunyoda ham erishmoq mumkin, degan aqidaga qo‗shonlik 
buddav iylar  o‗zgartirish  kiritib, ma‘nav iy-ruxiy poklikka v a komillikka 
intilgan  har  qanday  kishi  bunga  doxil  bo‗lishi  mumkin,  deb 
hisoblaganlar.  Buddav iylik  e‘tiqodi  to‗rt  qoidaga  kurilgan:  1. Azob-
uqubatlar ko‗p v a dunyo ular bilan to‗la. 2. Bu azob-uqubatlarning 
sababi  mav jud.3.  Azob-uqubatlardan  qutilish  mumkin  4.Azob-
uqubatlardan  qutilish  yo‗li  mav jud.  Bu  yo‘l  –  har  tomonlama 
poklanish  –  «aximsa»  dir.  Insonning  har  bir  harakati,  o‗zgalarga 
munosabati ezgu bo‗lmog‗i, butun fikr-uyi, xis-tuygusi, qalbi Buddaga 
qaratilmog‗i lozim,  shundagina u nirv ana xolatiga erishadi. 
III.  VIII-XIII  asrlarda  Markaziy  Osiyo.  O„rta  va  Yaqin  Sharq 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish